background
logotype

Barhayotlik uchun kurash

Hayot barhayotlik uchun kurashdir...
M. M. PRISHVIN

Hayot o‘limni hech qachon pisand qilmaydi. O’lim ro‘parasida u qahqaha uradi, qo‘shiq aytib, raqsga tushadi, quradi, teradi va sevadi. Faqat o‘limning o‘zini alohida ajkratib qarasak, uning bo‘m-bo‘shligini ko‘rib, xijolat tortamiz.
R. TAGOR

O’lim inson uchun hech narsa emas, chunki biz bor paytimizda o‘lim bo‘lmaydi, o‘lim bor joyda esa biz bo‘lmaymiz.
EPIKUR

Odam faqat men mavjudman, deb bilganda edi, o‘lim haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasdi.
E. KONDILYAK

Donishmand odam umrining oxiriga borib o‘limning faqat chetdan qaraganda, yaqin kishilari uchungina dahshatli ekanini, o‘zi uchun esa hech narsa emasligini, qanday tug‘ilgan bo‘lsa xuddi o‘shanday ketishini tushunadi...
M.M.PRISHVIN

Hayot bilan vidolashayotgan paytda o‘lim dahshati sezilmaydi, faqat qon va tana o‘lim bilan olishishi, unga qarshilik ko‘rsatishi mumkin, aql-idrok esa loqayd va befarq tomoshabin bo‘lib turaveradi.
E. KAPIYEV

Odamlarning o‘lim degan narsani bilishi aslida ularning o‘limdan bexabarligi vajidap unchalik qo‘rqinchli tuyulmaydi; qazo vaqtining noaniqligi abadiyatga o‘xshab ketadi.
J. LABRUYER

Tabiat bizga o‘lim haqida o‘ylamaslik salohiyatini ato etgan, aks holda, olam harakatdan to‘xtab qolgan bo‘lardi.
F. GVICHCHARDINI

O’lim muqarrarligini hammamiz yodda tutishimiz va binobarin, mangu barhayot bo‘lib qolish ishonchi bilan yashashimiz kerak.
F. GVICHCHARDINI

Agar bizga o‘limni yoki hech qachon o‘lmaslikni tanlash zarur bo‘lib qolsa, hech birimiz aniq bir qarorga kelolmasdik. Tabiat o‘limni muqarrar qilib, bizni bu mushkulotdan xalos etgan.
J. LABRUYER

O’limning muqarrarligini hamma biladi, ammo u yaqin emasligi tufayli hech kim o‘lim haqida o‘ylamaydi.
ARASTU

O’lolmayman, deb tashvish tortmang: vaqt-soat yetganda tabiatning o‘zi bunga yaxshilab o‘rgatib qo‘yadi; siz uchun ham hammasini o‘zi hal qiladi, bu haqda bosh qotirib yurmang...
M. MONTEN

O’lyamdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir.
I. GYOTE

Donishmandning o‘limi o‘lim-ni pisand qilmaydigan o‘limdir.
SENEKA

Suqrot: «O’ttiz hukmdor seni o‘limga hukm etishdi» — degan odamga: «Ularni esa tabiat o‘limga mahkum etgan» — deb javob beribti.
M. MONTEN

 Hayoti eng qadrli bo‘lgan odamlar o‘limdan shuncha kam qo‘rqishadi.
I. KANT

Odam yaxshi bo‘lgan sari o‘limdan kamroq qo‘rqadigan bo‘ladi.
L. N. TOLSTOY

O’lim dahshati yaxshi turmushga teskari proportsionaldir.
L. N. TOLSTOY

Matonatli kishilarga o‘limning yaqinlashuvi unchalik ta’-sir qilmaydi, chunki ularning har biri so‘nggi daqiqagacha irodasini saqlab qoladi.
F. BEKON

O’limga tik qarash, o‘z-o‘zini aldashga urinmasdan uning yaqinlashayotganini oldindan sezish, so‘nggi daqiqaga qadar dadil turish, bo‘shashmaslik va qo‘rqmaslik irodali kishilarga xos xislatdir.
D. I. PISAREV

