background
logotype

U zotning birodarlaridan bo'laylik

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar.

Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.