background
logotype

Xo'jayinining qulog'ini cho'zgan qul

Hazrati Umar (RA) xalifaligi davrida Shom shahriga borish zaruriyati tug'ilib qoldi. Saodat va izzat bilan sahobai kiromlardan iborat bir jamoani yonlariga olib, Madinai Munavvaradan yo'lga chiqdilar. Hazrati Umarning (RA) bir tuyadan boshqa ulovlari yo'q edi. Mug'ira nomli bir qullari bo'lib, xalifa Umar (RA) u bilan galma-gal tuyaga minar edilar. Bir soat hazrati Umar (RA) tuyaga minsardilar, Mug'ira yayov holda tuyani yetaklab borardi; bir soat tuyaga Mug'ira minardi, va hazrati Umar (RA) piyoda borardilar. Alloh taoloning hikmatini qarangki, Shom shahriga kiradigan vaqtda tuyaga minish navbati Mug'iraga kelgandi. Sahobalar hazrati Umarning (RA) yoniga kelib dedilar:
— Janobim, marhamatingizni darig' tutmay, bu soatda ham tuyaga o'zingiz minishingizni iltimos qilamiz. Hazrati Umar (RA) aytdilar:
— Biya mening navbatim edi. Bu soatda tuyaga minish gali Mug'iranikidir. Nega endi men minishim kerak? Sahobi kiromlar javob berdilar: 
— Bugun Shom shahriga kirib boramiz. Shaharning barcha ko'zga ko'ringan vakillari Sizni kutib olgani chiqadilar. Ular otliq, siz esa xalifa bo'la turib yayov bo'lsangiz, odobdan bo'lmas... Marhamatingizdan umidvormizki, iltimosimizni maqbul ko'rgasiz va iltimosimizni rad etmagaysiz.  Hazrati Umar (RA) norozi bo'lib dedilar:
— Sizlar haliyam shubhadan xalos bolmadingizmi? Islom dinining  qadrini shu bilan belgilladingizmi?Bizga islomiy sharaf kifoya emasmi? Islom dinidan ko'ra mukarram va sharfliroq biror din  bormi? Shunday buyuk saodat, bu qadar ulug' davlat va izzatni Alloh taolo  bizga ehson qildi. Dini islom tojini boshga kiyishday har kimga ham muyassar bo'lavermaydigan ulkan tuhfani berdi. Rasululloh (SAV) olib kelgan islom duini libosini egnimizga kiyishni nasib qildi. kalimai shahodatni dilimizni yoritguvchi chiroqqa aylantirdi. Qur'oni Karim bilan qalbimizni charog'on qildi. Voajab nega Sizlar islom dining qadrini anglab yetmay o'zingizni xalqqa ot bilan, zar to’nlar  bilan ko'rsatmoqchi bo'lasizlar? Bular orasidagi tafovut tenglashtirib bolarlimi axir? Birgina Rasuli Akram (SAV) ning ummatlari bo'lish sharafi sizlarga yetarli emasmi,— deb javob bergach, barchalari bir so'z aytolmay hijolatda qolishdi.
Hamma sukutga cho'mgan shunday bir og'ir vaziyatda Mug'ira tuyani hozirlab, hazrati Umarning  (RA) huzurlariga keltirdi va oyoqlari ostiga cho'ktirib: 
— Ey halifa, olamlarning yolg'iz Rabbisi bo'lmish Alloh taolo haqqi, quloq soling, sahobalarning xohishi bilan emas, Alloh O'zi ko'nglimga soldi. Chin qalbimdan bu soatda tuyaga minishingizni halol qildim. ehson aylab mening istagimni qabul qilsangiz. Bu soatda tuyaga Siz minishingizni o'tinib so'rayman,— dedi. Amirul mo'minun oldiga egilib:
— Ey xalifa, lutfan oyog'inizni ustimga qo'yib. savlat bilan tuyaga chiqsangiz,— deb iltimos qildi. Hazrati Umar(RA) Mug'iraning dillarni eritguvchi o'tinchini rad etolmay, barchani xushnud tuyaga mindilar.
