background
logotype

Maktab, o‘qituvchilar va o‘quvchilar to‘g‘risida

Xalq uchun nondan so‘ng eng muhimi maktabdir.
J. DANTON

Maktab, o‘z sistemasida mujassamlangan asosiy predmst va printsiplariga ko‘ra, xalqlar va davlatlar turmushi va taqdirini belgilashda bag‘oyat buyuk kuchdir.
D. I. MENDELEYEV

Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir; agar kelajakni qo‘ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo‘lda mustahkam tutmog‘ing lozim.
A. BARBYUS

Mehnat jarayoniga asoslangan bilimdan o‘tkirroq qurol yo‘q.
M. GORKIY

Odalarning ijtimoiy-madaniy yuksalishi, qachonki qo‘l miyani o‘rgatgan, so‘ngra teranlashgan miya yana qo‘lni o‘rgatib, miyaning o‘sishiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatgan holdagina normal bo‘lishi mumkin.
M. GORKIY

Bir soatlik ish bir kunlik tushuntiruvdan ko‘ra ko‘proq narsa beradi, chunki men bolani ustaxonada mashg‘ul qilar ekanman, uning qo‘llari aqli uchun ishlaydi: u o‘zini bor-yo‘gi hunarmand hisoblagani holda faylasufga aylanadi.
J. J. RUSSO

O‘quvchini mehnat qilishga o‘rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg‘unlashishga ko‘niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o‘rgatki, uning uchun o‘z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig‘maydigai holat hisoblansin; u mustaqil o‘ylamog‘i, izlamog‘i, o‘zini ko‘rsatmog‘i, o‘zining uyg‘onmagan qobiliyatlarini rivojlantirmog‘i, o‘zini sobitli inson qilib yetishtirmog‘i lozim.
A. DISTERVEG

O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.
E. XABBARD

O‘qituvchi inson ruhining injeneridir.
M. I. KALININ

O‘qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi xolos.
V. A. SUXOMLINSKIY

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oping haqin yuz ganj ila.
A. NAVOIY

Tarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga bog‘lpq.
D. I. PISAREV

Bizga ta’lim berayotgalar haqli ravishda bizning o‘qituvchilarimiz deb ataladilar, ammo bizni o‘qitayotganlarning har biri ham bu nomga loyiq emas.
I. GYOTE

Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘i lozim.
V. I. DAL

Tarbiyasi birovni hayotga tayyorlamog‘i uchun avvalo o‘zi hayotni chuqur bilmog‘i lozim.
L. N. TOLSTOY

Tarbiyalovchining o‘zi zehnli, nihotda bosiq, xushfe’l, yuksak axloqiy xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak.
M. I. DRAGOMANOV

...Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i zarur.
K. MARKS

Boshqalarni o‘qitib, o‘zimiz ham o‘rganamiz.
SENEKA

Kimki oz bilsa, ozga o‘rgatadi.
Ya. KOMENSKIY

O‘qitish, ikki barobar o‘qish demakdir.
J. JUVER

Birovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.
M. MONTEN

Kimki nasihatga o‘tar ekan, o‘git tinglovchiga nisbatan o‘zini tadbirkor his etmog‘i lozim: kichik bir xatosi ham ishni buzadi.
R. DEKART

Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun nimani o‘qitsang — o‘shanga, kimni o‘qitsang — o‘shalarga mehr qo‘ymog‘ing zarur.
V. O. KLUCHEVSKIY

Pedagogika faoliyat uchun, birinchidan, tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchisini har jihatdan bilishi, ikkinchidan, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasida to‘la ishonch bo‘lmog‘i zarur,
D. I. PISAREV

Muvaffaqiyatli tarbiyannng siri — o‘quvchiga hurmatda.
R. EMERSON

Agar odamdan ko‘p narsani talab etmasang, ko‘p narsani ololmaysan ham.
A. S. MAKARENKO

Tarbiyachi hamisha, tarbiya kuchi shu qadar beqiyoski, undan hech qachon butun borligicha foydalana olmasligiga ishongan bo‘lishi kerak.
K. D. USHINSKIY

