OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Ahmad. Azroil o‘tgan yo‘llarda (hikoya)

Sobiq sho‘ro tergovchilari qo‘lida azob chekkan yurtdoshlarimga bag‘ishlayman


ZO’R kurash ko‘ramiz, deb kelganlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Birinchi davradayoq kurash alanga olmay, cho‘g‘ligicha qoldi.
Ikki polvon yarim soatdan beri hadis olib, tomoshabinlarni zeriktirib yubordi. Davrada o‘tirganlarning toqati toq bo‘ldi.
— Ajrim qivoringlar, kurash ko‘rgani kelganmiz!
— Jalol polvon chiqmasa kurash qizimaydi. Jalol chiqsin!
Jalol polvon yetmish yoshlarga borgan, ellik yildan beri kurash tushadi, shu paytgacha kuragi yer ko‘rmagan polvon.
Ishqivozlar uni behudaga kurashga chaqirishayotgan edilar. U davraga chiqqani bilan talabgor bo‘lmagani uchun qayta joyiga borib o‘tiredi. Kurashaman, deb kelganlarning ko‘pchiligi undan yengilgan, hammasining alami ichida edi.
Ishqivozlar talab qilaverganlaridan keyin bakovul uni davraga sudrab chikdi. Qo‘lidan ushlab o‘rtada aylantirib yurdi.
— Mamlakatimizning mutlaq chempioni, yuzlab yosh chempionlarning ustozi Jalol polvonga talabgor bormi? — dedi u davraga murojaat qilib.
Hech kim chiqmadi. U bilan bir bellashsam armonim yo‘q, deb kelgan o‘spirin polvonlar odob saqlab jim o‘tirishardi.
Orqa qatorda o‘tirgan yigirma besh yoshlar chamasi bir yigit o‘rnidan turdi.
— Men bellashaman!
Hamma unga qaradi. U tanasi xuddi cho‘yandan quyilgandek, miqti bir yigit edi. Yelkalari keng, bilaklaridan mushaklari bo‘rtib chiqib turgan, ochiq kaftiga bitta odam bemalol o‘tirsa yana ikki barmog‘i ortib qoladigan bo‘z yigit edi. Davrada kimdir hazil qildi:
— Voy-bo‘, badaniga mix qoqsang qayilib ketadi-ku!
Kimdir, Jalol uni ikki yamlab, bir yutib yuboradi, deb yubordi.
Jalol polvon, pisand qilmagandek, miyig‘ida kulib turardi. Uning jilmayishi yosh polvonning nafsoniyatiga tegdi.
— Qo‘y, bolam, men go‘daklar bilan kurashmayman. O’z tenging bilan bellash, - dedi unga nasihat qilgandek.
— Yo‘q, faqat siz bilan kurashaman. Bilib qo‘ying, yengaman! Kuragingizni yerga ishqayman!
— Katta ketma, bola! Mening kuragim faqat o‘lganimda — go‘rda yotganimda yerga tegadi.
«Mayli, mayli, bellashsin, bolaning sazasi o‘lmasin, xo‘p deng, iolvon buva!» degan ovozlar chikdi.
Bakovul ikki tomonning roziligini olib: «Bo‘stonliqlik Jalol polvon Yozyovonlik Ermat polvon bilan bellashishga rozi bo‘ldi!» deb e’lon qildi.
Jalol polvon yerga o‘tirib etigini yecharkan, qilayotgan ishi o‘ziga kor qilib, endi kuning shu mishiqi go‘dakka qoldimi Jalol, shu norasida bolani yengib, nima obro‘ topasan, derdi ichida.
Ermat polvon esa uni pisand qilmay, yengaman, degandek mag‘rur turardi. Uning 6u «surbetlarcha» turishi Jalol polvonning g‘ashini keltirdi. Endi o‘zingdan ko‘r, bola, deb o‘rnidan turdi.
Bakovul ularning belbog‘larini boshqatdan boylab, omin, deb fotiha berdi.
Jalol polvon beparvo edi. Kani, bir urinib ko‘rsin, deb ko‘yib berdi. Ermat uning belbog‘i orqasiga qo‘lini suqib, bilagiga uch marta o‘radi. Jalol polvon xotirjam edi. Ermat: «Yo egam, o‘zingdan madad!» dedi uni bir siltab ko‘tarib, oyog‘ini yerdan uzdi. Yana bir marta silkinganida ko‘kragigacha chiqardi, turgan yerida ikki aylanib chap yonboshiga otdi. U bolalar choynak qopqog‘ini burab qo‘yib yuborgandek chir aylanib, yana qimirlamay turib qoldi.
— Endi, bas, xumordan chikdingmi, — dedi u raqibining qulog‘iga. — Endi navbat menga! — u shunday deb
Ermatni bir siltab ko‘tardiyu yerga otdi. U yerga chalqancha tushdi. Jalol polvon tik turgancha engashib uning nkki yelkasidan bosdi. Ermat tipirchiladi. Raqibining chayir qo‘llari hamon uning yelkasini yerga qapitptirib turardi. Shunda... Shunda Jalol polvon raqibinipg o‘t chaqnagan ko‘zida go‘daklar yig‘laganda oqadigan shaffof, bokira yoshlarini ko‘rib, seskanib ketdi. Uning yelkasidan qo‘lini olib, ajib bir mehribonlik bilan qo‘lidan tortib turg‘azmoqchi bo‘ldi. Ammo Ermat uning qo‘lini siltab tashladi.
Ermat o‘kirib-o‘kirib yig‘ladi. Bu yig‘i Jalol polvonning yurak-bag‘rini o‘rtab yubordi. Bolam, yig‘lama, ko‘z yoshingni yut, birov ko‘rmasin, dedi uning qulog‘iga shivirlab, Ermat shu zahoti yaktagining yengini ko‘ziga surtdi. Uvol, uvol, derdi Jalol polvon. Mana shu bola mening o‘rnimga qoladi. Uyat ish qilib qo‘ydim. Bolaning shoxini sindirdim. Attang, attang... Jalol polvon gulduros qarsak tovushlari ostida davradan chiqib ketdi. Etagini tutib pul yig‘madi. Yong‘oqzor oralab uyi tomon ketdi. Yo‘l-yo‘lakay, bu yengganimmi, deb o‘zidan o‘zi so‘rab borardi. Yengilganim, yengilganim! Mayda 6olalar bilan bel olishadigan bachkana polvon bo‘lib qoldingmi, Jalol, derdi boshini sarak-sarak qilib.
Ertaga javob bellashuvi bo‘ladi. Nima qilay? Bellashmasam, polvonlik sha’nim tuproqqa qorishadi. Bellashsam-u, atayin yiqilib bersam, unda nima bo‘ladi? Polvonlik g‘ururimni qayoqqa yashiraman...
Shunday xayollar bilan kstar ekan, yaqin orada ayol kishining qiqirlab kulgani eshitildi. Alanglab qaradi. Uch tegirmon suv oqadigan soy bo‘yidagi xarsang ustida o‘g‘li Qo‘chqorvoy Nurim sartaroshning kelini Odinani bag‘riga bosib o‘pyapti. Odina qiyshanglab kular, Qo‘chqorning yuziga beozor shapatilardi. Soyning shovullashidan ular oyoq tovushini eshitmasdi. O’z ishlari bilap mashg‘ul edilar. Qo‘chqor Odinani tizzasiga o‘tqazib olib, yuz-ko‘zlaridan, lablaridan tinmay o‘pardi.
Jalol polvon nima qilishini bilmay serrayib turib qoldi. Qo‘chqorning yerga tushgan do‘ppisini olayotgan Odina sapchib o‘rnidan turib ketdi.
— Voy, men o‘lay... dadangiz! Sharmanda bo‘ldik! — dediyu tugmalari qadalmagan harir koftasini ochiq qolgan oppoq ko‘kragiga bosganicha qochdi.
Qo‘chqor nima qilishini bilmay dadasiga qarab turgach:
— Yigitchilik — itchilik ekan-da, dada, — dedi. —Bu ahmoq, erimni turmadan chiqarmasang, o‘zimni suvga tashlayman, deb...
— Durust, durust... Bir odamgarchilik qipsan-da, barakalla! Agar kuchoqlab turmaganingda, bag‘ringga bosib, tomog‘ining tagidan o‘pmaganingda, albatta, o‘zini suvga otardi. Menga qara, ko‘ppak, xotiningni oldiga shu alpozda borma! Yuzingni artib ol, hammayog‘ing qip-qizil lab bo‘yog‘i bo‘lib ketibdi.
Jalol polvon g‘udrana-g‘udrana nari ketdi.
Polvon o‘g‘lining shu juvonga aylanishib kolganini bilardi. Odinaning eri qamalmasdan burunoq boshlangan edi bu savdo.
Nurim sartaroshning o‘g‘li Sobit zo‘r Odinani Chustning Olmosidan opqochib kelgandi. Husni bir dunyo, yuzi sutga chayqab olingandek, ko‘zlari-ku... Bu dunyoda unaqa ko‘z bo‘lmasa kerak. Mashhur rassom Chingiz Ahmarov uni Nanayda ko‘rib qolganda, bu juvonning ko‘zlarida lazer nuri bor, qaragan joyiga o‘t qo‘yadi, degan edi. Qo‘chqor ohudek hurkagich shu dilbarga elakishib qoldi. Necha marta uchrashuvga chaqirdi, kelmadi. Eridan ko‘rkdi. Eri uni haddan tashqari rashk qilardi.
Sobit zo‘r qishloqda tizginsizligi bilan mashhur edi. Ko‘ngliga kelgan har qanday ishni tap tortmay qilib ketaverardi. Ba’zan u ikki-uch oylab yo‘q bo‘lib ketar, poezdlarda lo‘lilarga qo‘shilib qimor o‘ynar, yo‘lovchilarni karta o‘yiniga tortib, cho‘ntaklarini qoqlar edi. U yo‘q paytlarida qishloq tinchib qolardi. Odamlar Sobit yo‘g‘ida qishloq dam oladi, deyishardi. Ba’zan u bor bud-shudini yutqazib, uyiga qorong‘i tushganda maykachan qaytib kelardi. Besh-o‘n kun uyida «mo‘min-qobil» bo‘lib yurardi-da, yana sigirmi, buzoqnimi o‘g‘irlab, lo‘lilar to‘dasiga qarab ketardi. Omadi kelgan paytlarda bir xalta pul bilan qaytar, sigir-buzoq egalarini saxiylik bilan rozi qilib, o‘z ko‘nglida gunohlardan forig‘ bo‘lardi.
Sobit zo‘r Odinani Olmosdan opqochib kelgandan keyin nomi o‘ziga yarashmay qoldi. Xuddi onasi boshqatdan tuqqandek yaxshi bola bo‘ldi-qo‘ydi. Qo‘ni-qo‘shnilar Sobitga xudo insof berdi, deb sevinishdi.
Sobit otasiga qo‘shilib to‘y-ma’rakalarga boradi. Nurim sartarosh ichkariga — kariyalar oldiga kirib ketganda Sobit tashqarida qolib, samovarchiga qarashar, keldi-ketdiga choy tashir, oshpazga o‘tin yorib berardi. Uning
bir chiroyli qobil bola bo‘lganidan sevingan hamqishloqlar, «Qarang-a, xudo insof beraman, desa hech gap emas ekan», deyishardi.
