background
logotype

E’tiqod va ideallar haqida

A’molsiz yashagan kishi g‘aribdir!
I. S. TURGENEV

Idealni inkor etgan odam pastkashlikni osonlik bilan go‘zallik deb qabul qilishi mumkin.
I. GYOTE

Idealsiz yashash yaramaydi. Sog‘lom idealga, shunday idealki, xalqimizning qalbidan, vujudidan otilib chiqqan idealga ega bo‘lmoq kerak.
G. DIMITROV

Ideal yo‘lchi yulduzdir. Usiz aniq yo‘lni topish qiyin, aniq yo‘l bo‘lmasa — hayot ham yo‘q.
L. N. TOLSTOY

Idealsiz, ya’ni ma’lum darajada qandaydir ezgulikka intilishsiz hech qachon hech qanday yaxshi jamiyat bo‘lishi mumkin emas.    
F.M. DOSTOYEVSKIY

Tabiat odamni to‘rt oyoqlab yurishdan xalos qilgandan boshlab, unga hassa shaklida — idealni taqdim etdi! O‘shandan beri inson beixtiyor ravishda mukammallikka — tobora yuksaklikka intiladi.
M. GORKIY

Hayot hali mavjud bo‘lmagan, lekin fikrda bor, amalga oshirilishi mumkindek tuyulgan ideal rahnamoligida kamolot sari boraveradi.
M. GORKIY

Idealga muhabbat faol va o‘ta fidoyilikka moyil tuyg‘udir.
M. GORKIY

Insoniyat oldiga burungisiga qaraganda ancha yuksak ideal qo‘yilishi bilan avvalgi ideallarning hammasi quyosh chiqishi bilan so‘ngan yulduzlardek so‘nadi va inson quyoshni ko‘rib turganidek yuksak idealni e’tirof etmasligi ham mumkin emas.
L. N. TOLSTOY

 Kishining faoliyati g‘oya bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, qupquruq va g‘aribdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Agar senga g‘oya yoqib qolsa, undan ruhlan. Chunki Insonda ruhlanish qobiliyati bo‘lishi kerak.
E. TELMAN

Zarur bo‘lganda jon fido etmagan kishyani oqil deyish xato.
G. BICHER

Olijanob g‘oyalarsiz insoniyat yashay olmaydi.
F. M. DOSTOYEVSKIY

Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‘rgatadigan ajib g‘oyalarni kishilarga singdirish buyuk san’atdir.
STENDAL

Insoniyatning butun maqsadlari, butun mehnatlari muhabbatsiz nimaga ham arzirdi?
M. Yu. LERMONTOV

Kimda g‘oya bor ekan, kimki tirik ekan, undan so‘zsiz naf keladi, agar u o‘z g‘oyasidan o‘zi voz kechmagan bo‘lsa.
F. E. DZERJINSKIY

G‘oyadan qo‘rqqan odam bora-bora o‘z tushunchasini ham yo‘qotadi.
I. GYOTE

G‘oyadan begonalashgan har qanday odam oqibat-natijada yalang‘och tuyg‘ulari bilangina qoladi.
I. GYOTE

Insonda izchil va ongli e’tiqod, faqat yo jamiyat ta’siri ostida yoki adabiyot yordamida rivojlanishi mumkin.
N.G. CHERNISHEVSKIY

Barcha g‘oyalar tajribadan olingan, ular voqelikning to‘g‘ri yoki buzilgan in’ikosidir.
F. ENGELS

Tirik jon kuchli e’tiqodga ega bo‘lmasligi mumkin emas... E’tiqodsiz kishilargina e’tiqodni amalga oshira olmaydilar; kaltafahm odamlar yoki vijdonsiz odamlargina e’tiqodsiz bo‘ladilar.
Ya. G. CHERNISHEVSKIY

Haqgo‘y va foydali bo‘lish uchun halollikning o‘zi kamlik qiladi; shu bilan birga g‘oyaviy izchillik ham kerak.
N. G. CHERNISHEVSKIY