Tarbiyachi mansabdor to‘ra emas; agar u mansabdor to‘ra bo‘lsa, demak tarbiyachi emas.
K. D. USHINSKIY

Tarbiyachining ma’navyy da-rajasi qanchalik tuban, axloqiy qiyofasi bemaza bo‘lsa va u faqat o‘z tinchi va oromini o‘ylasa, go‘yo bolalarning tashvishi taqozo etgan har xil buyruq va taqiqlarni shu qadar ko‘i chiqaraveradi.
Ya. KORCHAK

Kimki bolalarni ularning o‘zlari o‘zlashtira oladigan darajada emas, balki men o‘zim istagan darajada o‘qitishim zarur, deb hisoblasa, u mutlaqo kaltabindir.
Ya. KOMENSKIY

Inson — istagan suyuqlik bilan to‘ldirib qo‘yish mumkin bo‘lgan bo‘sh idish emas.
D. I. PISAREV

Tarbiyadagi eng katta xato, o‘ta shoshqaloqlikdir.
J. Sh. RUSSO

Bolalarga o‘qitilayotgan darslar ularning yoshiga muvofiq kelmog‘i lozim, aks holda, ularda o‘zbilarmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, mag‘rurlanish kasali xavfi tug‘iladi.
I. KANT

Odamlarni hamma narsaga o‘rgatishadi-yu, ammo andishaga o‘rgatishmaydi, holbuki ular bilimdonlik bilan emas, o‘zlari hech qachon o‘rganmagan o‘sha andishalilik bilan ajralib turishga ko‘proq intiladilar.
B. PASKAL

Yomon tarbiya ko‘rgan odamni qayta tarbiyalashdan og‘irroq narsa yo‘q.
Ya. KOMENSKIY

Bir umr cho‘tka tegmagan ko‘ylakni tezda tozalab bo‘lmaganidek, odamni ham birdaniga qayta tarbiyalash mumkin emls.
M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN

Shu narsa ravshanki, turmush uchui foydali bo‘lgan predmetlarning beistisno jamini emas, haqiqatan zarurlarini o‘rganmoq lozim.
ARASTU

Shunday hayot haqiqatlari mavjudki, ularni siyosiy, huquqlar singari ma’lum yoshdan keyingina o‘rgatish mumkin.
A. I. GERTSEN

Aytishlaricha, siyosatdagi eng yaxshi qoida ma’muriyatchilikni oshirib yubormaslikdir. Bu qoida tarbiyaga ham shu daraja-da muvofiq keladi.
JAN POL

Bolalarni o‘qitishdagi bosh masala ularga nima o‘rgatilayotganligida emas, balki qanday o‘rgatilayotganligidadir. Bolaga yaxshi va mohirona uqtirilgan odatdagi kundalik narsalar uning tushunchasiga mos tugpmaydigan, g‘aliz izohlangan yuksak haqiqatlardan ko‘ra kelajakda unga yuz karra ko‘proq foyda beradi.
N. I. PIROGOV

Qiyin fanlar yo‘q, faqat hazm etilishi qiyin bo‘lgan fanlargina bor.
A. I. GERTSEN

Qaerdaki bo‘lmasin, so‘z odamlar o‘rtasidagi vositachilik xizmatini o‘tar ekan, ayniqsa ta’lim sohasida ortiqcha gapirish ham, gapni to‘mtoq tugatish ham nomaqbuldir.
V. O. KLUCHEVSKIY

So‘z degan narsa o‘qituvchilarga o‘z fikrlarining bayoni uchun emas, balki boshqalar tafakkurini uygotish uchun berilgan.
V. O. KLUCHEVSKIY

Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
V.O. DISTERVEG

Hech bir murabbiy o‘zining asosiy vazifasi o‘z tarbiyalanuvchilarini aqliy mehnatga o‘rgatishdan iboratligini va bu vazifa dars o‘qitishdan ham ko‘ra muhimroq ekanligini unutmasligi lozim.
K. D. USHINSKIY

Agar o‘quvchilarda tashabbuskorlik va faollik rivojlanmas ekan, har qanday bilim jonsizdir; o‘quvchilarni faqat fikrlashga emas, istakka ham o‘rgatmoq kerak.
N. A. UMOV

