OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sa’dina Bobomurodova. Turnagulga kelaman (hikoya)

Qora tosh...
Nihoyat, yetti kechayu yetti kunduz yoqqan yomg‘ir bugun to‘xtadi. Savr shamoli qora bulut-chodirlarini shoshib yig‘ishtira boshladi. Samoning birinchi-yashil qatlami uzra oftob charaqladi. Dov-daraxtlar, maysa-giyohlar ko‘zlarida, lablarida shudring-yosh bilan uni yarlaqadi.
Eski yon daftarchalarimni varaqlab tursam, bir dona qurigan, hidi yo‘q binafsha gul chiqdi. Yaproqlariga "1982 yil, 2 aprel. ?oratosh. Mulla Mansur bobo" deb yozib qo‘ygan ekanman.
Beixtiyor o‘sha damlar yodimga keldi. Roppa-rosa 25 yil avval, talabalik yillarimizda institut tomonidan xalq og‘zaki ijodidan namunalar to‘plab, yozib olish uchun Forish tumanidagi "?oratosh-Nurak" qishlog‘iga jo‘natish-di. Dugonam Marhabo Mansurova bilan bir oy davomida tog‘ bag‘ridagi tik, haybatli qoyalar soya solib turgan Mulla Mansur boboning uyida turdik. Kechalari hovlida, pastgina ishkom tagi-ga qurilgan so‘rida yotamiz. Uzumlari yirik-yirik, xuddi bosh barmog‘ingiz-day keladi. Yotgan joyimizda qo‘limizni uzatsak ham yetardi. Mulla Mansur bobo yuzlari bug‘doyi rang, soqollari oppoq, simobi salla, oppoq kiyimlarda, misoli Xizr bobo yanglig‘ qo‘r to‘kib yurar-di. Ko‘pincha uychasida, deraza oldida kitob o‘qib o‘tirardi.
Mulla boboning Xosiyat momo degan jikkakkina kampiri bo‘lardi. Ko‘pincha biz dars tayyorlayotganda oldimizga kelardida:
-O’x, shamol qandoq yaxshi-ya! Tunivilan ham tinmadi-ya,-derdi Forish shevasida.-Bichog‘ni olib ravoch terib kelinglar. Marhabo ikkalamiz ravoch, binafsha, tatran (hulkar), qo‘ziqorinlar tergani chiqib ketardik. Bugun ba’zi paytlari o‘z-o‘zimga ishonolmay, gumonlarga boraman: o‘sha ertaklardagiday zumurrad kunlarni rostdan yashaganmidik yo barisi tushmidi?..

* * *

-Yetdik! Ana ?oratosh! Shu yerdan burilasiz. Hayajon avval yuragimga, tomirlarimga o‘tib, so‘ng bo‘g‘im-bo‘g‘imlarimga tushadi. Ishqilib, binafsha o‘tib ketmaganmikin-a? Xavotirla haydovchidan so‘rayman.
-Aprel keldi-ku, o‘tib ketgan bo‘lishi kerak.
-Qo‘ying-ey, unday demay turing, men uchun loaqal bitta qolgandir!..