Shundan so'ng butun islom askariga ovoza qildilar:
— Mana bugun Allohning inoyati bilan Shom shahriga yetib keldik. bu yerdan sog'-omon chiqamizmi yo'qmi, buni yolg'iz Alloh taolo bilguvchidir. Agar biror kishining bizda haqqi bo'lsa, kelib talab qilsin. 
Butun islom askari hazrati Umar (RA)haqqiga duoda bo'ldilar. Dedilarki:
   — Ey Allohning xalifasi, Sizdan har birimiz rozimiz. Sizdan hech kim norozi emas. Hech birimizning Sizda zarracha haqqimiz yo'qdir. Jarchilar baland ovoz bilan butun shaharga ovoza qildilar. Biror kimsa kelib haq talab qilmadi. Barchasi  bir ovozdan rozi ekanliklarini xabar qildilar. Xalq orasidan hech kim haq talab qilib kelmagach, hazrati Umarning (RA) Mug'ira ismli qullari oldilariga kelib aytdi: 
— Ey amirul mo'minin, bir kuni hech aybim bo'lmasada, qulog'imni cho'qib o'gritgan edingiz. Kimning haqqi bo'lsa, shu dunyoda haqqini talab qilmog'ini so'radingiz, bilingki, mening bu haqqim hamon bo'yningizdadir. Hazrati Umar (RA) dedilar:
—Ey Mug'ira, kel, sen ham meniong qulog'imni cho'z, barobar bo'laylik. Sahobalarning bari takbir aytib yubordilar ( arablarda shunga o'xshash ajabtovur hol sodir bo'lsa, takbir aytish odati bor) va: 
— Ey xalifa, dunyoda Siz kabi odil ko'rmagan va ishonamizki, bundan keyin ham bunday adolatli hukmdor qayta dunyoga kelmas. Qulning bunday gustohlik qilishiga nega yo'l qo'yib berdingiz. Hech zamonda quling araziga ham shu qadar jiddiy qaralganmi? Qulning hojasini qulog'ini cho'zishi joizmi?
 Qulga qarata "Nega bunday beodoblik qilding" deb ranjidilar. Hazrati Umar (RA) marhamat qildilar:
— Ey sahobalar, lutfan qulimga ozor bermangizlar.Chunki oxiratda jazosini tortgandan ko'ra bu dunyoda jazolanib qutulmoq afzaldir,— keyin — Ey Mug'ira, kel, qulog'imni cho'z.Bu dunyodaa sen bilan  hisob-kitob qilib olaylikki, oxiratga qolmasin,— dedilar. Mug'ira ham hazrati Umarning quloqlarini ushlab, ozgina cho'zib qo'ydi. Hazrati Umar (RA) so'radilar: 
— Ey Mug'ira,  nega ko'proq cho'zmading? Mug'ira javob berdi: 
— Oxiratda qasosidan qorqaman. Qulog'ingizni ko'proq cho'zsam, haqqingiz mening ustimda qoladi. 
Hazrati Umar (RA) shunday bir hukmdor ediki, qulining haqqini bu tarzda o'tashga istihola qilmay, jazosini shu dunyoda oldi. Quli ham shunday ajoyib bir kimsa ediki, hojani shu tariqa jazoladi.  Ho'jayini shak-shubhasiz birovning haqqini yemaydigan insonlardan ekanligini bilgani holda, uning muborak qalbiga  hech bir shubha oralamasligiga ishonchi komil bo'lganligi uchun bunday jasaorat ko'rsatgan edi. Balki Mug'iraning bu ishidan hazrati Umarning (RA) unga bo'lgan muhabbatlari avvalgidan ham ortgan edi. Hazrati Umarning hayoti davomida ko’rsatgan (RA) bu kab o’rnaklari haqida ko’p gapirish mumkin. Bu haqida biz ortiq so'zlamoqchi emasmiz, zero, Jabroil (AS) ning Rasululollah (SAV) ga keltirgan oyatlarida o'n yetti o'rinda  hazrati Omarning (RA) tilga oolinganligi, bundan tashqari turli tafsirlarda  va  tarixiy kitoblarda qayd qilinganligi yetarlidalildir.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.