Istak uyg‘otmaydigan tarbiya qalbni xarob etuvchi tarbiyadir. Tarbiyachi istashga ham o‘rgatmog‘i zarur.
A. FRANS

O‘quvchilar va o‘qituvchilarning muvaffaqiyatn uchun bilimning har bir sohasida darsni izohlashda iloji boricha kelgusida o‘quvchilar oladigan bilimlarning umumiy va juz’iy ahamiyatini ishonarli asoslash bag‘oyat foydalidir.
J. PEYO

Pedagogikani inson haqida emas, balki bola haqidagi ilm hisoblash qo‘pol xatolardan biridir.
Ya. KORCHAK

Haqiqiy ta’lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.
N: I. PIROGOV

Maktabning maqsadi, tarbiya va faqat tarbiyadir.
I. PESTOLOSSI

Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga
etkazadi.
A. SENT-EKZYUPERI

Ma’rifatning maqsadi xarakterni tarbiyalashdan iboratdar.
G. SPYeNSYeR

Tarbiyaning eng muhim qismi fe’l-atvorni shakllantirishdir.
USHINSKIY

Insonga yaxshi tarbiya-berishning eng muhim asosi uning xarakterini shakllantirishdan iboratdir.
E. TELMAN

Inson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir.
K. D. USHINSKIY

Chiroyli haykalcha yasab, unga hayot baxsh etmoqlik yaxshi, ammo yosh aqlni ulg‘aytirish, yosh qalbni o‘ziga xos shakllantirib, unda adolat tuyg‘usini jonlashtirish yanayam yaxshidir.
V. GYUGO

E’tiqod nazariya yo‘li bilan singdiriladi, xulq esa namuna ko‘rsatish orqali shakllantiriladi.
A. I. GERTSEN

Ilm o‘qub amal qilmag‘on, kariz qazib tuxum solmag‘onga o‘xshar.
A. NAVOIY

Ulki buyurub o‘zi qilmagay va hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay.
A. NAVOIY

Ish erur ulkim, o‘zi oni qilur,
Hikmat ulkim, ham o‘zi oni bilur.
A. NAVOIY

Namunasiz to‘g‘ri o‘qitish ham, yaxshi o‘qish ham mumkin emas.
L. KOLUMELLA

Namunasiz hech narsani o‘rga-nolmaysan.
Ya. KOMENSKIY

Oldingda to‘gri ketayotganning izidan to‘g‘ri borish oson.
Ya. KOMENSKIY

Tarbiyachi o‘zining qaysidir ehtirosiga erk berar ekan, uning ehtiroslarni jilovlash haqidagi gaplari foydasiz; o‘zi yo‘l qo‘yadigan illat yoki nomunosib odatlarni shogirdlarida tugatishga urinishi ham samarasiz bo‘lib chiqadi.
J. LOKK

O‘rgatmoq uchun so‘kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.
F. LAROSHFUKO

Haqiqiy tarbiya qoidalarda emas, mashqlardadir.
J. J. RUSSO

Olijanob odatlar namuna tufayli tarkib topadi.
A. FRANS

Jon kuydirib o‘rganish va ezgu ish qilishga, tirishqoqlik bilan yanada takomillashishga, gayrat bilan undan ham takomillashishga o‘rgatuvchi maktabgina baxtiyordir.
Ya. KOMENSKIY

Yaxshi tarbiya har qanday nodon kishini ham odam qatoriga qo‘shadi.
V. G. VELINSKIY

Dunyoda kurtak paytidanoq mukammallikka erishadigan hech bir narsa yo‘q, aksincha, har qanday hodisada ham avvalo — oddiygina xadikli umidlar, so‘ngra esa shak-shubhasiz to‘la qiyofa namoyon bo‘ladi.
APULEY

Tabiat har bir odam zamiriga donli boshoq yoinki yovvoyi o‘t urug‘ini tashlaydi; shuning uchun o‘z vaqtida birinchisini parvarishlash, ikkinchisini qiyratmoq lozim.
F. BEKON