* * *

"Xo‘ja Bog‘bon ota ziyoratgohi" imom xatibi To‘ymuhammad Mansurov va Max-sum bobo bilan ziyoratgohga chiqib borayapmiz.
-Otamni Mulla Mansur deyishardi,-deya hikoya qiladi Maxsum bobo. -"?ur-’oni karim"ni yetti xil qiroatini keltirib o‘qirdi. Albatta, otamdagi salohiyat, so‘fiylik, tasavvuf-tariqat ilmi, diniy dunyoqarash ko‘lami menda yo‘q. Otamni ko‘rgan, suhbatdosh bo‘lgan ekansizlar. Buni o‘zingiz ham sez-gandirsiz. Nima qilamiz endi?.. Bir yog‘i bizlar arosat ta’lim, arosat tarbiya ko‘rib o‘sdik-o‘zbek bo‘lib o‘zbek, o‘ris bo‘lib o‘ris bo‘lmadik. ?olaversa, masho-yixlar bejiz aytishmaganda, bola otadan dahsari...deb. Endi bular ham bir avloddan-avlodlarga o‘tib ke-layotgan rivoyatlardir, qizim. ?anchasi chin, qanchasi yolg‘on, bir Xudoga ayon.
Qadim ajdodlarimiz bizlarga, hozirgining odamlariga o‘xshab, hasha-matli uy-joylarga ruju qo‘yishmagan ekan. O’zi besh kunlik dunyo bo‘lsa, chin uy-chin dunyoda, deya g‘orlarda, yerto‘la, kapa, o‘tov va chaylalarda yashayverishgan. Yetti yuz ellik yillar muqaddam, o‘n ikkinchi asrning yetmishinchi yillarida Xo‘ja Bog‘bon avliyo otamiz (asl ismlari Ibn Muhammad al-Vosit bo‘lgan ekanlar. Fikh (islomiy ilm-ma’rifat) tarqatish uchun shu yerlarga kelib qolgan ekanlar. Aslida Islom-jihod degani emas. "Jihod" degani ham bir xil qo‘poruvchilar talqin qilayotganidek, terrorchilik, bosqinchilik degani ham emas. Aksincha, islom-tom ma’nodagi ma’rifatdir. Shu yerda yana bir izoh: bu to‘g‘rida Alisher Navoiyning ("Nasoyim ul-muhabbat") kitobidan yetti yuz avliyoning ismi sharifi keltirilgan ekan. Kitobdagi oltinchi o‘rinda: ibn Muhammad al-Vosi’ (roziyaollohu taolo) avliyo keltirilib, "...O’z zamonasining benaziri erdi va tobinidin ko‘pga xizmat qilibdur va suhbatig‘a yetibdur va ko‘p moshoyihlar bila suhbat tutibdur... Bu dunyoda zohid bo‘l va hech kishidin tama’ qilma, to barcha xalq senga muhtoj bo‘lg‘aylar..." degan fikrlar bilan boshla-nadigan jumlalar bor. Endi o‘sha fikrlar aynan shu Xo‘ja Bog‘bon avliyo ota haqidami yo boshqasimi aniq bilmadim.
Otamning o‘zi hayot bo‘lganda boshqa gap edi...Xullasi, avliyo bobomiz shu joylarga kelibdi. Har doim, to dunyo yaralibdiku, yaxshilik bilan yomonlik kurashib kelgan. Shu g‘orga yetganda orqasidan uni o‘ldirish uchun quvib kelayotgan johil yovlar juda yaqinlashib qolibdi. Avliyo ota shu g‘orga kiribdida, Yaratgandan najot so‘rab, iltijolar qilibdi. Shunda g‘or og‘zida, xuddi mana shu yerlarida bo‘lsa kerakdir, qalin o‘rgimchak to‘ri hosil bo‘libdi. To‘r ichkarisida esa bir musicha-kabutar paydo bo‘libdi. Haligi yovlar yetib kelib qa-rashsa, g‘or og‘zida qalin o‘rgimchak to‘ri, to‘r orqasida esa bir musicha qo‘nishibgina turganmish. Ular, agar shu yerga kirib ketganda, bu o‘rgimchak to‘ri albatta buzilib ketgan va musicha ham uchib ketgan bo‘lardi, deya o‘ylashib, orqa-lariga qaytib ketgan ekanlar. ?arang, Xudo deganning yo‘lini Xudoning o‘zi o‘nglab, ko‘ziga shu to‘siqlarni ko‘rsatib qo‘yganini qarangda.
Avliyo otamiz qirq ikki yoshlarida uzlatga chekinibdilar. Uzoq toat-ibodatdan so‘ng, bir kuni jam’i aziz-anbiyolarini huzuriga chorlab, suhbati arjumand qilmoqchi bo‘libdi. Mashoyixlar, avliyo-anbiyolar ruhi ko‘pi bilan ikki soniyaga qolmay yetib kelishibdi.
-Yo, Olloh!-debdi avliyo otamiz.-Endi bu aziz mehmonlarni qanday ziyofat qilurmen?..
Shunda g‘oyibdan ilohiy payg‘om bo‘libdi:
-Girdo-girdingga mevali daraxtlarning quruq cho‘plaridan suqib qo‘y!
Cho‘plarni yerga ekkan zahotiyoq, ular xil-xil pishib turgan mevali daraxtlarga aylanaveribdi. Chor tarafda, "qirmiz gul"lar-binafshalar ochilib, ravochlar, tatranlar bosh ko‘taribdi. ?oratoshni yorib tosh lolalar chiqibdi. Mana qarang, tosh lolaning bo‘yi juda past. ?ir-bo‘z lolalar esa tizza bo‘yi keladi. Hech e’tibor qilganmisiz, boshqa joylarda bunday binafshazor uchramaydi, yakkam-dukkam holda uchrashi mumkin. Keyin ?oratosh buloq sizib chiqibdi. Suvining tiniqligini qarang, ichidagi toshlarining ranggi ham aniq ko‘rinadi-ya. Yilning to‘rt faslida ham birday: iliqqina.
