background
logotype

Jahon xalqlari maqollaridan (60)

• Daraxt qanchalik yuksak bo‘lsa-da, baribir yaproqlari yerga to‘kiladi.
• Boshqalarga ta’na qilgandek o‘zingga ta’na qil, o‘zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
• Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.
• Bir onlik g‘azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.
• Tog‘larga chiqmagan, uzoqlarni ko‘rolmas.
• Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko‘z bilan ish tut.
(Xitoy maqollari)

• Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq ayb.
• Ko‘zlar o‘zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar.
• Qadah ichiga dengizga g‘arq bo‘lganlardan ko‘p kishi g‘arq bo‘ladi.
(Nemis maqollari)

• Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi.
• Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash muvaffaqiyatdir.
• Jasur odamning boqishi qo‘rqoqning qilichidan ko‘proq dushmanni titratadi.
• Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna.
(Amerika maqollari)

• Aybiga iqror bo‘lganni avf et.
• Yigit urushda, do‘st dardda, komil inson g‘azabi kelganda ma’lum bo‘ladi.
(Arab maqollari)

• Qarz berarkansan, yo pulni, yo do‘stni yo‘qotasan.
(Alban maqoli)

• Ishq bilan aksirish hech qachon yashirilmaydi.
(Avstraliya maqoli)

• Haqiqiy sevgi ayriliqda unutilmas.
(Belgiya maqoli)

• Sevish kamon chalish kabidir, bilmagan yomon kuylar chiqaradi.
(Boliviya maqoli)

• Ko‘kdagi yulduzlarni emas, yerdagi suruvlarni ko‘proq sana.
• Kular yuz oltin kalitga o‘xshaydi.
(Bolgar maqollari)

• Kichik baliq o‘lgunga qadar katta baliq bo‘lishni umid qiladi.
• Kar er bilan ko‘r xotin baxtli juft bo‘ladi.
• Va’dalar mamlakatida inson ochlikdan o‘ladi.
(Daniya maqollari)

• Boshqalardan ustun bo‘lishimiz muhim emas. Asl muhim bo‘lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir.
• Do‘stingizni tez-tez ziyorat eting, chunki ustida yurilmagan yo‘llar tikan va butalar bilan qoplanadi.
• Quvvatiga ishonib zaiflarni xor qilganning quvvati boshiga balo bo‘ladi.
(Hind maqollari)

• Bir marta uylanish vazifa, ikkinchi marta uylanish ko‘ngil ochish, uchinchisi azobdir.
• Bir umr eshakka minishdan bir yil otga minish yaxshidir.
• Yotoqqa yotish bilan muammolar kiyimda qoladi.
(Gollandiya maqollari)

• Odam eng ko‘p sevgilisini, eng yaxshi shaklda oilasini, eng uzun muddat onasini sevadi.
(Irlandiya maqoli)

• Insonlar yashab qaridik deydilar, holbuki yashamasdan qariydilar.
(Shotland maqoli)

• Yoshning go‘zal yuzi bor, qarining go‘zal ruhi bor.
• Eski sevgi zanglamaydi.
(Shved maqollari)

• Kichik foydalar boylik keltiradi.
(Yamayka maqoli)

• Birinchi rafiqani senga xudo, ikkinchisini insonlar, uchinchisini shayton jo‘natadi.
• Ko‘r bir tilanchi ham gullarning hidini sezadi.
• Uch marta ko‘chish bir yangiga badaldir.
(Yapon maqollari)

• Aprel yomg‘iri may gulini ochirar.
(Kanada maqoli)

• Bir yolg‘on qanchalik tezkor bo‘lsa bo‘lsin, haqiqat uni ortda qoldiradi.
(Keniya maqoli)

• Eski ishqlar yonib, so‘ngan ko‘mir kabi g‘oyat tez olov oladi.
(Kolumbiya maqoli)

• Tutqunlik tugagan joyda baxtiyorlik boshlanadi.
(Venger maqoli)

• Ishqning dardi uzum kabi totlidir.
(Misr maqoli)

• Insonni tashi bilan kutib olinadi, ichi bilan kuzatiladi.
(Mo‘g‘ul maqoli)

• Kichik g‘amlar gapiradilar, katta dardlar tilsizdir.
• Uyingda halovat bo‘lishni istasang, oilangni butun qil.
(Niger maqollari)

• Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo‘ygan paytda qarishni boshlaydi.
(Peru maqoli)

• Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz, ayb sizdadir.
(Rumin maqoli)

• Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar.
• Tulki tushida tovuq ko‘rarkan.
(Rus maqollari)

• Go‘zallik tabiatning ayollarga bergan ilk hadyasi, ayni paytda qaytarib olgan ilk narsasidir.
(Chili maqoli)

• Uylanish bir qal’a kabidir. Tashqaridagilar unga kirish uchun, ichkaridagilar undan chiqish uchun urinadilar.
(Tayland maqoli)

• Ayollar kulgilari kelganda kuladilar, lekin istagan paytda yig‘lay oladilar.
• Baxt hammaning hayotida bir marta bo‘ladi.
(Venesuela maqollari)

• Bir shaklda tug‘ilib, ming bir shaklda o‘lamiz.
(Yugoslav maqoli)

• Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas.
• Jahannamga olib boradigan yo‘lda yurish osondir.
• Birovning haqi yeyilsa ham, hazm bo‘lmaydi.
• Hamir qilishni hohlamagan besh kun un elarmish.
• Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir.
(Yunon maqollari)

D.Tojialiyev tarjimalari

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.