background
logotype

Mehnat umrni uzaytiradi

Inson uchun eng go‘zal, eng qadrli narsa uning o‘z hayotidir. Hayot esa har tomonlama, muttasil mehnat bilan barqarordir. Inson mehnati to‘xtasa bormi — uning hayoti ham to‘xtaydi.
G. M. KRJIJANOVSKIY

Mehnatsevar qalb doimo o‘z kasbi bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim, binobarin, tanaga badantarbiya zarur bo‘lganidek, unga ham surunkali mashq hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatadi.
A. V. SUVOROV

Bu dunyoning eng birinchi oqilona printsipi mehnatdir. Odamning butun a’zolari ishlashi kerak.
A. A. BOGOMOLETS

Umrim bo‘yi aqliy va jismoniy mehnatni yaxshi ko‘rib kelganman va yaxshi ko‘raman ham, hatto jismoniy mehnatni ko‘proq yaxshi ko‘raman... Jismoniy mehnat oliy nerv faoliyati buzilgan taqdirda eng katta davo bo‘lib xizmat qiladi.
I. P. PAVLOV

To‘g‘ri yashash — ishlash demakdir. Mashina bekor turib qolsa, uni zang bosadi.
J. FAVR

Ishlagan odam hamisha navqiron. Ba’zan menga shunday tuyuladiki, ehtimol, mehnat hayot quvvatini oshiradigan qandaydir maxsus garmonlarni ishlab chiqarayotgan bo‘lishi ham mumkin.
N. N. BURDENKO

Mehnat yuz yil umr ko‘rish san’atining zaruriy shartlaridan biridir.
M. SHEVREL

Uzoq umr siri mehnatda.
S. N. SERGEYEV-SENSKIY

Mehnat hayot chirog‘i yog‘ quyib turadi.
J. VELLERS

Biror dangasaning qariguncha yashagani haqida hech qanday dalil yo‘q.
X. GUFELAND

Dangasalik qilib sihat-salomat bo‘lishni ko‘zlagak odam jim turib ovozini ochmoqchi bo‘lgan nodon bilan barobardir.
PLUTARX

Hech narsa uzoq vaqt davomida jismoniy harakat qilmaslikdek kishi madorini quritmaydi va uni mahv etmaydi.
ARASTU

Mehnatdan yaroqsiz bo‘lishdan ko‘ra odamni dangasalik xuddi zang singari tezroq ishdan chiqaradi.
V. FRANKLIN

Dunyoda harakatsizlikdan ham ortiqroq halokatli va toqat qilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q.
A. I. GERTSEN

Izsizlikdan lavand tan, ko‘r, naqadar barbod erur,
Harakatsiz ko‘l kabi tiniqligin tez boy berur.
OVIDIY

Mehnat bilan charxlanib turmagan kuch susayadi.
D. I. PISAREV

Ishlamaslik har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan keyin esa nogironlik keladi.
APULEY

Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi.
IBN SINO

Aysh-ishrat va bekorchikdan buzuqlik va kasalmandlik kelib chiqadi — aksincha, aqlning nimagadir intilishi sog‘liqni muttasil mustahkamlab boradigan bardamlikni yuzaga chiqaradi.
GIPPOKRAT

Mehnat ochlikning da’vosi, oshqozonning malhami, sihat-salomatlikning garovidir.
M. SAFIR

Eng yaxshi axloqiy va estetik dori — mehnat.
A. FRANS

Mehnat — barcha xastaliklardan xalos etuvchi shifobaxsh malham.
N. A. OSTROVSKIY

Harakat ishtaha ochgani singari mehnat ham rohatga tashnalikni oshiradi.
F. CHESTERFILD

Ishtiyoq bilan qilgan ishimiz — dardimizni davolaydi.
V. SHEKSPIR

Mehnat ijodga aylangan joyda, tabiiyki, o‘lim dahshati hatto fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi.
A. N. TOLSTOY

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.