background
logotype

Keksalik haqida

Yoshlik bilan keksalik orasidagi muddat naqadar qisqa!
Sh. MONTESKYE

Yoshlik o‘tib borayotganini hech kim sezmaydi, ammo uning o‘tib ketganini hamma his qiladi.
SENEKA

Keksalik xuddi qorday to‘satdan bosadi, Ertalab tursangiz — hammayoq oppoq.
J. RENAR

Jasorat tugagan kuni qarilik boshlanadi.
A. MORUA

Me’yor,ehtiyotkorlik, mutaassiblik, havf-xatar va nogahoniy o‘zgarishdardan uzoqroq yurish xohishi ko‘pincha qarilikning doimiy hamrohi bo‘lib
qoladi.    
J. NERU

Qariganda aqliy nuqsonlar tashqi qiyofadagi nuqsonlar kabi yaqqolrok, ko‘zga tashlana boshlaydi.
F. LAROSHFUKO

Keksayganini odam qachon sezadi? Buni orzu-umiddan voz kechib, faqat xotiralar bilan yashay boshlaganda his qiladi.
F. ZANDERS

Qariganingda ko‘proq yoshliging haqida o‘ylaysai.
A. DYUMA (otasi)

O’spirinlik yillari beqiyosdir. Keksalik unga vaqt tuman lari orasidan boqipshi xush ko‘radi. Mo‘ysafid odam shom pallasida tong shafagini orzu qiladi.
J. BAYRON

Qariganda ko‘zlar yuzdan bosh orqasiga o‘tib qoladi: nuqul orqaga qaraysan, oldiida hech narsani ko‘rmaysap, ya’pi umrlar bilan emas, balki xotiralar bilan yashay boshlaysan.
 N. O. KLYuChYeNSKIY

Ktlar umid bilai yashashadi, keksalar esa xotira bilan.
F. ZANDERS

Keksalar uchup o‘tmish xotirasi sahroda yo‘lovchiga ko‘ringan sarobga o‘xshaydi.
P. BRANJE

Qarilik haqidagi o‘ydan ko‘ra kishini tez qaritadigap narsa yo‘q.
G. LIXTENBERG

Qarilikni o‘ylaganing sari qariysan,
E. KAPIYEV

Koksalikka yaqinlatganda vaqt yana tez o‘ta boshlaydi.
E. SENANKUR

Keksaygan sayyn hayotga muhabbat ortib, o‘lim dax,shati kuchayadi.
J. LABRUYER

Biz uzoq yashashni orzu qilamizu, ammo qarishdan qo‘rqamiz.
J. LABRUYER

Qarish ko‘ngilsiz narsa, ammo uzoq yashashing birdan-bir yo‘li shu.
Sh. SENT-BYeN

Qarishii hech kim xohlamaydi ammo uzoq yashashni hamma istaydi.
P. BUAST

Qarilik shuiday bir hukmronki, u bizga o‘limni ro‘kach qilib, yoshlikning butun huzur-halovatini man qilib qo‘yadi.
F. LAROSHFUKO

Qarilik tashvishlari odatdagi hayot tashvishlarinint o‘zginasi, faqat uning kuchaygan shaklidir.
A. FRANS

Qarilik shuning uchun ham ko‘ngilsizki, keksayganda biz faqat shodlikdan emas, balki orzu-umidlardan ham mahrum bo‘lamiz.
JAN POL

Qarigaiingda o‘z odatlaringning quli bo‘lib qolasan.
G. FLOBER

Kishi oltmish yoshga to‘lgandagina oilaning bebaho maskanligini his qila boshlaydi.
E. BULVER-LITTON

Hayot o‘z qadr-qimmatini yo‘qota boshlagani sayin biz u haqda ko‘proq o‘ylay boshlaymiz; keksalar yoshlarga qaraganda ortiqroq kuyib-pishadilar.
J.-J. RUSSO