Sobit Odinani yer-ko‘kka ishonmasdi. Odina esa bu erkalashlardan taltayib ketgan edi. Ro‘zg‘or ishlariga qo‘l urmasdi. Hatto yechib tashlagan kiyimlarini qaynonasining oldiga tashlardi. Ovqatni yeb, idish-tovoqni yig‘ishtirmay indamay turib ketaverardi. Qaynonasi javrab-javrab kir yuvar, javrab-javrab hovli supurar edi. Ba’zan u eriga nolib qolardi:
— Nega indamaysiz, boshimizga chiqib oldi-ku, qaynotamisiz, nimasiz? Men kimman? Qaynonamanmi, kelinmanmi? Mundoq nasihat qilib ko‘ysangiz bo‘lmaydimi?
Nurim sartarosh bosiqlik bilan javob qilardi:
— Qo‘y, xotin, ko‘pam zorlanma. O’g‘ling shunga andarmon bo‘lib, qimorboz do‘stlaridan kechdi. Yomon qiliqlarini tashladi. Shu kelin, deb yurtga qo‘shilib qoldi. Ikki marta juma nomoziga xam olib bordim. Keliningdan nolima, unga rahmat de. O’g‘ling hozir misoli majnun.
Sobit har kuni kechkurun jomda issiq suv opkirib xotinining oyog‘ini yuvib, oppoq sochiqqa artar, tirsillab turgan boldirlariga shapalatib urib qo‘yardi. Keyin uni dast ko‘tarib to‘shakka yotqizardi. Odina 6u xizmatlarga mukofot sifatida uzuk taqilgan barmoqlarini uping peshonasiga tegizib o‘pib qo‘yardi.
Sobit hali tong yorishmay yelkasiga miltik tashlab toqqa chikib ketardi. Tun salkinida qanotlari karaxt bo‘lib qolgan besh-to‘rtta kaklik urib kelardi. Xotini uyqudan turguncha kakliklarning patlarini yulib, tozalab, tuzlab ko‘yardi. Odina hovliga chiqqanda shamol uchirib yurgan patlarni ko‘rib burnini jiyirardi. «Shu kaklik o‘lgir ham jonimga tegib ketdi-da», deb nolirdi.
Sobitga otasi, bolam, o‘rtoqlaring hasharga aytsa, kolmagin. Endi sen yurt ichiga kirib qolding. Keksalar oldidan salomsiz o‘tmagin, o‘tirgan bo‘lsang, o‘rningdan turib salom bergin, deb nasihat qilardi. Onasi bo‘lsa uning ko‘ylaklarini juhud domlaga oborib dam soldirardi. O’ yozib bergan allaqanday qog‘ozlarni choyga ivitib ichirardi.
Kunlarning birida eshik taqillab qoldi. Sobit eshikni ochsa, ostonada mashhur rassom Chingiz Axmarov turipti.
— Keling, mulla aka, — dedi Sobit unga xayron qarab.
— Kelinning suvratini ishlashga ruxsat bersangiz. Parij ko‘rgazmasiga yuboraman.
Sobitning bundan besh oy oldingi qoni ko‘pirdi. Panjalari mushtga aylandi.
— Qani, yaxshilikcha jo‘nab qoling, bo‘lmasa bir korhol bo‘ladi. Meni kim deb o‘yladingiz, xotinini tomoshaga qo‘yadigan hezimkashlardan deb o‘yladingizmi?
Ahmarov bir so‘z aytmay orqasiga qaytdi. U shunaqa javob bo‘lishini avvaldan bilardi. Zora unga xudo inof berib rog bo‘lsa, deb o‘ylagandi.
Lekin 6u beqiyos iste’dodli rassomda bir-ikki marta ko‘rgan odam qiyofasini yoddan chiza olish qobiliyati bor edi. Baribir ishlayman, deya diliga tugib qo‘ydi.
Qo‘chqor Odinaga yetishish uchun bor xunarini ishga soldi. Sobitni xo‘kiz o‘g‘irladi, deb qamadi. Tergov paytida mototsikl xam o‘g‘irlagansan, deb soxta guvohga ro‘para qildi. O’zi uning tomiga tashlab qo‘ygan bir xalta ko‘knorini ham «delo»ga yopishtirdi. Sobit sakkiz yilni bo‘yniga olib ketdiyu, xotini militsiya tergovchisi — kapitan Qo‘chqor Jalolovga krldi. Xoxlagan paytida uchranshb, aysh-ishrat qilishga imkon yaratildi. Bir kun Odina unga erkalanib, o‘lsin, to‘nka erimdan aynigan tuxumning hidi kelardi, deb kuldi.
Yaqinda, bir haftacha bo‘ldi, Sobit turma qorovulini o‘ldirib qochgan emish, degan gap tarqaldi.
Bu gapni eshitgan Nurim sartarosh bolasidan umidini uzib qo‘ydi. Endi uni eplab bo‘lmaydi. Bu bola qon to‘kib qo‘ydi. Uning ichidagi ajdar uyg‘onib ketdi. Endi u duch kelganga o‘t purkaydi, duch kelganni g‘ajib tashlaydi, deb afsus-nadomatlar chekdi.
Shu tobda ko‘zi oldida bo‘lib o‘tgan hodisa Jalol polvonga negadir ta’sir qilmadi. Uning xayoli ertaga bo‘ladigan kurash bilan band edi. Nima qilsin, bellashmasa, Jalol polvon qochdi, deyishadi. Bellashsa, bir navqiron yigitning dili vayron bo‘ladi. Ermat yengilsa kurashga qo‘l siltab, ikkinchi marta davraga chiqmaydigan bo‘lib ketadi. Agar unga yiqilib bersa, ellik yil yelkasi yer iskamay kelgan, shu oxirgi kurashdan keyin polvonlikni tashlab, umrining qolganini toat-ibodat bilan o‘tkazaman, deb ahd qilib qo‘ygan. Kurash — boshqalarga tomosha. Polvon uchun esa g‘urur, nafsoniyat, ayniqsa, oxirgi jangdan to‘nining changini qoqib, davradan bosh egib chiqib ketish Jalol polvonga o‘lim bilan barobar edi.
U shunday deb o‘yladiyu darrov fikridan kaytdi. «Jalol, shunaqa past odammisan? Bir oyog‘ing go‘rda turibdi-yu, shon-shavkatni o‘ylaysan-a! Uyat, uyat!»
U biri-birini inkor qiladigan xayollar girdobida to‘lg‘anib-to‘lg‘anib uyquga ketdi.
...Bugungi kurashga kechagidan ikki barobar ko‘p odam kelgan. Uch avtobusda shahardan ishqibozlar, yengil mashinalarda tumanlardan polvonlar kelishgan. Kechagi kurash televizor orqali ko‘rsatilgan edi. Javob bellashuv qandoq bo‘lar ekan, deb kelganlar son-sanoqsiz.
Kabobpazlaru morojniychilarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi.
Jalol polvon bugungi bellashuvga xushlamayroq keldi. O’ziga qolsa, men yengildim, deb qaytib ketishga xam rozi edi. Uni 6u yerga faqat oriyat olib kelgandi.
Sakkiz bellashuvdan keyin Jalol polvon bilan Ermat polvonga gal keldi.
Ermat polvonning qovog‘i soliq. Undan kechagi mag‘lubiyatning zahri ketmagandi. U raqibiga tilar-tilamas, xatto, betiga qaramay qo‘l berdi. Uning avzoyi buzuq. Agar bugun Jalol polvonni tuproqqa qorishtirmasam, falon-piston bo‘lay, deb do‘stlarining davrasida og‘ziga yomon so‘z olib ko‘ygan. Polvon xalqi jazavaga tushganda bergan va’dasini unutadigan qavmdan bo‘ladi. Kechasi bilan Jalol polvon o‘ylab-o‘ylab, Ermatga yiqilib beray, endi zo‘r kelib qayoqqa borardim, shu yosh nolvonga bugungi g‘alabasi qanot bo‘lsin, deb niyat qilgandi. Bellashuv paytida niyatidan g‘ururi g‘olib keldi. Bu o‘jar, o‘ziga ortiqcha bino qo‘ygan polvonchaning ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ermat ham astoydil edi. Unga aslo belini bermasdi. Jalol polvon uni o‘ziga torganda, bir kuchanib qo‘lini chiqarib yuborardi. U ellik yil kurashib hali bunaqa beli baquvvat polvonni ko‘rmagan edi. Ko‘pdan sinalgan usulini qo‘llamoqchi bo‘ldi. Raqibini bag‘riga qapishtirib ko‘targanda har qanday polvon ham tob berolmasdi. Buning uchun avval Ermatni bag‘riga tortishi kerak. Ammo Ermat sira belini bermasdi. Hamla bilan bir-ikki marta uni ko‘ksiga qapishtirdi xam. Ammo Ermat bir kuchanganda Jalol polvonning baquvvat qo‘llari uzilgan zanjirdek belbog‘dan chiqib ketardi. Jalol polvon payt poylab uni bag‘riga bosdi. «Yo tangrim!» deb oyog‘ini yerdan uzdi. Hamma jim. «Jalol yutdi, Jalol hozir uni yerga qapishtiradi», degan ovozlar eshitildi. U raqibini endi yonboshga otmokchi bo‘lib turganda yong‘okzordan ketma-ket ikki marta o‘k tovushi eshitilib koldi. Hamma yong‘oqzor tomoiga qaradi. Otilgan o‘k go‘yo Jalol polvonning qon tomiriga, baquvvat paylariga tekkandek bo‘ldi. Bir dam qoni aylanishdan to‘xtagandek, paylari dutorning tarang iplariga suv sepilgandek bo‘shadi-qoldi.
— Ur, ur, bolam! — dedi Jalol polvon ingrab. —Shu topda yerga otmasang, keyin meni yengolmaysan!
Ermat nima bo‘layotganini tushunmasdi.
— Ur, shoshib turibman! Zudlik bilan ketishim kerak, ur!
Ermat uni dast ko‘tarib o‘ng yonboshga otdi. Jalol polvon ikki qulochini yozgancha yerda yotar ekan: «Yengding, yengding, 6ola!>> dedi.
Ermat uni qo‘lidan ushlab turg‘izib qo‘ydi. Jalol polvon etigini xam kiymay yong‘oqzor tomonga o‘kdek uchib ketdi.
Davrada shivir-shivir gap aylanib qoldi: «Yong‘oqzorda Sobit zo‘r Qo‘chqor bilan Odinani otib ketibdi...»
Ikki marta o‘q otilgandayok Jalol polvonning yuragi mudxish voqea yuz berganini sezgandi.
Sakkiz yil musichadek bir-birining patini yalab yashagan, eri ishdan kechiksa ostonada intizorlik bilan kutadigan, kelishi bilan bo‘yniga osiladigan xotinining bir daqiqada eridan ko‘ngli qolishi mumkinmi?
Uyga olib kelishganda Qo‘chqorning tanasi hali sovumagandi. Bilagidagi soati yurib turipti, millari beparvo aylanyapti. Undan dam o‘tmay qandaydir sho‘x kuy taraladi. Xotini Gulandom faryod urib unga o‘zini otdi. Otdiyu bir daqiqa o‘tmay nafrat bilan sapchib o‘rnidan turib ketdi. Murdadan frantsuz atirining xidi kelardi. Uning yuzlarida, bo‘yinlarida, ko‘kraklarida lab bo‘yog‘ining qip-qizil izlari aniq ko‘rinib turardi.
Shu topda o‘lgan Qo‘chqor emas, Gulandom edi. Orzulari, ko‘ksida yongan olovdek muxabbat, erkalanishlari bir zumda jon berdi-ko‘ydi.
Marhumning yigirmasi o‘tguncha xam Gulandomning ko‘zida hech kim yosh ko‘rmadi. Go‘yo u erining emas, begonaning ma’rakasida yurgandek edi. Qulog‘idan ziragini, bo‘ynidan shoda-shoda marvaridlarini, barmoqlarida chaqnagan uzuklarini olib qo‘ymadi. U azador uy sohibasi emas, to‘y egasidek edi.
