OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kuba xalq maqollari (36)

Kubaliklar (o‘zlarini kubanos deb atashadi) — Kubaning asosiy aholisi (10,6 mln. kishidan ortiq). Taxm. aholisining yarmi mulatlar, qolganlari oq tanli va negrlar. Umumiy soni 11,4 mln. kishi. Ispan tilining kuba lahjasida so‘zlashadi. Dindorlari — katoliklar.


• Kambag‘alning qopi to‘lmaydi.
• Tunda sham yorug‘ida eshakning urg‘ochisi ham go‘zal ko‘rinadi.
• Vaqt ayol kabidir: ko‘p va’da berib, kam bajaradi.
• Bekor o‘tgan vaqt uchun o‘liklar ham yig‘laydi.
• Chaqimchi uchun ikki tobut tayyor: biri o‘zi uchun, ikkinchisi tili uchun.
• Agar osmonda yashamasang, noningni o‘zing top.
• O‘lim kelmasidan avval o‘lma.
• Hamma narsa egiladi, lekin haqiqat sinmaydi.
• Ochlik — eshikdan, sevgi — oynadan.
• Ochning tushiga non kiradi.
• Yaxshi maslahatning bahosi yo‘q.
• Xayrli amal maqtovsiz ham go‘zal.
• Yaxshi do‘stlar uzoqdan ko‘rishadilar.
• Va’dadan hech kim qashshoqlashmagan.
• Ilm katta joy egallamaydi.
• Eng yaxshi vino ham mast qiladi.
• Oppoq matoda ham dog‘ bo‘ladi.
• Quyoshning ham dog‘i bor.
• Kim o‘limdan qo‘rqsa, uni asal ham o‘ldiradi.
• Tez va’da bergan uzoq bajaradi.
• Sevmagan tez unutadi.
• Yaxshi boshlangan ish yaxshi tugatiladi.
• Quyosh kirmagan uyga keyin tabib kiradi.
• Tikansiz atirgul bo‘lmaydi.
• Yengiltak ayoldan og‘irroq dard yo‘q.
• Kechasi bolalar urushsa, kunduzi duv-duv gap.
• Birovlar haqida nima deyishayotganini eshit, sen haqingda ham shunday deyishadi.
• Nutq yashash uchun emas, yashay olish uchun zarur.
• Pul va xotin bilan hazil qilma.
• Sevgisiz qalb — gulsiz bog‘.
• Xato qildingmi, uni to‘g‘rilashni ham bil.
• Baxt yuguradi, tog‘ uchadi.
• Yaxshi ish o‘zi gapiradi.
• Yaxshi boshlanish — yarim ish.
• Yaxshi maqol o‘nta kitobga teng.
• Inson nimadan qo‘rqsa, o‘shandan o‘ladi.

D.Tojialiyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.