Mehmonlar mezbon haqqiga duolar qilishibdi. Bul ma’volar, behishtdan nur yog‘ilgan, nur oqqan ("Nurak") joylar ekan. Siz esa asl piri bog‘bon ekansiz. Emdi shu voqe’an Six Xo‘ja Bog‘bon avliyo ota bo‘ldingiz, deya fatvo berishibdi.
-Mana bu tut daraxtlarining aylanasi to‘rt metrlar keladi,-Maxsum bobo tanasi yer bag‘irlab ketgan, ulkan dinazavrday haybatli daraxtlarga ishora qiladi.-Toshkentdan kelgan Sharipov degan olim bu daraxtlar yetti yuz-etti yuz ellik yillar atrofida bo‘lishi kerak, haqiqiy yoshini daraxt xujayralaridan aniqlaydi, deya olib ketgandi. Ziyoratgoh shu paytgacha viloyat "?o‘shchinor" jome’ masjidiga qarash-li edi. Yaqinda viloyat tarixiy va madaniy yodgorliklarni asrash va qo‘riqlash inspektsiyasi rahbarlari kelishib, daraxtlar ham, g‘or ham, buloq ham shunchaki oddiy emas. Ular tarixiy yodgorliklarimiz, muhofaza qilinishi kerak, deya maxsus ro‘yxatga olib ketishdi.
Qadimiy (balkim o‘sha cho‘plardan ko‘-kargan ilohiy) daraxtlarni aylanamiz. Ajabo, daraxtlar tanasi kovaklarida qozonday-qozonday toshlarni og‘ushlab turibdi. Bunday katta toshlar daraxt kovagiga qanday kirib qolgan deng-da. Yo zarra holidan boshlab, daraxt bag‘rida ulg‘ayib kelayotganmikin?..
Bu "?ozoq mozor", tepalikning orqasidagi esa "Mo‘g‘ul mozor". Chingiz-mo‘g‘ul urushi davrlarida ko‘milgan ekan. Xayollaring o‘z-o‘zidan yana moziyga og‘adi: "...Jang chog‘ingda homilador ayolni to‘lg‘oq dardi tutti. Bir daraxtning (qabug‘) kovagiga kirib, ko‘zi yoridi. Tug‘ilgan bolaga ?ibchoq (kovakda tug‘ilgan) ?ipchoqxon deya nom berdilar".
Daraxt tanasiga ilinibgina turgan ko‘xna qobiqchani avaylabgina olaman:
Endi kim aytadi, "Mo‘g‘ul mozor",
Bizga kim javob qiladi, Daraxtjon?..
Umr bir martalik, dunyochi bozor.
Nechuk yuraklarda limmo-lim ozor...
"Qoratosh"- "qora" turkcha "ulug‘vor", "haybatli" degani, yana bir ma’nosi esa "belgi", "o‘lchov" alomatlarini bildi-rarkan. Kun shu toshga kelganda tiyra-mox shamoli esadi, bori nabotot o‘sishdan to‘xtab, "?ora sovuqlar" kezadi.
Bu ko‘hna, naqshli ustunni esa kim, qachon qurganini bilmaymiz. ?achondir, kimdir bu arabiy raqamlarni o‘yib yozgan. Endi bu raqamlarni me’mor yozganmi, yo o‘tkinchi bir ziyoratchimi, unisiyam noma’lum. ?arang/, tarixni, arxeologiyani o‘rganaman deganga qancha mavzu bor. Avvallari-ku, erkimiz, izmimiz o‘zimizda emasdi. mana elga Hurriyat bo‘ldi. Endi bu yog‘i faqat o‘zimizga bog‘liq. Marhamat, yoz, yorit, elga ko‘rsat, nomzod bo‘lasanmi, professor bo‘lasanmi, bo‘l, haloling bo‘lsin, to‘g‘rimi, qizim?
-To‘g‘ri, to‘g‘ri!
-Ho‘-o‘, "Momokovakni" ko‘rayapsizmi?-tog‘ning tik yonbag‘ridagi ayvonli g‘or. Ana qarang, ichida bir kampir urchuq yigirib o‘tiribdi-ya!
Emishki, "Nurak-?oratosh"ga yov bostirib kelganida qishloq chetida bir kampir yolg‘izgina o‘g‘li bilan yasharkan. Inson "Hur tug‘ilg‘on" (Cho‘lpon iborasi) emasmi, o‘z yurtida, yog‘iy yo‘l-yo‘rig‘iga, yo‘lboshchisiga bosh egib yashamoqlikni hayf bilib, momo ?oratoshga yolvoribdi:
Yoriltosh-a, yoriltosh...
Men bag‘ringga kirayin.
Yovga yor bo‘p yurguncha,
Mayli tosh bo‘p qolayin...
Tog‘ bardosh berolmabdi. Negaki, Yaratganning o‘zi insonning jisminigina emas, his-tuyg‘ularini ham aziz-u mukarram qilgandir. Tosh yorilib, g‘or-ayvoncha paydo bo‘libdi. Kampir g‘orning ayvonida turib, yovqur o‘g‘lini kutib, elga omonlik, hurriyat tilab, urchuq yigirib o‘tiraveribdi, o‘tiraveribdi... va axiyri shu alfozda toshga aylanib qolibdi...
G’or-ayvonga, Toshmomoga termulguncha turib qoldim... Rahmatli enam xuddi shunday, shu taxlitda urchuq yigirib o‘tirgich edi-ya...
Birdan hozir ham xuddi enam o‘tirganday bo‘ldi; Urchuqni bir yon qo‘yib, men tomon asta jilganday bo‘ldi; Tosh kaftlarga harorat quyilib, boshim silaganday bo‘ldi; "Doim yaxshi yurgin, bolam", deya tilov tilaganday bo‘ldi...
O’!.. enam-a, enam...
Dimog‘im achitgan qoraqummidir, Tosh,
Yo "Qoba qavs ayn"gacha bir zummidir, Tosh?...
Ko‘kayim ming pora Tosh,
Dunyo buncha tor-a, Tosh?..
Qoratosh!.. Qoratosh!..

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.