Gulandomning boradigan joyi yo‘k edi. To‘yda kelin tomondan bironta tirik jon kelmagandi.
Polvon o‘g‘il uylasam, qudalarim bilan bordi-keldi qilsam, deb orzu qilardi. Afsus, unday bo‘lmadi.
Ko‘chqor Ohangaron tomonlarda militsiya tergovchisi bo‘lib ishlardi. Bir to‘yda Gulandomga ko‘zi tushadiyu xalovatini yo‘qotadi. Yotsa ham, tursa ham ko‘zidan Gulandom ketmaydi. Necha marta yo‘lini to‘sib, gapga solmoqchi bo‘ladi. Ammo qiz yovvoyi kaptardek unga tutqich bermas, oshiq yigitning yolvorishlarini elamas edi. Oxiri Qo‘chqor ko‘pdan sinalgan usulini qo‘llaydi. Gulandomning ukasini, mototsiklda odam urib ketgan, deb qamab qo‘yadi. Gulandom bosh egib, Qo‘chqorning oldiga borishga majbur bo‘ladi. U qiladi. bu qiladi, qizning u yog‘idan o‘tadi, bu yog‘idan o‘tadi, aldaydi, avraydi. Falon vaqt falon joyga kel, ukangni ko‘rsataman, deydi. Shunday uchrashuvlardan keyin Gulandomda Ko‘chqorga moyillik sezila boshlaydi. Qiz tegadigan bo‘ladi, Qo‘chqor uylanadigan bo‘ladi. Qo‘chqordan qiznikiga sovchi keladi. Ota unamaydi. Jallodga beradigan qizim yo‘q, deb uzil-kesil javob qiladi.
Gulandomning onasi eriga yotig‘i bilan tushuntirmoqchi bo‘ladi.
— Rozi bo‘ling, dadasi, bo‘lmasa, sharmandamiz chiqadi. Iigit o‘lgir qizimizni boshqa erga tegolmaydigan qilib qo‘ygan.
Xotinining gapi og‘zida qoladi. Ota sapchib o‘rnidan turib, ichkari uydan Gulandomning sochidan sudrab chiqadi. Ko‘cha eshigidan itarib chiqaradi.
— Ikkinchi bu uyda qorangni ko‘rmay! Oq qildim, - deydi...
Gulandom kechalari ayvon dahaniga o‘tirib, shum taqdirini qarg‘ardi. Begona xotin qo‘ynidan chiqib kelgan nahs er bilan yotganiga o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi. Shunday paytlarda bu pushti kuygan, zurriyotsiz erining go‘riga o‘tlar qo‘yib yuborgisi kelardi.
Jalol polvonning buyragiga birdan og‘riq kirdi. Chidab bo‘lmas bu og‘riqqa Jalol polvon tishini-tishiga Qo‘yib chidab berdi. Uch kun ma’rakaga kim keldi, kim ketdi, bilmasdi. O’zi bilan o‘zi ovora edi. Oxiri u belini ko‘tarolmay bukchayib qoldi. Doktorlar og‘riqni bosadigan ukol qilishdi, baribir sal fursatdan keyin yana og‘riq boshlanaverdi.
— Bu uzoq davom etadigan dard, — deyishdi vrachlar. — Agar tezroq tuzalaman desangiz, Buxoroga boring. Davosi o‘sha yerda. Buxoro sanatoriysidan shifo topasiz. Albatta boring, yigirma kunda tuzalib qaytasiz.
Og‘riq chidab bo‘lmas bir holga keldi. Polvon jiyanini chaqirtirdi.
— Jiyan, ahvolimni ko‘rib turibsan. Og‘riq zo‘rayib ketdi. Kelgunimcha bola-chaqang bilan shu uyga kelib tur. Hovlini shundoq tashlab ketaversam ham bo‘laverardi.O’g‘ri oladigan hech vaqo yo‘q. Bilasan-ku, mol-dunyoga hirs qo‘ymagan odamman. Ammo uyda birovning omonati bor. Jiyaningni o‘rtog‘i chet elga ishlagani ketgan. Manavi mashina bilan bitta chamadonni tashlab ketgan. Omonatga xiyonat bo‘lmasin, deb haligacha itdek qo‘riklab o‘tiribman. — U darvozasi ochiq turgan garajga qaradi. Ustiga brezent yopilgan «Volga»ning g‘ildiraklari ko‘rinib turardi. — Ehtiyot qil, bolalaring chizib-netib o‘tirmasin.
Qo‘chqorning hovlisi polvonning uyidan olti eshik narida. Toshkentning eng yaxshi ustalari qurgan. Tagi yerto‘lali sakkiz xona uy. Hammasiga cho‘g‘dek yonaman deb turgan gilamlar to‘shalgan. Shiftlarida billur qandillar. Javonlarda yapon, xitoy, nemis chinnilari. Hovli o‘rtasida favvorali to‘rtburchak hovuz. Polvon xonlarning saroyidek hovlini ko‘rganda, bolam, uch uylanding, xudo senga farzand bermadi. Bolang bo‘lmasa, chaqang bo‘lmasa, shuncha uyni nima qilasan, dedi. Er-xotinga ikkitagina xona bo‘lsa yetardi-ku, deganda Qo‘chqor gapga chap berib, ha endi, bu ham bir ishqibozchilik-da, degandi.
Ostonada eshik kesakisiga suyanib Gulandom turardi. U uzoqqa ketayotgan kaynotasi bilan xayrlashgani kelgan.
— Bolam, — dedi polvon unga, — azador xotinsan, bo‘yningdan, quloqlaringdan anavi yaltir-yultirlarni olib qo‘y. O’zbekchilikda ayb bo‘ladi. Do‘st bor, dushman bor, o‘zingni ehtiyot qil. Endi seni qo‘riqlaydigan ering yo‘q. Hayhotdek hovlida bir o‘zing qolyapsan. Qulog‘ingdagi zirak juda qimmatbaho buyum emish. Samovardagi choyxo‘rlar ermak qilib, polvonning kelini ikkita «Volga»ni qulog‘iga ilib yuribdi, deyishyapti. Uyda yolg‘iz yotma. Xayr endi, sog‘-omon bo‘linglar. Sizlarni Ollohga topshirdim. Men Buxoroyi sharifga ketdim.
Jalol polvon to‘nini yelkasiga tashlab, kafti bilan o‘mganini bosib, inqillab, safar anjomlari solingan xaltani arang ko‘targancha bukchayib chiqib ketdi.
Yetmish yil yashab biron marta dardga chalinmagan, faqat bolaligida qizamiq bo‘lgan, ko‘kyo‘tal bo‘lgan Jalol polvon umrimning qolganini ham ana shunday doktoru dori nimaligini bilmay o‘tkazaman, deb o‘ylagan edi. Bandasining aytgani bo‘lmas ekan. Dard ham, darmon ham xudoning irodasidan. Hech kasal bo‘lmagan odam dardni og‘ir ko‘taradi. Jalol polvon besh kun bosh ko‘tarmay, shiftga boqib, oh-voh qilib yotdi. Umrida yemagan ukollarni yedi. Ko‘ngli aynib-aynib, qo‘lansa dorilarni yutdi.
Mana, besh kun o‘tib, endi ko‘zini ochdi. Shunda qaerda yotganini bildi. Atrofiga qaradi. Palatada undan boshqa yana uch bemor bor edi. Ular yetmishga yetib-etmagan, ko‘p dard tortganliklari shundoqqina bilinib turgan kishilar edi. Birining iyagi asabdan ba’zi-ba’zida chap tomonga tortadigan, biri andak duduqlanadigan, biri oyog‘i nogiron odam edi.
Yursa yer silkinadigan, orkasi bitta stul o‘rindig‘iga sig‘maydigan Jalol polvon besh kunda bir burdagina bo‘lib koldi.
Tog‘u archozorlarning shaffof havosiga o‘rgangan bu odam dard bilan bo‘lib dori hidiga to‘lgan palataning bo‘g‘iq, qo‘lansa bo‘yini sezmagan ekan. Joni sal orom olib, endi sezyapti.
— Mehmon ako, bizde jido qo‘rqitib yubordingiz-ku! Xayriyat ko‘zdi ochdingiz. Xudo xohlasa krizis o‘tdi. Aparasiyaga ko‘nmang. Buyrak sabel nozik narsa. Tig‘ tegizib bo‘lmaydu.
Jalol polvon iyagi chap tomonga tortadigan bu odamning gaplaridan buxorolik ekanini bildi.
— Men kafel, ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz. Tomiringizga besh kundan beri gimodez degan dori tomizishadi. Bu dori qonni tozalaydi. Yo‘q demay bilagingizni tutib beravering. Bu yer kasalxona emas, sanatoriya. Sizni shahardagi katta kasalxonaga olib ketishmoqchi edi. Ahvolingiz og‘ir bo‘lgani uchun bezovta qilishmadi. Endi hammasi o‘tdi. Buyog‘iga o‘zimizdi qo‘li yengil do‘xtirlarimiz davolayveradilar.
Hamshira qiz Jalol polvonga dori ichirib, chiqib ketayotganda duduqlanadigan bemor uni to‘xtatdi:
— Sangcha bonu, mehmondi gulaysaga olib chiqsak maylimu?
— Oytimullodan so‘ray-chi, — deb chiqib ketdi hamshira. Jalol polvon: «Hamshiraning ismi qiziq ekan, bu Oytimullosi kim bo‘ldi ekan», — deb o‘yladi.
Bir ozdan keyin oq xalati o‘ziga yarashgan navbatchi vrach kirdi. U ellik yoshlarni qoralab qolgan, yuzida bitta ham ajini yo‘q, ko‘hlik ayol edi. O’ng chekkasida taroqqa so‘z bermagan zulfi qulfnusxa ziragiga ilinib turardi.
Oyog‘i nogiron bemor tilga kirdi:
— Qaerlarga yuribsiz, Oyti? Ishqingizga o‘llik-ku!
Oyti uning haziliga hazil bilan javob berdi:
— Boshqa palatalarga ham jazmanlarim ko‘p, akamullo!
— Ayoqim mundoqchikin bo‘lmaganda sizni o‘zim opqochib ketardim.
— Undoq bo‘lsa, oyog‘ingizni shu bugunoq tuzatib qo‘yganim bo‘lsin. — U shunday deb yonidagi hamshiraga yuzlandi. — Aravachani olib kelib otaxonni bir bog‘ aylantiring. Tog‘ havosiga o‘rgangan odam palatada juda qiynalib ketdi.
U bemorlarning qon tomirini o‘lchab, «Zo‘r, zo‘r, yurak emas, paravoz. Ovqatdan qismasak, quturib ketibsizlar»,— dedi.
— Undoq bo‘lsa bir kunga uyga javob bering, momoning quloqiga sekratniy gapim bor edi.
Oyti, yomonsiz, yomonsiz, rais bova, deya chiqib ketdi. Ayollar kirgan palata birdan yorishib ketgandek bo‘ldi. Ulardan quvonch va nur qoldi.
— Baraka topkur, zap fayzli ayol-da. Bemorning og‘rig‘ini ikki og‘iz so‘z bilan tuzatvoradi-ya!
Jalol polvon o‘zim yuraman, deyishiga qo‘yishmay, uch kishilashib uni aravachaga o‘tqazib, tashqariga olib chiqishdi.
Havo ochiq, g‘ir-g‘ir shabboda esib turipti. Qo‘lida stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani bulok tomonga ketishyapti.
Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak kasaliking tayyor davosi edi. Juda ko‘p odamlar buyrak og‘rig‘idan voy-voylab kelib, shu suvdan shifo topib, xandon-xushon uylariga qaytib ketganlar. Uchta chol polvon o‘tirgan aravachani navbatma-navbat itarib xiyobon aylanishar edi.
— Bu yerda ayollarning ismi qiziq ekan, — dedi Jalol polvon hayron bo‘lib. — Sangcha, Oyti... bu nima degani? — Qo‘ltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor tushuntira boshladi:
— Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi? Bale, bizning Buxor tiliga Sangcha degani Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari boshing togadan bo‘lsin, do‘xtarim, deb shunaqa ism qo‘yadilar. Oyti degani asli Oyto‘ta degani. Bu Oyxola degan ma’no beradi, o‘rislarning tyota degan so‘zi ham shundan olingan bo‘lishi kerak. Sizlar erkaklarni mulla aka deysizlar, biz akamullo deymiz, opamullo deymiz. Do‘xtir opaning ismi dakumentga boshqacha. Ya’ni Istat Fuzaylovna. Tushundingizmi?
Polvon, tushundim, degandek bosh irg‘ab qo‘ydi. Ular so‘limgina shiyponchaga chiqib chaq-chaqlashmoqchi bo‘lishdi.
— Mehmon, o‘zlarini qaerdan so‘raymiz? — dedi iyagi silkinadigan bemor.
— So‘ramang, — dedi polvon. — Yurtim juda uzoqda, tog‘lar orasida. O’zlaringdan so‘ray. Sizlarga nima bo‘lgan? Ko‘p dard tortganga o‘xshaysizlar.
— Ha, nimasini aytasiz, Guloyanning toshkentlik it-yalog‘i uraverib, hammamizni invalid qilib ketgan. Balki eshitgandirsiz u itni? Qo‘chqor Jalolov degan tergovchi, ha, onangni...
— Hoy, hoy, og‘zingga qarab gapir, «Oyti» kelyaptilar — Fuzaylovna o‘tib ketgandan keyin u so‘zini davom ettirdi: — O’sha padar la’nat ko‘p ishlar qilib ketdi. Butun bir shaharni boqsa yetadigan boylik olib ketdi o‘sha itning bolasi.
— So‘kinmay gapir, — dedi duduqlanadigan bemor arang gapirib.
— So‘kinaman, nega so‘kmas ekanman! U ablahning otasi eshak, onasi mochaxar!
Jalol polvonning vujud-vujudiga minglab igna sanchilgandek bo‘ldi. U dunyoga kelib hali bunaqa haqorat eshitmagan edi. Tishini-tishiga qo‘yib chidadi.
— Guloyanning o‘zi hafta-o‘n kunda bir kelib Qo‘chqorning yiqqan-terganlarini chamadoniga solib olib ketardi. Uning tergovchilari Farg‘onada, Xorazmda, shu bizning Buxoroda ish olib borardi. U ablah juda ham shafqatsiz, jallod edi. Xotinlarimizni ham, kelinu qizlarimizni ham qamagan edi...
Hamshira Sangcha Amonova ularni tushlikka chaqirdi:
— Qani, toychoqlarim, do‘mboqlarim, avqotga.
Uning bu gapiga Jalol polvonning g‘ashi keldi:
— Iya, biz uning bobosi tengi bo‘lsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi?
Uchala bemor barobariga xandon tashlab kulib yuborishdi.
— Shu qizaloqning ikki kuyovi, bir kelini bor. Saksoninchi yilda nevaram ko‘richak bo‘lib kasalxonaga tushib qoldi. Sangchani o‘shanda birinchi ko‘rishim edi. Qarasam, u til-jag‘li, oyoq-qo‘li chaqqon, suxsurdek qiz. Kenja o‘g‘limga qiz qidirib yurgan paytimiz edi. Bosh vrach oldiga kirib, Sangcha degan hamshirangiz bor ekan, axloq-odobi qandoq, deb so‘radim. Bosh vrach kuldi.
— Bu qizning birinchi eridan uch, keyingisidan to‘rtta bolasi bor. Eri avariyaga uchrab halok bo‘lgandan keyin otasining qistovi bilan boshqa bir qobilgina erga tekkan. Otasi bir yuz birga kirdi. Onasi to‘qson olti yoshda olamdan o‘tdi. Bitta opasi hozir sakson bir yoshda.
Jalol polvon bu gapga ishonqiramay «Yo‘g‘-e», deb yubordi.
— U Oytimullodan uch yosh katta. Qarang, yuzida bitta ham ajini yo‘q. Sochlariga haligacha oq oralamagan. Oyti ellik bir yoshda bo‘lsa, u demak ellik to‘rtda bo‘ladi. Hali zuvalasi pishiq. Qizlariga sovchi kelsa, yanglishib, Sangchani qizlardan bittasi bo‘lsa kerak, deb gapga solib ko‘rishadi.
Jalol polvon, yo alhazar, deb yuborganini bilmay qoldi.
— Buxoronnig tagiga tillo bor. Mana shu ichayotgan suvimiz ham tillo qumlar orasidan o‘tib kelayotgan bo‘lsa ajab emas, — dedi qo‘ltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor. Poshshoyu amirlar ham ahmoq emas. Tillo piyolada sharob ichishgan. Tillo me’dani tozalaydi. Odamlar bekorga tillo tish qo‘ymaydi. Qaynotamning dadasi zargar edi. Yiliga bir marta bitta buxor tangani egovlab kukunini kap otardi. Ana shu odam bir yuz yetti yoshda olamdan o‘tgan.
Kechqurun Sangcha Amonova dori ichirgani kirganda polvon unga razm solib qaradi. Uning jilmayishga moyil bo‘lib turgan ma’sum lablari, quyuq kipriklari qurshovida qolgan mastona ko‘zlari, hali pardoz ko‘rmagan yuzlari qaramaganni ham o‘ziga qaratadi. Jalol polvon yetmish yoshli chol bo‘laturib unga behayolarcha qarab turganidan uyalib ketdi. Tangrim, o‘zing kechir, tavba qildim, deb istig‘for keltirganini o‘zi ham bilmay qoldi.
Sangcha chiqib ketar ekan, bilib qo‘yinglar, bolakaylarim, televizorni rovna soat o‘nda o‘chirib ketaman, dedi.
— Unday qilma, bolam. Bugun soat o‘nu o‘nda Maryam bilan Gulbahorning konserti bo‘ladi. Maryam «Qurbon o‘lam»ni, Gulbahor «Barno yigit»ni aytadi. Uchirma, jon bolam, — deb yolborishdi chollar.
— Bo‘pti, — dedi Sangcha rahmi kelib. — Mehmon,— dedi u Jalol polvonga. — Siz famil choy ichmay turing. Ko‘k choy buyrakni yuvadi. Hozir aytaman, hammanglarga bir choynakdan ko‘k choy keltiradilar.
Bir ozdan keyin patnisda choynakpo‘sh kiydirilgan to‘rtta choynak keltirib stol ustiga qo‘yib ketishdi. Iyagi silkinadigan bemor anchagina gapdon ekan.
— Mehmon, biz sizning ismi sharifingizni bilmaymiz, siz biznikini bilmaysiz. Keling, yaxshilab tanishib olaylik. Mening ismim Hamro Ochil. Mana shu joydagi kolxozga rais edim. Sanatoriya bog‘iga yerni o‘zim o‘lchab berganman. Manavi langning, ya’niy cho‘loqning oti Ixtiyor Kamol, qorako‘l sovxoziga direktor bo‘lgan. Anavu soqovning oti...
— Soqov dema, duduq de.
— Xo‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... —aytaveraymi, deb unga qaradi. Zulfiqor menga bari bir degandek qo‘l siltab qo‘ydi. — Uning fomilasi Gadoev. Paxta zavodiga direktor bo‘lgan. Ana endi siz o‘zingizning ismi sharifingizni ayting.
— Men unaqa mashhur odam emasman, po‘ristoy bir iolvonman, xolos. Polvon aka desanglar bo‘ladi.
Oraga jimlik cho‘kdi. Har kim o‘z choynagidan choy quyib qaytara boshladi.
— Choyni bir qaytarsang choy bo‘ladi, ikki qaytarsang moy bo‘ladi. Uch qaytarsang, gijinglagan toy bo‘ladi, — dedi Zulfiqor Gadoev.
Jalol polvon yana qo‘chqor to‘g‘risida gapirib qolishmasin, deb, asli kamgap odam bo‘lishiga qaramay, uzundan-uzoq gap boshladi:
— Ellik besh yildan beri kurash tushaman. Manaman degan zo‘r polvonlar bilan bellashganman. Xudoning mehribonligidan o‘rgilay, umrimda yengilish nimaligini bilmay o‘tdim. To o‘lgunimcha shundoq ketaman, deb o‘ylagandim. Ammo bir yosh boladan yiqilib, sharmandai sharmisor bo‘ldim. Kasalim xam shundan. Bola nixoyatda kuchga to‘lgan, abjir, kurash hadisini olgan paxlavon ekan. Urdi, meni chalpak qilib yerga urdi. Belbog‘imni tirsagiga o‘rab qisganda belim cho‘rt uzilib ketadiyov, deb o‘yladim. Belbog‘im xuddi sim arkon bo‘lib suyak-suyaklarimgacha qisardi. Kuymichim bilan yerga zarb bilan tushdim. Ichak-chavoqlarim aralash-quralash bo‘lib ketdi, deb o‘yladim. Davradan og‘riq azobida, yurt ko‘ziga qarayolmay, sharmandai sharmisor bo‘lib chiqib ketdim. Do‘xtirlar buyragingiz joyidan qo‘zg‘alibdi, deyishdi. Mana endi, qariganimda dardga chalinib o‘tiribman.
Bemorlar uning 6u gaplarini quloq qoqmay tinglashardi.
— Har bir odamning ichida dard bor. E, nimasini aytasiz, biravniki oshkora, biravniki pinhona. Mana, bizdi olsak...
Hamro Ochil Zulfiqorning gapini bo‘ldi:
— Yana anavu iflos, itdan tarqagan Qo‘chqor Jalol to‘g‘risida gap boshlamoqchimisan, gadoyning bolasi? Qo‘y, o‘shaning harom otini og‘zingga olma.
Polvon bir qizardi, bir bo‘zardi. Noiloj chidadi. U shuncha, uzundan-uzoq gapirib ularni chalg‘itmoqchi bo‘lgandi. Bari bir gap aylanib yana o‘g‘liga kelib to‘xtadi...
— Ertaga biznikiga nonushta qilsak. Uyim yaqin, shu yerdan ko‘rinib turadi. Bir yayrab saryoqli shirchoyxo‘rlik qilsak. Tandirdan yangi uzilgan, ushlagan qo‘lni kuydiradigan moyli patirni shirchoyga to‘g‘rab yegan odam prama jannatga tushadi. Nima deysizlar, jo‘ralar?
— Bilmadim, — dedi polvon. — Bu yerning qoidasini unchalik bilmayman. Do‘xtirlar ko‘nisharmikan?
— Bildirmaymiz-da. Ular to ishga kelguncha biz nonushta qilib bo‘lamiz. Shirchoy sahar paytiga ichiladi. Tushundingizmi, jo‘ra?
Polvon yana gap Qo‘chqordan boshlanmasin, deb darrov, xo‘p, dedi.
Hamro Ochilning hovlisi katta, imoratlari ham raischasiga qurilgan. Xonalari keng, shifti baland. Qandaydir patnislarga qarab chizilgan gul, tarvuz, qushlarning suvratlari bilan bejalgan edi. Xona jihozlari nochor edi. Birov havas kilsa bo‘ladigan gilamu javonlar yo‘q. Bir kitob javonida besh-o‘nta paxta gulli piyola bilan to‘rtta choynak bor edi.