Odamning yaxshi tomonini ko‘ra bilish hamia qiyin. Odamdagi yaxshi fazilatlarni odatda xayolan tasavvur etishga to‘g‘ri keladi va pedagog shunday qila bilishi lozim. U odamga, hatto birmuncha yaiglishish xavfi bo‘lsa ham yaxshi umid bilan yondashmog‘i lozim.
A. S. MAKARENKO

Agar siz odamlarni aslida ular qanday bo‘lsalar, shundayligicha, barcha nuqsonlari bilan qabul qilsangiz, hech qachon siz ularni yaxshilay olmaysiz. Agarki siz odamlar bilan ideal odamlardek munosabatda bo‘lsangiz, siz ularni o‘zingiz ko‘rmoqni istagan yuksaklikka ko‘tarishingiz mumknn.
I. GYOTE

Zehni o‘tkir va har narsaga qiziquvchan, lekin odamovi va o‘jar bolalar bo‘ladi. Maktabda odatda bundaylarni ko‘rgani ko‘zlari yo‘q, doimo ularga ishonchsizlik bilan qaraydi-lar; vaholanki, yaxshi tarbiya berilsa, ulardan buyuk odamlar chiqadi.
Ya. KOMENSKIY

Agar yaxshilab tarbiya berilsa, yaxshilab sovitilsa, eng hurkak toylardan eng uchqur bedovlar chiqadi.
PLUTARX

O‘z mohiyatingni o‘zgartirishing mumkinmas, tarbiyaning buyuk siri va buyuk kuchi ham shundan iboratki,u xarakterdagi har xil moyilliklarni hatto nuqsonlarni ham ezgulikka yo‘naltiradi.
J. SAND

Bolaga ta’lim berishdan maqsad, uni kelgusyda o‘qituvchining ko‘magisiz unib-o‘sishga layoqatli qilishdir.
E. XABBARD

Istamay mutolaa qilayotgan talaba — qanotsiz qush.
SA’DIY

Bilimni singdirib olmoq uchun uni ishtaha bilan simirmoq lozim.
A. FRANS

Dars paytidagi bekorchilik, aqliy mehnat taqozo etilgan joyda ayni uning bo‘lmasligi,— bo‘sh vaqt yo‘qligining bosh sababidir.
II. A. SUXOMLINSKIY

Har narsaga qiziquvchanlik olimlar va shoirlarni yetishtiradi.
A. FRANS

Kimki o‘qishni istamasa, — hech qachon haqiqiy inson bo‘lolmaydi.
XOSE MARTI

Bilimni o‘z kuching bilan egalla, sherigingning mehnat natijalarini o‘zlashtirishing noinsoflik. Dars vazifalarini mustaqil bajarmaslik — tekinxo‘rlikka qo‘yilgan birinchi qadam.
V. A. SUXOMLINSKIY

Kimda-kim biror-bir san’at, fan va hunar sirini egallamagai ekapn, u hech qachon nimadir bir yirikroq narsani yaratishga layoqatli bo‘lolmaydi.
MICHURIN

O‘qimay turib, na bir san’at va na bir donishmadlikka yetishish mumkii emas.
DEMOKRIT

Kimki hech narsani qiziqib so‘ramasa, hech nimani o‘rganmaydi ham.
T. FULLER

Diqqat-e’tibor ko‘nglimizning yagona darchasi, ongimizdagi bor narsalarning bari so‘zsiz shu darcha orqali o‘tadi.
K. D. USHINSKIY

Faqat diqqat qilgan odamgina xotirasida saqlay oladi.
S. JONSON

Muallim aytgan so‘zni takrorlash oilan uning izdoshi bo‘lib qolaverish qiyin.
D. I. PISAREV

Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o‘rganadi va shu yo‘l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.
GYOTE

O‘z podonligini muallimlarni ayblash bilan oqlaydiganlar aslida o‘z bilganlaricha hech nima qila bilmaydigan va o‘zlari borishlari lozim bo‘lgan joyga quloqdan tortib olib borishlarini kutib yotadigan kimsalardir.
A. DOBROLYUBOV

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.