O’lim ham xuddi hayotga o‘xshamog‘i lozim, chunki o‘lganimiz bilan biz boshqacha odam bo‘lib qolmaymiz.
M. MONTEN

Inson qalbiga xudbinlik qancha chuqur ildiz otgani sayin unda o‘lim dahshati shuncha mustahkam o‘rnasha boshlaydi.
V. G. PLEXANOV

Tirik odamning o‘lim haqida o‘ylashi bema’nilikdir.
M. GORKIY

O’lim haqidagi o‘ylar bizni chalg‘itadi, chunki bunday xayollar bizni yashashni unutishga majbur qiladi.
L. VOVENARG

O’limdan qo‘rqqan odamning hayoti ham tugaydi.
I. ZEYME

O’lim dahshatidan o‘lish ahmoqlikdir.
SENEKA

Hayotdan ko‘z yumish vahimasi bilan yashagan odam hech qachon hayot lazzatini tatiy olmaydi.
I. KANT

Muqarrar narsadan qo‘rqish nodonlikdir.
PUBLILIY SIR

Yuz yildan keyin yashamasligimizni o‘ylab ko‘z yoshi qilish yuz yil burun yashamaganimiz uchun ko‘z yoshi to‘kishdek bema’ni ishdir.
M. MONTEN

O’lim — jiddiy hodisa, u hayotning bir qismi. Mardona o‘lish kerak.
A. V. LUNACHARSKIY

Shafqat nuqtai nazaridan qaraganda, o‘lim shuning uchun ham yaxshiki, u qarilikka chek qo‘yadi. Yaroqsizlikning oldini oluvchi o‘lim yaroqsiz holga keltiruvchi o‘limdan ko‘ra afzaroqdir.
J. LABRUYER

O’lmoq tug‘ilmoqday tabiiydir. Muhim ish ustida o‘lgan odam og‘ir jangda yaralangan, ammo avvaliga og‘riqni sezmaydigan yaradorga o‘xshaydi. Zero olijanob fikrlar bilan yashovchi odam o‘lim azobini mutlaqo sezmaydi.
F. BEKON

Umr uzun, o‘lim qisqa, shuning uchun ham undan qo‘rqish kerak emas.
F. E. DZERJINSKIY

Hayot — abadiy, o‘lim esa bir lahzadir.
M. Yu. LERMONTOV

Insonning baxt-saodati yaxshi o‘lish emas, balki yaxshi yashamoqdan iborat.
M. MONTEN

Hayotni koyib, lekin baribir yashab yurgan odamdan ko‘ra uni olqishlab yashagan odam aqlliroq emasmi?
L. N. ANDREYEV

O’lish xohishi ruhiyatning eng soxta va xayoliy holatidir.
V. G. BELINSKIY

Hayot bilan vidolashuvga sababi ko‘p bo‘lgan odam juda ayanchlidir.
EPIKUR

Hayotdan faqat loqaydlik va yalqovlik tufayligina nafratlanish mumkin.
L. N. TOLSTOY

O’limdan qo‘rqmasdan va uni xohlamasdan yashash kerak.
L. N. TOLSTOY

Yashab turib o‘ziga o‘lim tilash qazo vaqti yetganda tirik qolishga urinishday bema’nilikdir.
A. FRANS

O’limni orqavorotdan bilgan odamlargina o‘ziga o‘lim tilaydi.
U. MIZNER

O’z joniga qasd qilganlar, menimcha, birovdan o‘ch olish uchun emas, balki o‘zidan va o‘zining nochor va nobop turmushidan nafratlanganidan hayot bi-lan vidolashadi. O’z-o‘zidan nafratlanish dahshatli tuyg‘u!
E. KAPIYEV

Eng botir va eng oqil odamlar har qanday sharoitda ham o‘lim haqida o‘ylamaydigan odamlardir.
F. LAROSHFUKO

Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak.
T. MANN

Zakovatli odamni hayotga nis-batan muqaddas ehtiromidan tanib olish mumkin.
V. GYUGO

 Yashash matlabi o‘lgandan keyin ham barhayot bo‘lib qolishdan iborat.
M. JALIL

Yomon ham o‘tar, yaxshi ham —yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el.
SA’DIY