Polvon ko‘p raislarning uylarida bo‘lgan. Ularnikida qimmatbaxo mebellar, devorlarda ham, oyoq ostida ham eronu turkman gilamlari, yapon, xitoy, nemis chinnilari tokchalarda, javonlarda chaqnab ko‘zni olardi. Jalol polvon Hamro raisning zavqi pastroq ekan, degan o‘yga bordi. Yo bo‘lmasa ko‘p qiz uzatganu har to‘yda qizlar uyni bo‘shatib ketavergan, deb dilidan o‘tkazib qo‘ydi.
Hamro Ochil uning ko‘nglidan o‘tayotgan gaplarni sezdi.
— Ajablanyapsiz-a, Polvon ako? Bu uydagi qimmatbaho buyumlar muzeylarda ham topilmasdi. Bebaho chinnilarning ko‘pligidan yo‘talsang chinni ovozi yarim soat jaranglab xonada aylanib yurardi. Men qamalganimda bolalarim bir chekkadan sotib o‘sha onangni... Ko‘chqorga oborib berishipti, na gilam qopti, na chinni asbob.
Polvon hech bo‘lmasa shu yerda Ko‘chqorning nomi tilga olinmas, deb o‘ylagan edi. Yo‘q, bo‘lmadi.
Dasturxonga ajoyib ne’matlar tortilgan edi. Kattaqo‘rg‘onning ushlasa uqalanib ketadigan pashmagidan tortib, Buxoroning mashhur yog‘li xolvasigacha, har biri «Jiguli»ning g‘ildiragidek yog‘li patirlar...
Hovlida hech kim yo‘q.
— Kelinlar, qizlar saharlab 6u taomlarni tayyorlab birlari ishga, birlari o‘qishga kstishgan.
Yoshi oltmishlarga borib qolgan ozg‘in bir xotin patnisda to‘rt kosa shirchoy ko‘tarib kirdi. Hamro Ochil turib, patnisdagi chinnilarni olib dasturxonga ko‘ydi. Shunda Jalol polvonning ko‘zi xotinning barmog‘iga tushdi. Uning o‘ng qo‘lidagi o‘rta barmog‘i xuddi ipga osib qo‘ygandek salanglab turardi.
— Qani, shirchoy sovumasin. Patir qaynoqligida to‘g‘ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. Murch sepsak-ku, mazasi yanayam boshqacha bo‘ladi-ya, ammo buyrakka achchiq narsa to‘g‘ri kelmaydi-da.
Mehmonlar nihoyatda totli shirchoy bilan ovora bo‘lib, hech biridan sado chiqmadi. Hamro Ochil jimlikni buzdi:
—- Polvon aka, xotinimning barmog‘ini ko‘rib hayron bo‘ldingiz-a? Bu o‘sha padarla’nat Qo‘chqor tergovchining ishi. Men uylanganimda onam rahmatli barmoqlaridagi uzukni chiqarib, kelinga, bolam bu uzukni katta buvim taqqanlar, u kishidan keyin men taqqanman, endi siz taqing, deb xotinimning o‘rta barmog‘iga taqib qo‘ygan edilar. Uzukning ikkita moshdek olmos ko‘zi bor edi. U paytda xotinim ozg‘in, barmoqlari xam qalamdek ingichka edi. Ikki bola tuqqandan keyin et qo‘yib, semirib ketdi. Barmoqlari xam yo‘g‘onlashib qoldi. U shu uzukni qirq yildan ortiq taqdi. Ammo qo‘ldan qo‘ymadi. To‘ng‘ichimni uylantirganimizda, xotinim kelinning barmog‘iga shu uzukni taqib qo‘ymoqchi bo‘ldi. U ancha urindi, barmog‘idan chiqarolmadi. Uzuk go‘shtdor barmog‘i terisi orasida qolib ketibdi. Kelinga Buxorodan boshqa uzuk opkelib bergandim. Men qamalganimdan keyin ham ablax Qo‘chqor tergovchi uyni obis qipti. Kelinlarimning, qizlarimning hamma taqinchoqlarini opti. Xotinimning barmog‘idagi uzukka ko‘zi tushib, shuncha urinibdiki, chiqazolmapti. Oxiri uzukni ombur bilan qisib bor kuchi bilan tortibdi. Uzuk barmoqning terisini, go‘shtlarini sidirib chiqibdi. Barmoq bo‘g‘inlari uzilib ketibdi. Hozir ko‘rdingiz-ku, bitta barmog‘ida jon yo‘q, to‘rtta barmoq orasida lattaga o‘xshab osilib qolgan. Kir yuvolmaydi, xamir qorolmaydi, igna ushlasa, joni yo‘q barmoq xalaqit beradi.
Gap nimadan boshlansa oxiri Qo‘chqor bilan tugardi. Jalol polvon Buxoroga kelganiga pushaymonlar yedi. Ming o‘lib, ming tirildi.
— Shu desangiz, — deya gapini davom ettirdi Hamro Ochil. — Erta-indin pensiyaga chiqsam, kolxoz mashinasini topshirishim kerak bo‘ladi. Har kalay o‘ttiz-qirq yil mashinada yurgan odam piyoda qolmay, deb kenjamga bitta «Volga» olib berdim. Nomer oldik. Pravosi yo‘q bola minib-ketib yurmasin, deb kalitini xotinimga berib qo‘ydim. Ablax Qo‘chqor hali moyi artilmagan yap-yangi mashinani ham olib ketibdi. Iloyo buyurmasin, iloyo avariyaga uchrab o‘ligi xor bo‘lsin! Ota-onasi tobuti ketida faryod urib qolsin...
Jalol polvon dod devoray dedi. Birdan, kutilmaganda yuragiga sanchiq kirdi. Tomiri to‘xtab-to‘xtab ura boshladi. Hamro Ochildan yurak dorisi bormi, deb zo‘rg‘a so‘rayoldi. Rais «hozir, xozir» deganicha yugurib chiqib ketdi. Bir ozdan keyin dori solingan qutichani ko‘tarib kirdi.
— Xotinimning xam yuragi xuruj qilib turadi. Manavuni tilingizning tagiga tashlab oling, hozir o‘tib
ketadi. — U shunday deb polvonga validol tabletkasini uzatdi.
— Chaynamang, o‘zi erib ketsin, — dedi Zulfiqor Gadoev.
Jalol polvon yurak og‘rig‘i qandoq bo‘lishini endi bildi.
— Doktor chaqiraylikmi? — dedi Ixtiyor Kamol.
— Yo‘q, yo‘q, hojati yo‘q, hozir o‘tib ketadi, — dedi arang o‘zini tutib polvon.
Polvonni palataga opkirib o‘rniga yotqizib qo‘yishdi. Sangchaxon uning qon bosimini o‘lchab labini tishladi.
— Sizga nima bo‘lli, qo‘zichog‘im? Biron nimadan diqqat bo‘ldingizmi?
Polvon boshini sarak-sarak qildi. Istat Fuzaylovna Sangcha vahima qilyapti, deb boshqatdan qon bosimini o‘lchadi.
Polvonni doktor ko‘rayotganda boshqalar tashqariga chiqib turishgan edi.
— Bu odamning ichi to‘la dard. Siz bilan bizdan ko‘ra alamli kunlarni ko‘rganga o‘xshaydi. Og‘ir, bosiq odam ekan, yorilib dardini aytmayapti.
— Sizga xayajonlanish mumkin emas. Ko‘rgan yaxshi kunlaringizni eslang, — dedi Istat Fuzaylovna.
— Do‘xtir opa, endi menga javob beraqoling. Xudega shukur, buyragim durust bo‘lib qoldi. Yurakni Toshkentda davolatsam xam bo‘ladi.
Oyti boshini sarak-sarak kildi:
— Buyrak bilan hazillashmang. Hali tuzalgani yo‘q. Bilasizmi, buyragingiz joyidan siljigan. To tuzalmagunizcha ketishni o‘ylamang.
Polvon yana biron oy turishga ham rozi edi. Ammo sheriklarining gaplari uning jon-jonidan o‘tib ketyapti. Ertalab turiboq bismillosiga Qo‘chqorni padarla’nat, deb so‘kishadi. Kechqurun yotishda ham yana o‘sha gap. Bu gaplarga qandoq chidaydi? O’sha ablahning padari menman, siz og‘izga olib bo‘lmaydigan uyat gaplar bilan so‘kayotgan onasi mening xotinim, deb aytolmasdi.
— Zulfiqor Gadoev bundan ikki oy oldin nevarasini kuyovga chiqazgan edi. Ertaga quda chaqiriq qilishyapti. Albatta boring. Ko‘pni ko‘rib dilingiz yorishadi. Yana o‘n marta tomiringizga gimodez yuborsak, ko‘rmaganDek bo‘lib ketasiz. Endi aravachadan tushing. Piyoda yuring.
Ammo oyoqni yerga zarb bilan tashlamang. Suvda suzgandek belga og‘ir kelmaydigan qilib yuring.
Polvon lom-mim deyolmay qoldi. Tani boshqa dard bilmas ekan. Agar eshitayotgan yuzlab xaqoratlarining bittasini u eshitganda edp, xovli o‘rtasida sochini yozib dod derdi. Bilmaydida. Buni polvonning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Endi buyog‘iga Polvon, ko‘zim ko‘r, qulog‘im kar, deb yashashga majbur. Qiyin, juda qiyin bundoq qilish. Na iloj!
Ertalab nonushtadan chiqib, bir stakandan buloq suvi ichib, shiyponchada o‘tirishgan edi. Zulfiqorning o‘g‘li hammalarini mashinada olib ketdi.
Oytimullo ko‘pni ko‘rib dilingiz yorishadi, dstandi. Qayoqda, mehmonlar uchun dasturxon tayyorlangan xonaga qadam bosishlari bilan polvonni elektr toki urgandek bo‘ldi. Ko‘zlari tinib, boshi aylandi.
Devordagi qip-qizil cho‘g‘dek eron gilami o‘rtasida ilib qo‘yilgan zarrin ramkada nixoyatda ko‘hlik ayol kishining kattalashtirilgan foto suratini ko‘rgandayoq Polvonning rangi o‘chdi. Suvratdagi ayolning qulog‘ida kelini Gulandom taqib yurgan zirakni ko‘rdi. Polvon Gulandomning qulog‘idan olib, salmoqlab ko‘rib, taqma, azador xotinsan, olib qo‘y, degan edi o‘shanda.
— Bu kimning suvrati? — deb so‘radi polvon Ixtiyor Kamoldan.
Ixtiyor qo‘ltiqtayog‘ini devorga suyab, stul tomon intilar ekan, muvozanatini yo‘qotib yonboshga og‘a boshladi. Polvon ushlab qolmaganda yiqilishi aniq edi.
— Hozir so‘ramang, polvon aka, keyin aytaman, 6u ayol o‘ziga o‘t qo‘ygan.
Ko‘chadan qo‘sh mashinaning ketma-ket signali eshitildi. Bolalarning bakiriq-chaqiriqlari boshlandi. Bunday paytlarda bolalarga xudo beradi. Quda taraf albatta bolalarga turli sovg‘alar olib kelishadi. Biriga jevachka, biriga shokolad, biriga suvotar to‘pponcha tarqatadilar.
