background
logotype

Hazrat Sulaymon

HAZRAT SULAYMON
(Taxminan miloddan avvalgi 960-935 yillarda hukmronlik qilgan)


Hazrat Dovudning o‘g‘li. Iudeya va Isroil davlatiga hukmronlik qilgan. Quddus shahrida Yaxva ibodatxonasini qurdirgan. Zamondoshlari Sulaymonning donoligidan zavqlanishgan. U o‘zining o‘tkir aqli va g‘ayriodatiy fikrlash tarzi bilan shuhrat qozongan.


* * *
Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin topgan.
Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi. Sulaymon g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradi va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O’rnidan turib, uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: «Bu ham o‘tib ketadi», — degan yozuvlar bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi.

* * *
Avlodlar kelib-ketaveradilar, Yer esa abadiy qolaveradi. 

* * *
Donolik ortganda qayg‘u ortadi, bilimning ko‘payishi esa g‘amginlikni ko‘paytiradi.

* * *
Ba’zan kulganda ham yuraklar zirqiraydi, qyvonch esa qayg‘u bilan yakun topadi.

* * *
Men dovyuraklikdan ko‘ra donishmandlik afzal degan o‘yda edim. Ammo kambag‘alning donoligidan nafratlanishar va uning so‘zlarini tinglamas ekanlar.

* * *
Ertangi kun bilan maqtanma, chunki u nimalarni taqdim etishini bilmaysan.

* * *
Aqlli odam kulfatni oldindan ko‘radi va o‘zini panaga oladi. Tajribasizlar esa olg‘a yurib jazolanadilar.

* * *
Shunday yo‘llar borki, ular insonga to‘g‘ri ko‘rinadi. Ammo bunday yo‘llarning nihoyasi — o‘lim.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.