background
logotype

Norveg xalq maqollari (35)

Norveglar — Norvegiyaning asosiy aholisi (4,15 mln. kishi). Umumiy soni 5 mln. kishi. Norveg tilida so‘zlashadi. Dindorlari — asosan, lyuteranlar, katoliklar ham bor.


• Yurak to‘lib qolganida til jim qoladi.
• Sevgi xarobada ham, saroyda ham birdek yashaydi.
• Bir yil oldin kulib yurgan ko‘p qizlar hozir yig‘lamoqdalar.
• Hech qachon «hech qachon» dema.
• Dunyoda dardlar ko‘p, eng yomoni yomon xotindir.
• Qizni kutayotgan yigit qahratonda ham muzlamaydi.
• Qachondir qaynoq bo‘lgan narsa bir kun sovuqqa aylanadi.
• Qiz boladagi «yo‘q» ko‘pincha «ha»ni bildiradi.
• Dard insonni tarbiyalaydi.
• Ishsizlik — yovuzliklar ildizi.
• Er-xotinlikda insonlar bir-biriga o‘xshab qoladi.
• Qizni bayram libosida emas, oshxonada ko‘r.
• Ayollarning soqoli yo‘q, shuning uchun ham og‘zini yopib bo‘lmaydi.
• Yeyish uchun yashamaydilar, yashash uchun yeydilar.
• Boy kelinchak ortidan mehmon ko‘p keladi.
• Yo‘tal va sevgini yashirib bo‘lmaydi.
• Quyosh haqida gapirishing bilan u ko‘rina boshlaydi.
• Mushuklar yo‘q bo‘lsa, sichqondar kursida o‘ynaydi.
• Otni tishiga qarab, qizni qo‘liga qarab ol.
• Ushoq ham non.
• Ayolga baqirgan odam onasini unutadi.
• Ishni bajarishdan ko‘ra gapirish oson.
• Poyafzalning qayeri qisayotganini uning egasi eng yaxshi biladi.
• Ostonadagi ona egardagi otadan afzal.
• Sevgining ko‘zi ko‘r, uni hech kim ko‘rmayapti deb o‘ylaydi.
• Onaning o‘zi ham qachondir pechka ostida o‘tirmaganida bolasini u yerdan qidirmasdi.
• Hamma ot ham sotilavermaydi, hamma qizlar ham erga tegavermaydi.
• Bajara olmaydigan ishingga va’da berma.
• Ko‘z ko‘rgan hamma narsa ham sevishga arzigulik emas.
• Quyosh chiqmasidan kunni maqtama.
• Sevgisiz o‘pich tuzsiz taom kabidir.
• Hammani birdek rozi qilmoqchi bo‘lgan odam hech kimni birdek mamnun qila olmaydi.
• Sotqin qalbning ko‘zi porlaydi.
• Yurakdan chiqqan so‘z qalbga yetib boradi.
• Qachondir ona qilgan ishni bir kun qizi ham qiladi.

D.Tojialiyev tarjimalari

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.