background
logotype

Madaniyatning vorisiyligi haqida

Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarlarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblanamiz.
SUQROT

Olg‘a intilgan har bir kishi o‘tmish va o‘z davri boyliklaridan foydalanishi turgan gap.
A. DISTERVEG

Mukammal zakovat, agar ta’bir joiz bo‘lsa, avvalgi barcha asrlardagi aqlni o‘zida mujassam etadi.
B. FONTENEL

Xalq — bamisoli oltin qidiruvchi, dur qidiruvchidek gap: u faqat eng nodir, eng buyuk narsalarnigina ajratib, avaylab, bag‘rida asrab, necha o‘n yillar davomida sayqallab keladi.
M. I. KALININ

Qadimgi donishmandlik shu qadar ko‘p durdonalarni meros qoldirganki, ularni bir-biriga qarab chiqish natijasida butun bir yiqib bo‘lmas devor vujudga kelgan.
M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN

Insonning eng yaxshi va go‘zal fikrlarini jamlash beqiyos xazina yaratish bo‘lur edi.
J. DELIL

Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir.
I. GYOTE

Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi ko‘pgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar bo‘lardik.
D. I. PISAREV

Donolar bisotini o‘rganish bizni yuksaklikka ko‘tarib, qudratli va olijanob insonga aylantiradi.
Ya. KOMENSKIY

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.