Avval ayol qudalar hovliga kirishdi. Zulfiqorning xotini ularning oyog‘i tagiga oq surp poyandoz yozdi. Kelinlik libosida yal-yal yonib kirgan navarasini bag‘riga bosib, ko‘zyosh qilib oldi. Zulfiqor erkak kudalarga ham xuddi shunaqa oq surp poyandoz to‘shadi. U oldiga kelib bosh egib turgan nevarasi Baxshanda kelinchakning peshonasidan o‘pib: «Baxtli bo‘l, bolam, borgan joyingda palak otib, uvali-juvali bo‘l, — deb yelkasini silab qo‘ydi. — Endi dadang bilan ko‘rish».
Baxshanda o‘rik tagida o‘pkasi to‘lib, hiqillab turgan dadasi oldiga bordi. Dadasi kirqbesh yoshlardagi jpkkak, ko‘zlari chakpab turgan chiroyli kishi edi. Baxshanda yuzidan to‘r pardani olib, dadasining bo‘yniga osildi. Bolalik paytlaridagidek, xuddi birov ota bag‘ridan tortib olmoqchi bo‘layotgandek yopishib olgandi.
— Onang rahmatli ko‘rmadi 6u kunlarni, — dedi u bolasining boshlarini, yelkalarini silab.
U o‘zini tutishga urinardi. Ammo irodasidan xayajoni zo‘rlik qildi. Yig‘lab yubordi.
Kuzatib turganlar ham qattiq hayajonda edilar. Oxiri buvisi kelib Baxshandani otasi bag‘ridan, bo‘ldi, bo‘ldi, duxtarim, bas endi, deya olib ketdi.
Ayollarni hovli etagidagi xonaga, erkaklarni kiraverishdagi mehmonxonaga olib kirishdi. Dasturxonga quyuq-suyuq tortildi. Zulfiqorning kenja o‘g‘li xokandozda isiriq tutatib chiqib ketdi. Utirganlar baholi kudrat biri yuz so‘mlik, biri ellik so‘mlik uzatdilar. Udum shunaqa, isiriq tutatgan odamga albatta pul berish kerak.
Zulfiqor qudalariga polvonni tanishtirdi.
— Ixtiyorni xam, Hamroni ham taniysizlar. Polvon aka biz bilan sanatoriyada birga davolanyaptilar. U kishi ko‘p yaxshi odam. Bosiq, mulohazali, andishali.
Polvon ichidan zil ketdi. U o‘ylardi, shu andishali, shu mulohazali odamning farzandi bu oilaga cheksiz jafolar qilgan. Qarshingizda o‘tirgan shu andishali odam — odam emas, bo‘rining, shoqolning otasi...
Hali bir-biri bilan tanishib ulgurmagan odamlar odatda u yoqdan-bu yoqdan gapirib, oxiri suhbat mavzuini topib oladilar.
Ayniy teatriga Obid qiziq bilan Mirza qiziq kelganini, rosa qiziq xangomalar aytib odamlarni kuldirganini, Bahovuddin pirim ziyoratidan qaytayotgan Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov Labihovuzga choy ichgani kelishganini, odamlar o‘rab olganini, Devonbegi madrasasining gumbazigacha odam to‘lib ketganini, ikki soatdan ortiq she’r o‘qitishganini gapirishardi.
Bu bo‘layotgan gaplar Polvonning qulog‘iga kirmas, ikki ko‘zi devordagi suvratga qadalgan. Nazarida suvratdagi ayolning qulog‘idagi zirak qimirlayotganga o‘xshayverdi. Ixtiyor Kamol mehmonlarga mulozamat qilib, kirib-chiqib turgan Zulfiqorning qulog‘iga nimadir dedi. U bosh irg‘ab, xo‘p, deb chiqib ketdi-da, bilagiga ikkita to‘n tashlab kirdi.
— Qudajonlar, bu mexmonlarimizni, — u polvon bilan Ixtiyor Kamolga ishora qildi, — do‘xtirlardan qarzga olib kelganmiz. Ketishmasa bo‘lmaydi. Polvon akaning tomirlariga dori yuboradigan payt bo‘ldi. Nima deysizlar? Javob beraylig-a...
Zulfiqor polvon bilan Ixtiyorning yelkasiga to‘n tashladi.
Ular ikkovlashib mashinada qaytishar ekan, Zulfiqorning uyidagi ayollarning pazandaligiga tasannolar aytishardi.
— Do‘stim, — dedi Polvon, palataga kirishgach, — o‘ziga o‘t qo‘ygan ayol to‘g‘risida keyin aytaman, degan edingiz. Ayting, nima bo‘lgan?
— Xunuk ish bo‘lgan, jo‘rajon, juda xunuk, anavu yaramas, it emgan Qo‘chqor Zulfiqorni qamab, ko‘p azoblar berdi. Zulfiqor ham anoyi odamlardan emas. Xonning saroyidek uyni qurishga g‘ishtni qaydan olding, taxtani qaydan olding, deb qiyin-qistovga tutaverdi. Zulfiqor imorat uchun nimaiki olgan bo‘lsa, hammasiga g‘isht zavodidan, taxta iskalatidan, semonu tunukalargacha kvitansiya olib qo‘ygan edi. Bundan ish chiqazolmagan tergovchi, qancha paxta sotib olgansan, qancha sotgansan, deb qiynayveradi. Paxta zavodini uch marta reviziya qiladilar, pichoqqa ilinadigan biron ishkal topolmaydilar. Tillangni, boyligingni qaerga yashirgansan, deb yana do‘pposlaydilar. Zulfiqor menda bunaqa narsalar yo‘q, deb azoblarga chidab beradi. Bu orada bir yarim yilga yaqin vaqt o‘tib ketadi. Oxiri Zulfiqorning xotini bilan kelinini qamab tergov qiladilar. Guloyan Qo‘chqor tayyorlagan hujjatlarni ko‘rib, bo‘lmaydi, dedi. «Uni shundoq qo‘yib yuborsak gap tegadi. Hujjatlarni ikki yilga kesish mumkin bo‘ladigan qilib tayyorla. Xotini bilan kelinini shu bugun qo‘yib yubor», deb o‘zi Qarshi tomonga o‘tib ketadi.
— Qo‘chqor Jalolov o‘sha kuni Zulfiqorning xotinini qo‘yib yuboradi. Uning yolg‘iz qolgan kelini oldiga tun yarmida kiradi. Qo‘llarini qayirib, uni zo‘rlaydi. Qulog‘idagi ziragini olib, tongga yaqin chiqarib yuboradi. Telba bo‘lib qolgan juvon hali osmon oqarmay turib uyga keladi. Holdan toygan qaynonasi uxlab yotardi. Hali uyg‘onmagan qizi Baxshanda tepasiga kelib uzoq qarab turadi. Harom vujudi bilan unga yaqin kelolmaydi. Oshxonaga kirib kerosin to‘la tunuka bankani ko‘tarib chiqadiyu boshidan quyadi. Gugurt chaqib yuboradi.
Tom bo‘yi bo‘lib ketayotgan olov hovlining u boshidan-bu boshiga yugurar, shu olov ichida ayol kishining bo‘g‘iq ovozi eshitilardi. Uyg‘onib ketganlar unga yaqin borolmasdilar. Chelaklab suv sepsalar ham o‘t o‘chmasdi.
Zulfiqorni turmaning ichida sud qilib ikki yil beradilar. Ykki yillik muddatni o‘tab bo‘ldi, deb chiqarib yuboradilar. U qamokdan chiqqanda kelinning qirqi o‘tib bo‘lgandi.
Ixtiyor Kamol stoldagi allaqachon sovub qolgan choyni simirib, insonning boshi toshdan ekan, jo‘ra, deb o‘tirgan yerida ko‘ltiqtayog‘iga ko‘ksini tiradi. Tashqaridan odamlarning ovozi eshitila boshladi. Bir ozdan keyin tomirga dori tomizadigan moslama ko‘tarib Sangcha kirdi.
— Bugun vaqtida ukol olmadinglar, jujuqlarim, gimodez tomizish ham kechikib ketdi.
Sangcha Polvonga faqat quvnoqlikka yaratilgan bir malak bo‘lib ko‘rinadi. Yer yuzi shunaqa nurli odamlar bilan munavvar, deb o‘ylardi u. Xudo jami go‘zallarni odamlarni mahliyo qilish uchun, insonlar ko‘nglidan badbinliklarni quvib, vujud-vujudini ezgulikka chulg‘ab, yaxshiliklarga chorlash uchun yaratgandek edi.
Polvon salkam ikki soat bilagida igna bilan bir litrli shishadagi gimodez suyuqlikning oxirgi tomchisi qolguncha qimirlamay yotdi. Ko‘zini uyqu bosdi. Hamshira quymichiga ukol kilgandagina uyg‘ondi. Hali oftob o‘chmagan. Bemorlar kechki salqinda xiyobonlarda sayr qilib yurardilar. Ixtiyor Kamol hamon qo‘ltiqtayog‘ini iyagiga tirab qimirlamay o‘tiripti. Polvonning uyg‘onganini sezgach, tashqariga chiqmaymizmi, deya o‘rnidan tura boshladi. Polvon ham turdi. Ikkovlashib xovliga chiqishdi. Bulokdan bir piyoladan suv ichib, o‘zlari o‘rgangan shiyponga chiqib o‘tirishdi.
— Uch kundan keyin muddatim tugaydi. Ketsam, siz zerikib qolmasmikinsiz, deb o‘ylayman, — dedi Ixtiyor Kamol.
— Men ham ketsam kerak, — dedi Polvon.
Aslini olganda, bu mehribon, qayg‘ungga qayg‘udosh odamga Polvonning mehri tushib qolgandi. Faqat, faqat Qo‘chqordan gap boshlamasa bo‘lgani. Bari bir bo‘lmadi. Qo‘chqorning nomi aralashmagani suhbat suhbat o‘rniga o‘tmay koldi.
