background
logotype

Yovuzlik, zolimlik

Har xil kishilar va har xil mijozlar bo‘ladi. Ayrimlarning masalan, barcha ehtirosu ko‘tarinki qiyofasi sovuq yovuzlikdan iboratdir va undaylar faqat yovuzlik qilayotgan paytlaridagina uddaburon, iqtidorli va hatto soglom bo‘lib ketadilar.
V. G. BELINSKIY

Pastkash kimsalar uchun muqaddas va buyuklikka o‘zlarining iflos qarashlari va fikrlarini chaplab, o‘z nochorliklarining alamini olishdan ham ko‘ra yoqimliroq narsa yo‘q.
V. G. BELINSKIY

Qabih odamga saxovat ham, donishlik ham qabihlik bo‘lib ko‘rinadi: iflosga — ifloslik yoqadi.
V. SHEKSPIR

Kechki odam kekning o‘zi singari doimo bemulohaza ish qiladi. Bu egizak xususiyatdir, ulartting birini ajratsang, ikkinchisi shol bo‘ladi.
N. V. SHELGUNOV

Yomon odam misoli ko‘mir: mabodo kuydirmasa ham seni qora qiladi.
ANAXARSIS

Yovuz odamlar kishi tanasida yurib, faqat yara bor joyda to‘xtaydigan nashshaga o‘xshaydilar.
J. LABRUYER

Yovuz uchun yovuz xabarni eshitishdek yoqimli taskin yo‘q.
Sh. RUSTAVELI

Rahmsiz kishilar birovning kulfatidan shodlanadi.
VAJA PSHAVELA

Tajribadan bizga ma’lumki, o‘zimizni qancha ayab, suyasakda, o‘zgalarga nisbatan shafqatsiz bo‘lsak, bu bir gunohning ikki tomonidir.
J. LABRUYER

Muttaham doimo yovuz; jasur esa muruvvatlidir.
I. I. DMITRIYEV

Berahmlik va qo‘rquv yakkash, bir-birini qo‘llaydi.
O. BALZAK

Yovuzlik hamisha shafqatsizlik va zaiflikdan kelib chiqadi.
SENEKA

Shafqatsizlik jasoratga hamroh bo‘lolmaydi.
M. SERVANTES

Qahr-g‘azab o‘z yo‘lida irodasizlikdir.
L. P. CHEXOV

Qasd olishdan mayda va pastkash qalbgina rohatlanadi.
YUVENAL

Fosiqdin hayo tilama,
 Zolimdan vafo tilama.
A. NAVOIY

Itdin kiyikka va mushukdan kabutarga shafqat maholdir.
A. NAVOIY

Qasos — ojiz qalbning yovuz merosi,
Mag‘rurlar qalbidan haydalgan bir his.
K. KORNER

Yiqilganni depsishni muttaham qo‘rqoq boshlaydi.
OVIDIY

Saxovat iiqobi ostida yovuzlik qilinmaganda edi, dunyoda bu qadar yovuzlik bo‘lmasdi.
M. EBNER-ESHENBAX

Yovuzlik hamisha himmat qo‘ltiqtayog‘ida yuradi.
M. M. PRISHVIN

O’taketgan jinoyatchi ham o‘zini xaspo‘shlashga va o‘zi qilgan jinoyat ahamiyatsiz va zarurat yuzasidan yuz berganligiga shpontirmoqchi bo‘ladi.
G. LESSING

Afsus — fosh etilishidan sarosimaga tushgan qahr-g‘azab, o‘z ojizligini sezgan ojiz quturishdir.
A. AMIEL

Adovatchilikka qarshi adovat uygoting.
A. FRANS

O’zgalar kulfatini masxaralash aslo kechirilmasligi kerak.
A. P. CHEXOV

O’taketgan nafrat bizni o‘sha nafratlagan odamimizdan ham tubanlashtirib yuboradi.
F. LAROSHFUKO

Kattami,    kichikmi, sira yovuzlik qilmaslik kerak.
EZOP

Bironta ham yovuz odam baxtli bo‘lolmagan.
YUVENAL

Yovuz odamlarning hayoti doimo notinch.
D, DIDRO

Kimdanki ko‘pchilik qo‘rqsa, u ham ko‘pchilikdan qo‘rqishi kerak.
SOLON

Kimki yovuzlik ustiga yovuzlikni qalashtiraversa, qo‘rquvi ham shu qadar oshaveradi.
SENEKA

Qo‘rquv bilmayin desang, yovuzlik qilma.
QOVUS

Kim yovuzlik urug‘ini setssa — pushaymon yig‘ar.
SA’DIY

Tavba qilmoq kerak odatda bir bor,
 Zahar yutib bo‘lmas ikki qur zinhor.
A. SHUKUR

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.