Keksaya olish san’atidan ko‘ra uni yenga olish san’ati ulug‘roqdir.
I. GYOTE

Qirq yosh — yoshlikning intihosi, ellik yosh — qarilikning ibtidosi.
V. GYUGO

Keksalik darddir, uni har qanday kasallik kabi davolash lozim.
I. I. MECHNIKOV

Yashab qo‘ygan yoshimizga qaramay, biz ko‘p jabhalarda ko‘r bo‘lib qolamiz, qancha yoshga kirgan bo‘lishimizdan qat’i nazar, bizda ko‘pincha tajriba yetishmaydi.
F. LAROSHFUKO

Keksaya olish — san’at, unga hamma ham muyassar bo‘lavermaydi.
F. LAROSHFUKO

Keksalik san’ati yoshlarga to‘g‘anoq emas — suyanchiq, raqib emas —muallim, befarq emas,— hamdard bo‘lish demakdir.
A. MORUA

Haqiqiy hayot ellik yoshdan keyin boshlanadi. Bu yoshda odam chinakamiga pishib yetiladi, boshqalar o‘rnak olsa arzigulik xislatlarga ega bo‘ladi, birovlarga saboq bo‘ladigan narsa-larni tushunib yetadi.
U. BOK

Ha, nuroniy mo‘ysafid bo‘la olish buyuk san’atlardan biridir, insoniyat o‘zligini donishmand qariya qiyofasida butun borligi bilan namoyon etsa ajab emas, uning qalbi hammaga ochiq, u ,pngi avlodni muborakbod etadi, unga o‘z tajribasini uzatadi.
A. V. LUNACHARSKIY

Hamisha o‘zimizni yoshimizga munosib tarzda tutaylik.
GORATSIY

Yil fasllarini adashtirmaganimizday, yoshimizni ham chalkashtirmaylik; har bir yoshga xos tabiiylikni saqlashimiz va tabiatga qarshi kurashmasligimiz lozim, zero noo‘rin urinishlar hayotni siyqalashtirib, undan to‘la bahramand bo‘lishga xalaqit beradi.
J. J. RUSSO

Yosharish yoshga nisbatan nomunofiq turmush tarziga kechikib qadam bosishdir.
TEOFRAST

Keksa odam yoshlikni da’vo qilsa — katta kamchilikdir.
A. DYUMA (otasi)

Keksayganda qo‘rs bo‘lish ,tentaklikka yaqin turadi.
F. LAROSHFUKO

Palaiartish kiyinish ham, kiyimga haddan tashqari zeb berish ham qarilikka xos no-chorlikni bo‘rttirib, keksalarning yuzidagi ajinni ko‘paytiradi.
J. LABRUYER

Keksalikning o‘ziga xos ko‘rki bor, bu ko‘rkdan jo‘shqinlik va ehtiros emas, balki so‘niqlik va taskin ufurib turadi...
A. I. GERTSEN

Yo‘lini bilgan odamga keksalik ham huzur-halovat og‘ushidir.
SENEKA

Hayot shomi o‘zi bilan birga shamchirog‘ini ko‘tarib keladi.
J. JUBER

Keksayganimizda ham yoshlik paytimizdagiday xushchaqchaq bo‘lib qolaylik. Yoshlikda to‘rg‘ay kabi tong qo‘shig‘ini kuylaymiz. Qariganda esa bulbul yanglig‘ oqshom navosini chalaylik.
K. BOUVI

Ajinlar faqat avvalgi tabassum o‘rinlarini ko‘rsatib tursin.
M. TVEN

Ajinlarda quvnoqlik jilva qilganiga nima yetsin! Nuroniylik deb shuni aytadilar.
V.GYUGO

Qariganda muhabbatsiz yashay olgan odam yoshligida ham sevgan emas, zero muhabbat yosh tanlamaydi.
JAN POL

Yetmish yetti yoshda odam quyi-lishi kerak.
S. JONSON

Keksalik ahmoq uchun — og‘ir yuk, johil uchun — qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir.
F. VOLTER

