background
logotype

Kongo xalq maqollari (20)

Kongo (bakongo) — bantu guruhiga mansub xalq. Zairda (6,6 mln.kishi), Kongoda (1,23 mln.kishi), Angolada (1,3 mln.kishi), Uganda va Gabonda yashaydilar. Umumiy soni 10 mln. kishi. Kongo tilida so‘zlashadilar. Negroid irqiga mansub. Dindorlari — asosan, xristianlar, sinkretik (mushtarak) va an’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud.


• Ayol soya kabidir. O‘zini ta’qib etgandan qochadi, undan ketganning orqasidan chopadi.
• Dard ortidan baxt keladi.
• Ilon va chayon bir uyada yotmaydi.
• Insonni go‘zalligi uchungina sevish nodonlikdir.
• Tuz olingan joyga tuproq sochmaydilar.
• Ikki leopard bir o‘rmonda ov qilmaydi.
• Yaxshi baliq bor joyda baqa ham bo‘ladi.
• Leopard uxlayotgan bo‘lsa-da, dumining uchi uxlamaydi.
• Ikki ishni bir vaqtda qilinmaydi.
• Ish bilan band bo‘lsang, pashsha tutma.
• Yaqinlaring ustidan kulsang, sening ham ustingdan kulishadi.
• Har bir qush o‘z uyasini eng go‘zal deb o‘ylaydi.
• Igna qayerga yursa, ip ham o‘sha yerga yo‘naladi.
• Har qanday yomg‘ir bir kun tinadi.
• Kichik leopard otasining dog‘idan cho‘chimaydi.
• Ochlikdan qorin oziydi, bosh emas.
• Qari noto‘g‘ri qadam qo‘ymaydi, qoqiladi xolos.
• Echki yegan o‘tni uloqcha ham yeydi.
• Mabodo quloqlar yana o‘ssa ham, boshdek bo‘lolmaydi.
• Itning to‘rtta oyog‘i bo‘lsa-da, ikki hayvonni birdaniga ta’qib qilolmaydi.

D.Tojialiyev tarjimalari

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.