G‘oyani foydali deb e’tirof eta turib, lekin undan foydalana bilmaslik ham mumkin.
Ya. GYOTE

O‘z e’tiqodingni aytmog‘ing uchun jur’atli bo‘lishing kerak.
Ya. M. SECHENEV

Har bir kishi o‘z e’tiqodini himoya qilishi uchun mard bo‘lishi kerak.
A. GUMBOLDT

E’tiqod o‘zimizniki bo‘lgani uchun emas, balki haqqoniyligi uchungina qimmatlidir.
V. G. BELINSKIY

Har qanday qat’iy e’tiqodlarimiz ham bilimlarning yanada yuksalishi tufayli uloqtirib tashlanishi yoki juda bo‘lmaganda o‘zgartirilishi mumkin.
T. GYeKSLI

Faqat tentaklar va murdalargina hech qachon o‘z fikrlarini o‘zgartirmaydilar.
J. LOUELL

Agar sen odamlardagi samimiy, chuqur, beg‘araz e’tiqodlarni rad etgudek bo‘lsang, unda men sening o‘zingda hech qanday e’tiqod yo‘qligini har jihatdan asoslab bera olaman.
Ya A. DOBROLYUBOV

E’tiqod aktiv faoliyatda namoyon bo‘lishdan tashqarida yashay olmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY

E’tiqod o‘z tabiatiga ko‘ra faolsiz ma’naviy boylik bo‘lolmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Eng yuksak ideallarning targ‘iboti ham ularga erishishning ijobiy yo‘lini ko‘rsata bilmasa, hech nimaga xizmat qilolmaydi.
A. BARBYUS

Agar ezgu ishlarga boshlamasa, eng zo‘r ma’naviy istaklar ham uch pul.
J. JUBER

Insonning eng yuksak xohishlari, g‘oyalari, niyatlari va tuyg‘ulari kundalik hayotda o‘z burchini ko‘ngildagidek bajarishga uni undamasa, sariq chaqaga ham arzimaydi.
G. BICHER

E’tiqodni devorga osib ko‘z-ko‘z qilib bo‘lmaydi.
O.BALZAK

Hayotini o‘z e’tiqodiga bag‘ishlagan odam yangi metallni ixtiro etgan yoki yangi gazni topgan tadqiqotchiga qaraganda ham insoniyatga ko‘proq xizmat qilgan bo‘ladi.
J. LOUELL

Talant ommani o‘z g‘oyalarining haqqoniyligiga ishontirishi kerak va shunda ularning amalga oshirilishi xususida tashvishlanib o‘tirmaydi, ular o‘zlashtirilishi bilan o‘z-o‘zidan amalga oshaveradi.
F. ENGELS

G‘oyalar ommaga singgan taqdirdagina kuchga aylanadi.
V.I. LENIN

Tabiatan irodasiz bo‘lgan ko‘pgina odamlar o‘z qadrlarini bilmaganliklari uchun ham butunlay ortiqcha bo‘lib qoladilar va nojo‘ya ovoz bilan kuylayotgan umumiy xirgoyidan hech bir ajrala olmaydilar.
D. I. PISAREV

E’tiqodsiz odam notavon, har bir a’moli yo‘q odam g‘arib kimsadir.
Ya. Ye. REPIN

Jiddiy odamning g‘oyalari ko‘p bo‘lmaydi. G‘oyasi ko‘p odam hech qachon jiddiy bo‘lolmaydi.
P. VALERI

Salgina epkinga ham aylanaveradigan ongsiz pirpirakka o‘xshamaslik kerak.
J. LONDON

Mening e’tiqodlarim yuragimning urushiga qarab o‘zgaraversa, unda holimga voy.
F. SHILLER

Inson sifatida o‘z fikrining qadriga yetmaydigan odam vijdonsizdir.
V. G. BELINSKIY

Birinchi uchrashgan kimsaga yoqish uchun o‘z fikrini darrov o‘zgartiraveradigan odamni biz bo‘lmag‘ur, pastkash, hech bir ixlosi yo‘q odam deymiz.
N. A. DOBROLYUBOV

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.