Fanga, muzikaga, teatrga va umuman, tashqi olamga muhabbati saqlanib qolgan qariyalar baxtiyordirlar. O’zidagi bor narsalar insonga qariganda ayniqsa asqatadi.
V. GYUGO

Qariganda ayniqsa yalqovlik va bekorchilikdan ehtiyot bo‘lish kerak.
SITSERON

Qariganda yoshlikdagiga nisbatan ko‘proq ishlash kerak.
I. GYOTE

Yoshi oltmishdan oshgan odamga faqat bitta maslahatim bor: ishlash va yana ishlash!
A. SHVEYSER

 Mehnat va ijod keksayishni sekinlashtiradi.
S. T. KONENKOV

Qariyaning miyasi qari otga o‘xshaydi. Mehnat qobiliyatini saqlab turish uchun tinimsiz mashq qilishi lozim.
G. ADAMS

Hamma narsaga qiziqishini yo‘qotgan odam xotirasini ham yo‘qotadi.
I. GYOTE

Ko‘p odam yoshiga nisbatan ancha oldin qariydi.
T. BRAUN

Tabiat nomutanosibliklar bilan to‘la. Ba’zan u keksalarning boshini yoshlarning yelkasiga o‘rnatib qo‘yadi, ba’zan esa sakson yillik muz ostiga qaynab turgan yurakni jo etadi.
R. EMERSON

Goh sochdagi oq adashtiradi:
Usti g‘ubor bosgan asriy shishada
Otashnafas gulob qalqib turadi.
M. Yu. LERMONTOV

Qarilik ko‘ylakka ingan g‘u-borga o‘xshaydi — u xarakterdagi hamma qusurlarni sirtga olib chiqadi.
V. O. KLUCHEVSKIY

Uzoq yashaganini faqat yoshi-ga qarab baholaydigan qariyadan nochor odam yo‘q.
SENEKA

Nodon qariya hamisha kalon-dimog‘ va takabbur bo‘ladi.
J. LABRUYER

Vazmin va xushmuomala qariya hammaga yoqadi.
DEMOKRIT

Kuch va ko‘rk yoshlik bezagi, qarilikning bezagi esa zakovat va mulohazakorlikdir.
DEMOKRIT

Yosh yigit dono bo‘lmog‘i lozim, ammo buni ko‘z-ko‘z qilmasligi kerak, keksa odam esa, garchi dono bo‘lmasa ham o‘zini dono ko‘rsatishga urinishi zarurdir.
F. CHESTERFILD

Qarilik ranj, ammo nolimagan odamga u fuqorodir.
F. VOLTER

Qarilik hayot gullarini so‘litib, nishlarini o‘tkirroq qilad.
SA’DIY

Keksalikning ko‘pdan-ko‘p zaif tomonlari bor, u shunday nochorki, nafratga uchrashi ham hech gapmas, binobarin, qariganda orttiriladigan eng yaxshi boylik — bu yaqin kishilarning muhabbatiga sazovor bo‘lishdir. Buyruq va do‘q-po‘pisa unga qurol bo‘lolmaydi.
M. MONTEN

Og‘ir-vazmin, qovushuvchan va xushfe’l qariyalar keksalikni yaxshi o‘tkazishadi, jizzakilik va badqovoqlik hamma yoshda ham ortiqcha yuk bo‘ladi.
SITSERON

Qarilik baxt bo‘lolmaydi, «baxtli keksalik», degan gapni johil odamlar o‘ylab chiqarishgan. Qarilik yo osoyishta, yoki g‘am-hasrat bilan o‘tish mumkin. Izzat-ikrom ko‘rgan qariyalar osoyishta kun kechiradilar. Unutilgan, yolg‘iz qolgan keksalarning esa kuni g‘am-hasrat bilan o‘tadi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Beg‘amlik yoshlarning sho‘ri bo‘lganiday, ortiqcha kuyunchaklik keksalarning sho‘ridir.
V. SHEKSPIR

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.