background
logotype

O’zni tuta bilish to‘g‘risida

Hamma g‘alabalar o‘z ustingdan qozonilgan g‘alabadan boshlanadi.
L. M. LEONOV

Haqiqiy buyuklik o‘zni tuta bilishdan iborat.
F. LAFONTEN

O’zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne’matlarning biridir.
J. PRENTIS

O’zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo‘ladi.
SENEKA

Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir.
DEMOKRIT

O’z ruhini bo‘ysundirgan kishi shaharlarni zabt etgan kishidan ham kuchliroqdir.
E. XEMINGUEY

Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o‘zni tutishga harakat qilishdir.
V. GUMBOLT

Qalbning qudratli ustivorligi mislsiz in’omdir. U bor ekan, hayotda hech narsa qo‘rqinchli emas.
ARXILOX

O’zini yenga bilgan kishidan ko‘ra kuchliroq g‘olib yo‘q.
G. BICHER

O’zini mardona yenga olish — men uchun har doim ongli inson faxrlansa arziydigan eng buyuk yutuqlardan biridek tuyulib keladi.
P. BOMARSHE

O’zini tuta biladigan kishigina erkindir.
F. SHILLER

Mardlik bilak kuchida va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir.
SA’DIY

Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i kerak.
SITSERON

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.