Inson o‘limdan keyin faqat yerda yashashi mumkin.
A. BARBYUS

O’zgushn mangu xotira qoldiradigan insonlar uchun tug‘ilish chinakam baxtdir.
PERIKL

O’lim barhaq bo‘lsa ham biz yo‘q bo‘lib ketadigan narsalarga mute bo‘lib qolmasligimiz, aksincha, iloji boricha abadiyat cho‘qqisiga ko‘tarilishimiz va o‘zimizdagi eng yaxshi xislatlarga suyanib yashashimiz kerak.
ARASTU

O’limdan qo‘rqqan odam biron-bir ezgu ish qilolmaydi, buyrak toshi, bod, tutqanog‘i yoki shunga o‘xshash boshqa bir sabab bilan o‘lib ketgandan ko‘ra, ezgu ish uchun jonni fido qilgan ma’qul.
D. DIDRO

O’limdan omon    qolishni eplolmasang, loaqal sharaf bilan o‘l.
EZOP

Abadiyat yo‘lida yashovchi in-son uchun o‘lim qo‘rqinchli emas.
U. PENN

Hayot qisqa, lekin shuhrat mangu bo‘lishi mumkin.
SITSERON

Umumiy g‘oya bilan ruhlangan va umum manfaatiga xizmat qilgan odam o‘lmaydi.
D. N. MAMIN-SIBIRYAK

Inson o‘ladi, barhayot bo‘lib qolishning birdan bir imkoniyati o‘zidan keyin o‘lmaydigan nimadir qoldirishdir.
U. FOLKNER

Bo‘lak yaxshi nom istama, shul yetar —
Seni yaxshi odam desa el agar.
SA’DIY

Barhayotlik mangu nimadir ustida ishlashdir.
E. RENAN

O’z ichingdan abadiyatni topolmaysan.
A. SENT-EKZYUPERI

Hech kim o‘limga chap berolmaydi, lekin odamlar o‘zlarining buyuk ishlari bilan o‘zlariga shunday haykal quradilarki, bu haykal quyosh turguncha turadi.
G. FABRISIUS

Yashab turib, dunyoda o‘zining borligini bildira olmaslik — menga dahshat bo‘lib tuyuladi.
N. V. GOGOL

Kasal bo‘lish yaxshi emas, o‘lish undan ham yomon, biroq, o‘zingdan keyin hech narsa qoldirmasligingni sezib turib kasal bo‘lish va o‘lish — hammasidan ham yomon.
V. G. BELINSKIY

O’limdan qo‘rqmayman. Yo‘q, aslo! Izsiz yo‘qolishdan qo‘rqaman.
M. Yu. LERMONTOV

Dunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam baxtsizdir.
SA’DIY

Ongimizni o‘stirish yoki biron-bir dardni davolash yo‘lida jonini fido qilgan odam o‘la turib ham hayotga xizmat qiladi.
A. SENT-EKZYUPERI

Buyuk maqsadlarga xizmat qilsa kim,
Inson birodarin o‘ylasa agar,
Kurashga baxsh etsa butun hayotin —
Hayoti tarixda qolar muqarrar.
N. A. NEKRASOV

Xotirasi o‘zi sevgan odamlar qalbida muqaddas saqlanadigan odam, menimcha, o‘limdan keyin ham barhayot bo‘lib qolish uchun zarur ishni qilib qo‘ygan odamdir.
G. EBERS

Kelajakka ishonib yashagan va uning porloq bo‘lishi uchun jon fido qilgan har bir odamni toshdan o‘yib ishlagan haykalga qiyos qilsa bo‘ladi.
Yu. FUCHIK

Inson jisman o‘lsa-da, ruhan yo‘q bo‘lmaydi, u o‘z xulq-atvori, qilgan ishlari va ijodi bilan tevarak-atrofdagilar hamda jamoat orasiga singib ketadi. Agar u hayotda murdaga o‘xshab yashamagan bo‘lsa, tirik qolganlar ongida yashashda davom etaveradi. Jonli kollektiv o‘liklarni tiriltiradi.
N.Ya. MARR

Insoniyat deganimizda, tiriklardan ko‘ra ko‘proq marhumlarni nazarda tutamiz.
K. A. TIMIRYAZEV