— Oyog‘ingizga nima qildi, deb so‘ramadingiz, o‘zim aytay. Tergovchi Qo‘chqor Jalol meni qamoqqa olgan kuniyoq, oltinlaringni, boyliklaringni qaerga yashirgansan, deb kechasiyu kunduzi uxlatmay so‘roq qildi. Msnda bunaqa narsalar yo‘q, desam, ishonmaydi. Uradi, tepadi, qo‘llarimni qayiradi. Men bir chorvador odam bo‘lsam, menda tillo nima kiladi, deyman, qani ishonsa! Ikki barzangi yerga yotkizib, qo‘l-oyog‘imni bosib turdi, yana biri stulga chiqib, ikki tizzamning ko‘ziga sakrab tushdi. Og‘riq azobida hushimdan ketib qopman. Tizzalarimning oshiq-moshig‘i joyidan qo‘zg‘ab qopti. Doktorlar gipsga solishdi, bo‘lmadi. Oxiri romitonlik mosh tabibni chaqirib kelishdi. Qo‘li yengil ekan, oshiq-moshiqni joyiga soldi. Og‘riq qolgandek bo‘ldi. Lekin tizzalarimdan pastda jon yo‘qdek. Shu-shu, qo‘ltiqtayoqqa osilib, sudralib yuribman. Qo‘chqor Jalol haromi, g‘arning bolasi bitta gapni biladi. Oltin, oltin qani? Yashirgan joyingni ayt. Aytmasang, qo‘llaringni ham sin-diraman, deydi. Bo‘lmadi. Bolalarimni, kuyovimni chaqirtirdim. Ularni zudlik bilan olib kelishdi. Kenjam ahvolimni ko‘rib dodlab yubordi. Ikki tarsakidan keyin bolam sho‘rlik jim bo‘lib qoldi. Ularning hammasi cho‘pon. Sovxoz qo‘ylarini boqishadi. Har birining xususiy ikki-uch yuzdan ko‘yi bor. Bunga xukumat ruxsat bergan. Terisini, junini, go‘shtini davlatga sotishadi. Bundan tashqari, plan ustiga qo‘shimcha mahsulot bergani uchun yaxshigina mukofot puli ham olishadi. «Bolalarim, qo‘ylaringni bitta qoldirmay sotinglar. Pulini manavularga keltirib beringlar», dedim. Bolalarim ota so‘zidan chiqmaydigan qobil bolalar edi. Xo‘p, deb chiqib ketishdi. Sovxoz qo‘y sotib olmaydi. Olganda ham pulini bir yil sudrab chala-yarim qilib, kattagina soliq olib, barakasini ketqizib keyin beradi. Mingga yaqin ko‘yni bozorga chiqarib bo‘lmasa! Bolalarim nima qilishlarini bilmay ikki mototsiklda cho‘ldagi cho‘ponlar oldiga borishadi. Sovxozning Qizilqumda bir yuz qirq ming qo‘yi boqiladi. Ikki yuzdan ortiq cho‘pon qishin-yozin saratonni saraton demay, chillani chilla demay, oftob tig‘ida kuyib, cho‘l bo‘ylab qo‘y haydashadi. Normengli degan cho‘pon ularga boshchilik qiladi. U asli Surxondaryoning Sherobod tumanidan. Yoshligida Shofirkonga kelib qolgan. Normengli xalol, pokiza odam, chorvachilik unga otakasb bo‘lgan. Bolalarim o‘sha Normenglining oldiga borib, niyatlarini aytadilar. Normengli boshini qashlab uzoq o‘tiradi. Yerga ko‘zini qadagancha tinmay sigareta chekadi. Yarim soatcha shu alpozda o‘tirib o‘rnidan turadi, u yoq-bu yoqqa yuradi. U nihoyatda asabiy, xozir birov bilan mushtlashmoqchidek mushtlarini tugadi. Normengli keyingi paytlarda uyqusizlik kasaliga mubtalo bo‘lgandi. Ana olib ketadi, mana olib ketadi, deb o‘tov oldiga chiqar, olisda to‘zon ko‘tarilsa, to yetib kelguncha o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Mashinada yo zootexnik, yo vetvrach kelganini ko‘rgandan keyin ko‘ngli joyiga tushardi. Normenglining tuman markaziga bormaganiga ham uch oydan oshdi. Guloyan ayg‘oqchilarining ko‘zi tushsa uni xam ro‘yxatga tirkab qo‘yishlarini biladi. Yaxshisi, yomon ko‘zlardan yiroqroq yuray, deb cho‘l kezgani-kezgan edi.
Normengli bir qarorga keldi shekilli, joyiga o‘ti-rib: «Ketaveringlar, — deydi u, — hammang o‘z otaringga bor. Ertalab oldilaringga odam boradi».
Ertalab Normenglining o‘g‘li to‘ng‘ichimnikiga mototsikl kajavasida bir qop sabzi-piyoz, kartoshka tashlab ketadi. Ketar chog‘ida kelinimga piyoz tagida pul bor, xammasini tergovchiga bermanglar, ellik mingi o‘zlaringda qolsin, hali sizlarga pul ko‘p kerak bo‘ladi, deb jo‘nab ketadi.
O’g‘lim Qo‘chkor Jalolga pulni olib borganda u bola bechoraga baqirib beradi.
— Men senlarga pul deganim yo‘q. Tilla tanga olib kel, deb aytganman, tushundingmi? — deydi.
— Bizda unaqa narsa yo‘q. Umrimda bir donasini xam ushlab ko‘rmaganman.
Qo‘chqor tajang bo‘ladi.
— Bunday qilasan. Hoziroq Buxoroga borib katta bozordan Ashot degan armani kabobpazni topasan. Meni Ko‘chqor Jalol yubordi, deb qo‘liga pullarni berasan.Hushyor bo‘l, oldida odam yo‘q paytida u bilan gaplash. Nima qilishni uning o‘zi biladi, — deb tushuntiradi.
Nafsingga o‘t tushkur Qo‘chqor Jalol yuzta buxor tangani olgandan keyin, «Aybi isbotlanmadi», deb meni ko‘yib yuboradi.
Uyni tintuv qilganda olib ketgan bitta ko‘l soat bilan Parijda mukofotga berishgan oltin medalimni kaytib bermadi. Uni «antiqa» teri uchun olgandim. Tanlov hakami bilagimga har o‘n besh daqiqada kuy chaladigan shveytsar soatini taqib qo‘ygandi. Afsus, juda qimmatli esdalik edi. Hay, janozasiga buyursin...
Chiqqanimning ertasi kech qorong‘ida Normengli keldi. Qo‘ylardan birontasini ham sottirmaganini, pullarni cho‘ponlar to‘plab berganini aytdi. Bunaqa odamgarchilikdan ko‘zlarim yoshga to‘ldi. O’zimni tutolmay hiqillab yig‘lab yubordim. Iflos Qo‘chqor shuncha azob berganda ham mijjamga yosh kelmagandi. Cho‘ponlarning odamgarchiligidan ta’sirlanib ketibman.
Kechqurun palatada ulfati chor bo‘lib, choy ichib o‘tirishardi. Televizor birinchi o‘zbek kosmonavti Sharipovning xonadonini ko‘rsata boshladi. Qarindosh-urug‘lari, qo‘ni-qo‘shnilari, yor-birodarlari Sharipovning ota-onalarini tabriklashyapti. Hovli odamga to‘lgan. Hammaning qo‘lida gul.
Choy xo‘playotgan Hamro Ochil, qanday baxtli oila bu! deb yuborganini bilmay qoldi.
— Otasiga rahmat! — dedi Ixtiyor.
— Shundoq farzand o‘stirgan onasiga ming-ming rahmat-e! — deb yubordi Zulfiqor.
Faqat Jalol polvonning tiliga gap kelmasdi. Hamro Ochilning faylasufligi tutib ketdi.
— Bilasizmi, inson nima uchun farzand o‘stiradi. Mehnat qilib, topib kelgan osh-noni uchungina emas, o‘lganingda go‘ringga qo‘yadigan marmar toshi uchungina emas, el-yurtdan olib keladigan otangga rahmat, degan birgina so‘zni eshitish uchun o‘stiradi. Otangga la’nat, padaringga la’nat, degan so‘z olib keladigan farzandning yuzini xudo teskari qilsin!
Mana shu suhbat asnosida Jalol polvon ming o‘lib, ming tirildi. O’zidan o‘tganini o‘zi biladi. Mum tishla-gandek, tilini yutib yuborgandek zabun edi u.
— Mana, masalan, ablah Qo‘chqor Jalolning otasiga hech kim rahmat, dermikin? Qani, aytinglarchi? Nima deysiz, Polvon aka?
Jalol polvon nimalardir deb g‘udrandi. Nima deganiga hech kim tushinmadi. Uning rangi oqarib ketgan, qoshlari o‘rtasiga tugunchak tushib, bir nuqtaga tikilgancha telbanamo alpozda o‘tirardi.
— Yo‘q, — dedi Ixtiyor Kamol. — Hech kim rahmat demaydi. Shunday iflos bola o‘stirgan sendek otaga ming, million marta la’natlar yog‘ilsin, deydi.
Jalol polvon holsizlanib o‘rnidan turdi, mast odamdek chayqala-chayqala hovliga chiqib ketdi.
— Bechoraning yana qon bosimi oshib ketdi shekilli, —
dedi Zulfiqor. — Yo yuragi xuruj qildimikin? U shunday deb cho‘ntagini kavlab, validol qidira boshladi.
Jalol polvon kechasi uxlayolmadi. U yonboshidan, bu yonboshiga ag‘darilaverganida karavot g‘ichirlab, sheriklarini uxlatmadi. Oxiri o‘rnidan turib, shippagini kiydiyu tashqariga chiqib, har gal orom oladigan shiyponda o‘tirib o‘y-o‘ylab ketdi.
Kecha sokin. Tiq etgan tovush yo‘q, oy ham sindirilgan patirdek yarimtagina bo‘lib qolgan. Polvonning holiga kulgandek yaqinginada baqa qurillaydi. Ketma-ket, cho‘zib-cho‘zib qurillaydi.
Polvonning ichida nimadir yonayotgandi. Ichidagi olov chiqib ketishga yo‘l izlayotganga o‘xshardi. Oxiri bir xo‘rsinganida bo‘g‘zini kuydirdi-yu, tashqariga chiqib ketdi. Odamning joni ham shunaqa chiqib ketarmikin? Yo‘g‘e, undaymasdir. Polvon jilmayib turib jon berganlarni ko‘rgan.
— E, attang. Esiz umr, esizgina umr-a! Xudo meni odamlarning la’natini eshitish uchun yaratgan bo‘lsa ilojim qancha! — dedi u afsus-nadomatlar bilan.
Polvonning davolanish muddati tugadi. Uni kuzatgani aeroportga chiqishdi. Polvon samolyot trapiga oyoq qo‘ya turib, kutinglar, bir haftaga qolmay kelaman, deb takrorladi.
Samolyot havoga ko‘tarilganda polvon birdan yengil tortdi. Badbaxt o‘g‘li tufayli yog‘ilgan qarg‘ishlar, undan azob chekkan alamzada odamlar yerda qoldi.
Qishloq o‘sha-o‘sha, odamlar o‘z tashvishlari bilan ovora. Chollarga har kuni bo‘lmasa ham kunora nahorgi osh bo‘lib turibdi. Birov qiz uzatayapti, birov o‘g‘il uylayapti. Yana birov olamdan o‘tgan otasi yo onasiga yigirma oshi beryapti.
Faqat Nurim sartarosh bu oshlarga borolmaydi. Odamlardan yuzi shuvit. U do‘konini ham ochmay qo‘ygan. Qulog‘iga bir xunuk gap kirdi-yu do‘konga qulf soldi. «Nurim o‘sha odam ovchisi Sobitning otasida, bolasidan o‘tib qayoqqa borardi. Bo‘yningga lungi boylab, kekirtagingga ustara tortib yuborishi hech gap emas. Hukumat yo‘li bilan boshqa sartaroshxona ochish kerak».
Shu gap qulog‘iga kirdiyu Nurimning qirq yillik kasbi barham topdi. Ko‘chaga ham chiqmay tomorqasida g‘imirsib yuradi.
Kunduz soat birlarda samolyotdan tushgan Polvon qish-loqqa kun botmay kirib keldi.
Nurim sartarosh eshigi oldida omborga tiqilib kolgan xashaklarni olayotgan edi. Jalol polvonning qorasi ko‘rinishi bilan ishini tashlab shoshilganicha uyiga kirib ketdi. Uning Polvonga ko‘rinishga beti chidamasdi. O’g‘lini otib ketgan bolasi uchun albatta mendan kasos oladi, deb o‘ylardi. Polvon esa unga qarayolmasdi. Shu tinchgina oilani xarob qilgan o‘g‘li uchun Nurim albatta mendan o‘ch oladi, deb o‘ylardi. Polvon Nurimdan, Nurim Polvondan qochib yuripti. Polvon shu topda, hozir Nurim ketmonnimi, boltanimi ko‘tarib chiqadi, menga tashlanadi, degan o‘yda sergaklanib kelardi. Nurim esa, Jalol hovlimga bostirib kiradiyu hozirgina xashagi olingan omborga meni ikki buklab tiqadi, deya qochish uchun devor nahrasini mo‘ljalga olib, dag‘-dag‘ titrab turardi.
Yo‘q, Jalol polvon indamay o‘tib ketdi.
U uyiga kelganda jiyani tomda kechagi shamol uchirib tushirgan tarnovni joyiga o‘rnatayotgan edi. U tog‘asini ko‘rib, ishini shosha-pisha bitkizdi-yu, tomga engashgan tut shoxiga osilib pastga tushdi.
