background
logotype

Xulqi xush

Abu Said ismli bir mo‘‘tabar odam kunlardan bir kun yoru do‘stlari uchun ziefat berdi. Oshpazini chaqirib:
— Men yaxshi ko‘rganim falon xil taomni pishirib olib kel,— deb buyurdi. Oshpaz u buyurgan taomni tayyorlab, boshqa taomlar bilan birga olib keldi. Abusaid o‘zi buyurgan taomdan bir luqma olgandi, unda bir qilni ko‘rib olib tashladi, ikkinchi-uchinchi marta olgan luqmalarida ham qil uchratdi. Nihoyat u taomdan qo‘l tortib, boshqa taomlardan yeyishga majbur bo‘ldi.
Ovqatdan keyin oshpazni chaqirib:
— Men buyurgan taomni juda ham lazzatli qilib tayyorlagansan, ertaga yana o‘sha taomdan ichida qil bo‘lmaslik sharti bilan pishirib keltir,— deb buyurdi. Ziyofatda hozir bo‘lganlar Abusaidning latofatli so‘ziga kulishdilar va taajjublanib:
— Abusaid do‘stimiz o‘z oshpazini shunday silliq va muloyim so‘zlar so‘zlab uyaltirdilarki, unga qattiqroq tanbeh berishga hojat qolmadi,— deb tahsin, ofarin qildilar.

Bayt:
Ko‘rmadik sayr aylabon ofoqni
Xulqi hushdan o‘zga yaxshiroqni.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.