Inson o‘ladi, ammo xalq barhayotdir.
M. GORKIY

Odamlar insoniyat yashamog‘i uchun o‘ladilar.
V. G. BELINSKIY

Men o‘lsam, o‘rnimga boshqalar keladi. Xalqdan ko‘ra ba-davlati yo‘q.
F. JOLIO-KYURI

Hech qanday texnika insonni o‘limdan saqlab qololmaydi. Ammo-lekin ma’naviy qudratning bu bilan ishi yo‘q. U hayotda shunday bir umumiy yo‘nalish yasashi kerakki, bu yo‘nalish vijdon va nomus talablarini qondirish bilan birga kishiga muqarrar o‘limni qo‘rquv bilmay, xijolat va ta’nalarsiz, xotirjam qarshi olish imkonini bersin.
N. K. MIXAYLOVSKIY

Kishi umri oxirlab qolgan paytda ma’yus tortib, olisdan imlab chaqiruvchi yorqin manzillarni ko‘rish menga ham nasib qilarmikin, deya o‘z-o‘ziga savol beradi. Shunda u o‘z ortidan bardam-baquvvat yoshlar kelayotganini, keksalik bilan yoshlik haqiqatni kashf etish yo‘lidagi uzluksiz mehnatda qorishib ketajagini o‘ylab, tasalli topadi.
N. Ye. JUKOVSKIY

Shunday marhumlar borki, ular tiriklardan ko‘ra barhayotroqdir, lekin shunday tiriklar ham borki, ular marhumlardan ko‘ra marhumroqdir.
R. ROLLAN

Marhumlar har xil bo‘ladi, ularning ayrimlari o‘tgan ming yilliklar qa’ridan turib ho-zir ham bugungi porloq kunimiz yo‘nalishini belgilab beradi.
M. M. PRISHVIN

Adbiyot olamida o‘lim yo‘q, bunda marhumlar ham xuddi tiriklar kabi ishlarimizga aralashib, o‘zimiz bilan yonma-yon yuradilar.
N. V. GOGOL

Agar siz o‘zingizga abadiy haykal o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, qalbingizni ezgu kitobga jo qiling.
P. BUAST

Hayotning butun quvonchi ijodda. Ijod qilish o‘limni mahv etishdir.
R. ROLLAN

Men go‘yo bir jon, muhabbati bor
Qalblarda yashayman, bo‘lmayin abgor,
Menga begonadir dunyoda ajal.
MIKELANJELO

O’z asarlarida yashagan odam sirayam o‘lmaydi.
K. BOUVI

O’lim dahshati bizni mehnat qilishga undaydi, zero butun hayot mehnatdadir.
J. RENAR

Uzidan keyin loaqal bittagina yangi, porloq fikr qoldirgan, insoniyatga nafi tegadigan atigi bittagina jasorat ko‘rsatgan odam bo‘lsa, demak, u dunyodan befarzand o‘tmayapti.
A. A BESTUJEV-MARLINSKIY

Umrboqiylik, to‘la ma’noda bo‘lmasa ham, shubhasiz, avlodlarda namoyon bo‘ladi.
L. N. TOLSTOY

Umr qisqa, lekin inson o‘z farzandlari timsolida qayta yashay boshlaydi.
A. FRANS

Gar desang ayovsiz o‘lim qilichin,
Nasllar qoldirgin yashamoq uchun!
V. SHEKSPIR

Sendan o‘g‘il qolsa kelajakda yosh,
U sening o‘rningda qarshilar quyosh.
V. SHEKSPIR

Burchni ado etganlik tuyg‘usi o‘lim dahshatini yakson etadi, halol kechirilgan umr esa xotirjam ko‘z yumish imkonini beradi.
M. GORKIY

Kunni yaxshi o‘tkazgan odam tunda tinch uxlaganiday, foydali umr kechirgan odam qiynalmay jon beradi.
LEONARDO DA VINCHI

Dalada ishlab turib qazo qilishni xohlardim.
M. MONTEN

Ish ustida jon berishni xohlayman.
OVIDIY

Kurashishga qurbim yetmay qolgan ondan boshlab o‘limimg‘a roziman.
F. ENGELS

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.