background
logotype

 

Qisqa hikmatlar

Фильтр
Кол-во строк: 
Xudodan umid qilib, bekor yotma
Shukr bor joyda baraka bo‘ladi
Ertaning moyidan bugunning choyi afzal
Dushmaning sichqondek tuyulsa-da, senda sherning kuchi bo‘lsin
Faqatgina ahmoq o‘z fikrini o‘zgartirmaydi
Ayol ― xudoning go‘zal ne’mati, agar uni shayton totib qo‘ymagan bo‘lsa
Bo‘riga yaxshilik qilsang, seni g‘ajib tashlaydi
Ikki marta o‘ylab, bir marta so‘zla
Tirik shoqol o‘lik sherdan afzal
Yaxshi so‘z tog‘ni ham joyidan jildiradi
Uzoqdagi surnay yoqimli eshitiladi
Bo‘sh idishning jarangi ko‘p, bo‘sh kallaning gapi ko‘p
Beshik yasalgan insonga tobut ham yasaladi
Topilmagan go‘shtdan bo‘rining tishi qamashadi
Odam yig‘lab tug‘ilib, ingrab o‘ladi
Itlar yo‘q joyda mushuklar huriydi
Boshing yorilmasdan avval bog‘lab ol
Ko‘piga yugurgan ozidan ham qoladi
Ehsonni shunday qilki, hatto ko‘ylaging bilmasin
Agar itning uyati bo‘lganida ishton kiyib olardi
Boshingga dard tushsa, cho‘chqani ham "otam" deb yuborasan
O’lim eshiklari hamma uchun ochiq
Sher birovdan qolganini yemaydi
Ertak o‘qib olim bo‘lolmaysan
Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi
Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan
Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi
Erkalatilgan it kuchukka aylanadi
Uzoqdagi akadan yaqindagi qo’shni yaxshi
Ersiz xotin yugansiz ot kabidir
Ibodatxonaga borgan bilan odam yaxshi bo’lib qolmaydi
Agar it boqsang, o‘zing hurima
Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana
Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi
Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir
Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas
Bir shaklda tug'ilib, ming bir shaklda o'lamiz
Baxt hammaning hayotida bir marta bo'ladi
Uylanish bir qal'a kabidir
Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar
Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo'ygan paytda qarishni boshlaydi
Ayol soya kabidir. O'zini ta'qib etgandan qochadi, undan ketganning orqasidan chopadi
Ko'r bir tilanchi ham gullarning hidini sezadi
Buyuk dardlar sassizdir
It bilan yotgan burga bilan uyg'onadi
Shuhrat qobiliyatning soyasidir
Bir umr eshakka minishdan bir yil otga minish yaxshidir
Boshqalardan ustun bo'lishimiz muhim emas. Asl muhim bo'lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir
Otalar tabiat yaratgan bankirlardir
Fursati kelmaguncha iste'dodlar oz ishga yaraydi
Kichik baliq o'lgunga qadar katta baliq bo'lishni umid qiladi
Qarz berarkansan, yo pulni, yo do'stni yo'qotasan
Aybiga iqror bo'lganni avf et
Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna
Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi
Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq - ayb
Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi
Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi
Adabiyotga o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi
Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi
Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar
Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi
Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan
Adabiyot — ko’ngil ishi, ilhom samarasi
Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh
Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur...
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema
Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi...
Yolg’onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi
U yerdan bu yerga gap tashuvchilar elning gunohini o’z bo’yniga oluvchilardir
Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi
Yolg’on gapirish bilan o’z vaqtini o’tkazuvchi odam
Har kimningki so’zi — yolg’on, yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on
Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz
Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay
Demokrat, sen o‘tmishga tosh otma
Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi
Dunyo — chidaganniki!
Yashasin, o‘lim!
Imon bilan yashaguvchi, nohaqlikka chidolmovchi, xo‘rlik — zolimlikdan nafratlanuvchi, chin inson bo‘lib yashaguvchi zot — asl ziyolidir
Millatchilik — iblislar panoh topajak eng so‘nggi panoh, demak
Muhammadning (alayhissalom) zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalolatdir
Muhammad (alayhissalom) targ‘ib qilgan g‘oyalarning jozibasi
Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro‘yxati
Mashhur payg‘ambarlar va fotihlar
Napoleon Muhammad s.a.v. haqlarida
Hazrati Muhammad (alayhissalom) haqida gapirganlarimiz bir nuqtada to‘planadi
U bir paytnign o‘zida ham Papa, ham Sezar edi
Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir
Hazrati Muhammadning (alayhissalom) odam bolasi bo‘lgani butun insoniyatga faxrdir
Harom yeydigan odamni tana a'zolari hohlasa-hohlamasa gunohga boraveradi
Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa, dinini sotib dunyo yig'uvchilar ko'paysa, u millat orasida fitna bolalaydi
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing - qilgan gunohingdan ham katta gunohdir
Sizlardan oldingi qavmlar uch narsa tufayli halokatga yuz tutdi
Kunlarning yaxhisi - juma, oylarning yaxshisi - Ramazon
Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi
Muhtojga bir tanga qarz berish, ming tanga sadaqa qilishdan afzaldir
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.