background
logotype

O‘git va nasihatlar haqida

Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.
F. LAROSHFUKO

Chavandozlikdan xabari yo‘q odam otni qanday minish haqida maslahat bermaydi. Ammo axloq masalasida biz boshqacharoq ish tutamiz. Bu yerda biz o‘zimizni hamma narsani biladigan va istagan odamga nasihat qilishga qodirmiz, deb hisoblaymiz.
K. GELVETSIY

O’zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishi-ii eplashga qaraganda ancha osondir.
F. LAROSHFUKO

Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.
G. LIXTENBERG

Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.
FALES

Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.
U. OLJER

Odamlar hech narsani nasihatdek nafratlanib qabul qilmaydilar.
J. ADDISON

Nasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.
V. SHOU

Maslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.
F. BEKON

Boshga kulfat tushganda kimki noto‘g‘ri maslahat bersa, maslahat berishni istamagani.
SENEKA

Quruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.
A. I. GERTSEN

Sizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.
P. KALDERON

Baxtsizga nasihat berish baxtli odam uchun oson.
ESXIL

Sizdan iltimos qilinmagan ishni o‘zingizdan-o‘zingiz bajarmang.
O. BALZAK

O’zing istagan narsani birovga tirkama; did har kimda har xil.
B. SHOU

Barchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.
D. I. PISAREV

O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
QOBUS

Yoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.
SOLON

Osonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.
L. VOVENARG

Yaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.
B. JONSON

O’z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.

LEONARDO da VINCHI

Birortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.
ISOKRAT

Yaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.
T. FULLER

Dushmandan ham o‘rganish mumkin.
M. MONTEN

Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFAN

G’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.
SA’DIY

Yaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.
I. GYOTE

O’zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.
DEMOKRIT

Odamlarning maslahatlashmoqchi bo‘lish odatlarida qanchalar riyokorlik bor! Maslahat so‘rayotgan kishi o‘z do‘stining fikrlariga o‘zini hurmat bilan quloq tutayotgandek ko‘rsatadi, vaholanki, aslida unga kimningdir e’tibori kerak, kimdir uning ishini ma’qullab,o‘sha ishi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olishi kerak.
F. LAROSHFUKO

Odamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.
R. ROLLAN

Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.
SA’DIY

Ahmoq bilan munozara qish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.
P. BUAST

Sen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.
Sh. MONTESKYE

Maslahatga    kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.
B. FRANKLIN

Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.
DEMOKRIT

Shunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlama-guningcha eshitishni istashmaydi.
G. LIXTENBERG

Tentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.
I. MYULLER

So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
SUQROT

Nodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,
Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.
SA’DIY

Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soldi.
I. GYOTE

Birovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.
F. LAROSHFUKO

Maslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.
F. LAROSHFUKO

Ahmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.
G. LESSING

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.