— Keldingizmi, tog‘a? Ahvolingiz durustmi?
— Shukur-shukur, — dedi Polvon ayvon dahaniga o‘tirar ekan. — Bitta choy qo‘yib ber. Buxoroning ta’msiz suvini ichaverib tinkam quridi.
Jiyani gazga choygum qo‘yib chikdi.
— Jiyan, — dedi Polvon. — Shu mashinani yurg‘izsa bo‘ladimi, bir ko‘r-chi.
— Akkumulyatori o‘lgan, uni bir kun tokka ko‘yish kerak.
Ko‘chqor mashina akkumulyatorini chiqazib, suvini to‘kib garaj tokchasiga ko‘ygan edi.
— Zarur bo‘lsa hoziroq ustaga berib kelaman, ertalabgacha tayyor qilib qo‘yadi.
— Juda zarur. Buxoroga shu mashinada ketaman. Us-taga olib bor, o‘shanaqasi akangni ham chaqirib kel. Gulandom uyda bo‘lsa ayt, tez kelsin.
Jiyani choy damlab chikdi, keyin chang bosgan akkumulyatorni velosiped orqasiga o‘rnatib jo‘nab ketdi.
Polvonning katta jiyani avtomobil nazorati boshlig‘ining o‘rinbosari edi. Buxoroga mashinani shu minib borgani durust. Yo‘lda inspektorlar bo‘lar-bo‘lmasga to‘xtatmaydi.
Polvon novvot suvidek totimli choyni xuzur qilib icharkan, o‘zingga shukur, o‘zingga shukur, deb qo‘ydi. Birpasda choynakni bo‘shatdi. Peshonasidan terlarni sidirib yaktagining etagiga qo‘lini artib, hovli pastidagi o‘tinxonaga kirib ketdi. Ko‘mir kukunlari o‘rnashib asli rangi qandoqligi bilinmay ketgan chamadonni ko‘tarib chiqdi. Supurgi bilan o‘bdon changini qoqib, latta bilan artdi. Chamadon qulflangan edi. Urinib ocholmadi. Garajga kirib ombir bilan katta bir otvertka olib chiqdi.
Shu payt Gulandom kelib qoldi. Qaynotasi bilan yig‘lab ko‘rishdi. U endi o‘zini oldirgan, ko‘zi taglarida, iyagining pastida mayda ajinlar paydo bo‘lgan. Avvalgi shiddati yo‘q. Yig‘idan ho‘l bo‘lgan kipriklari orasida ilgari chaqnab turadigan o‘t so‘ngandek edi. Ovozi ham so‘lg‘in. Shu bir oy ichida so‘lib, ertangi taqdiridan umidini uzgan aftodahol bir alpozda edi. Polvon unga qarab rahmi keldi. Bechora...
Polvon uii bag‘riga bosib boshlarini siladi. Yupatmoqchi bo‘ldi. Nima deb yupatadi? Uni ovutadigan qandoq so‘z bor dunyoda? Gulandom esa uning bag‘rida o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi.
— Bolam, qandoq qilamiz, peshonamiz sho‘r ekan. Baxt bizga betini emas, ketini ko‘rsatgan bo‘lsa, kimga zorlanamiz? Bor, bolam, muzdek ariq suvida betlaringn i yuvib ol!
Polvon tugunchasidan bir surat olib unga uzatdi.
— Iya, ota, bu mening ziragim-ku! — dedi hayron bo‘lib Gulandom.
— Io‘q, bolam, seniki emas, shu kelinchakniki. Sen uning ziragini taqib yurgan eding. Ering ablah uni zo‘rlab, keyin qulog‘idan chiqarib olgan. Bu kelinchak hozir yo‘q. Nomusi barbod bo‘lganiga chidamay, o‘ziga o‘t ko‘ygan.
Gulandom seskanib ketdi. Beixtiyor ikki qulog‘iga qo‘l yubordi. Shu topda uning ikki kulog‘i o‘tda kuyayotgandek edi.
Gulandom qaynotasi «taqma bu zirakni», deganda olib qo‘ygan edi.
— O’tir. Endi manavu chamadonni ochamiz.
U shunday deb chamadon qulfining tagiga otvertka tiqib ko‘chirib oldi, qopqog‘ini ochdi. Yelimxaltaga solingan bir zarbof to‘nni olib xaltadan chiqazdi. Buxoro zardo‘zlarining noyob bu namunasi aslida amir vazirlaridan biriniki edi. Polvon to‘nni namatga tashlab, xind choyidan bo‘shagan tunuka bankani oldi. U juda og‘ir edi. Qopqog‘ini ochib ichidagilarni dasturxonga to‘kdi. Buxoro tilla tangalari jaranglab ketdi.
— Bilasanmi, bolam, shu tilla uchun ering sovxoz direktorining ikki oyog‘shsh sindirgan.
Polvon bir to‘rvani oldi. Tugunni yechib ichidagilarni to‘kdi. Ular ayollarning turli xil taqinchoqlari edi. Polvon qiyshiq bir uzukni qo‘liga olarkan, ovozi titrab dedi:
— E xudoyim-a, bu qandoq ko‘rgilik! Uzukka yaxshilab qara, bolam.
Gulandom uzukni qo‘liga oldi. Uzuk negadir doira shaklida emas, tuxumga o‘xshash uzunchoqroq edi.
— Bu uzuk bir xotinning ko‘lidan ombirda tortib chiqarilgan. Bechora xotinning barmoq bo‘g‘inlari ajralib ketib, shalvirab kolgan. Barmoq terisi shilinib, go‘shti chiqib qolgan. Ko‘ryapsanmi, unda ombir izlari qolgan.
Uyulib yotgan tilla taqinchoqlarni titkilab bir medalni oldi.
— Bu uyingdagi ering taqib yurgan soatning egasiniki. Hali hayot. Bu soat bilan medalni Frantsiyada mukofotga berishgan.
Gulandom sapchib o‘rnidan turdi-yu ko‘cha tomonga o‘qdek otilib chiqib ketdi. Polvon taqinchoklarni yana xaltaga soldi. Tilla tangalarni choy kutiga bitta-bittalab sanab tashladi. Buxor tanga roppa-rosa 100 dona chikdi. Nikolayning surati chekilgan tanga bir yuz saksonta edi.
Polvon shu ishlar bilan band ekan, Gulandom kelganini sezmay qoldi.
— Mana, — dedi u, — zirakni chamadonga tashlar ekan. — Mana soat.
Gulandom yugurganda soat mexanizmlari ishlab ketgan edi. Bir-ikki daqiqadan keyin soat sho‘x bir kuyni chaldi. Bu soat o‘lib yotgan Qo‘chqorning bilagida shu kuyni chalib turgandi.
Polvon chamadon tagida yaxshilab kog‘ozga o‘ralgan kitobchaga o‘xshash qattiq bir narsani olib ochdi. Hali taxti buzilmagan, bankdan olingan dollarlar edi.
Chamadonda bulardan tashqari sopiga olmos, brilliant qadalgan xanjar, tillo, kumush kuyma naqshlar qadalgan qizil baxmal kamar bor edi.
Polvon buyumlarni joy-joyiga qo‘yib, chamadon qopqog‘ini yopti.
— Mana, bolam, — dedi Polvon Gulandomga. —Qo‘ynimizda chayon bor ekan. Topgan narsasini iniga tashiydigan kalamush bor ekan.
Ko‘cha tarafda mashina gurillagani eshitildi. Bir ozdan keyin eshikdan bir militsiya mayori bilan Polvonning jiyani kirib keldi. Bu marxum singlisining o‘g‘li Saloxiddin edi.
U tog‘asining ancha o‘ziga kelib qolganidan sevindi. Hol-ahvol so‘radi.
— Jiyan, sendan bitta iltimos. Boshlig‘ingdan ikki kunga ruxsat so‘ra. Manavu mashinada Buxoroga boramiz. Juda zarur ish bor. Yo‘q dema, jiyan.
Salohiddin chakkasini qashlab turib javob qildi.
— Bizda yo‘l harakati oyligi ketyapti. Mayli, bir kunga boray. Boramanu yana samolyotda orqaga qaytaman. Maylimi?
— Mayli, — dedi Polvon jiyanidan xursand bo‘lib.
Kichik jiyani mashinani yuvib, yog‘larini tekshirib safarga tayyor qilib qo‘ydi. Endi ertalab bitta akkumulyator qo‘ysa bo‘ldi. Bemalol ketaversalar bo‘ladi.
Polvon ertasi azonda Salohiddin bilan yo‘lga chiqdi.
Gulandom eshik kesakisiga suyanib mung‘aygancha mashina orqasidan qarab qoldi.
Polvon ertasiga samolyotda qaytib keldi. Uning chehrasi ochiq edi. U umrida bir marta savobli ish qildim, hamma vaqt kurashda polvonlarni yiqitib ranjitardim. Raqiblarim albatta yengilganlari uchun menga rahmat aytmagandirlar. Shularning uvoliga qoldim, deb o‘ylardi.
Polvon qishlokda bir noxushlik ustidan chikdi. Gulandom bir banka kerosinni Qo‘chqorning go‘riga sepib o‘t qo‘yib yuboripti. Go‘r lovullab yonipti. Tepasidagi daraxtlar ham kuyib ketibdi. Gulandomning o‘zi allaqayoqka g‘oyib bo‘pti. Qayoqqa ketgan, tirikmi, o‘likmi, hech kim bilmasdi.
Polvon kechqurun samovarga chiqdi. Choyxo‘rlar bilan hardamxayol, uzuq-yuluq gaplashib, qishloq xalqini ertalab uyiga taklif qildi. «Nima, Polvon aka, yurtga osh berasizmi?» — deb so‘rashgandi, «Ertalab bilasizlar», — dedi u choyxonadan chiqib ketarkan.
Qishlokda osh berilsa, oqsoqollar sabzi to‘g‘rashga kirishadi. Masjid omboridan idish-tovoq olishadi.
Stol-stul, dasturxon degan gaplar bor. Qiziq-ku, he yo‘q, be yo‘q, ertalab uyga chaqiryapti.
Polvon uyga kelib, jiyanidan suv isitib berishni so‘radi. Yuvinib, toza kiyimlarini kiydi. Xufton namozini uzoq o‘qidi. Ikki qo‘lini ko‘kka ko‘tarib, Allohga iltijolar qildi.
— Tangrim, bu jonni o‘zing bergansan. Endi omonatingni ol. Sen bergan jonga qasd qilib gunoxga botishni istamayman. Jonimni o‘zing ol.
Polvon bu gaplarni besh-olti martadan takrorladi. Tog‘ tepasida qimirlamay turib krlgan oyga uzoq tikilib o‘tirdi. Tun osuda. Tiq etgan ovoz yo‘q.
— Bergan ne’matlaringga ming bora shukur. Davridavron surdim, kurashlardan yakkakift bo‘lib chikdim. Xorlikzorlik ko‘rmadim. Endi bas, qiynalib ketdim. O’z bolam meni yurt ko‘zida sharmisor qildi. Omonatingni ol, Alloxim. Bas, endi ketay. Bu dunyoda endi yaxshilar yashasin.
Tongotar maxali Jalol polvonning joni uzildi.
Janozaga qishloqning katta-kichik hammasi keldi. Fakat Nurim sartarosh kelolmadi. Yurt ko‘zida uning yuzi shuvit edi.
Oradan to‘rt kun o‘tib, Chorvoq dengizida cho‘milayotgan bolalar qirg‘okdan bir poy tufli topib oldilar. Bu Gulandomning tuflisi edi.

1999 yil, aprel

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.