OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1101-1200)

1101. Kufa shahrini qurgan sahobiy kim?
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos

1102. Bir ulug’ sahobiy shahodat kalimasini keltirganlarida Rasululloh s.a.v: "Sening aqlingni ko’rib ,buaql faqat yahshilikka olib boradi, deb umid qilgan edim", deganlar. Rasululloh s.a.v. bu muborak lafzlarini qaysi sahobiyga qarata aytganlar?
Javob: Xolid ibn Valid

1103. Rasulullohning s.a.v. onalari vafot etganlarida bir dodaklarini (cho’rilarini) qo’lida qolganlar. Bu cho’rilarini ismi nima edi?
Javob: Ummu Ayman r.a.

1104. Rasulullohni s.a.v. emizgan ayol(Halima) qaysi qabiladan edilar?
Javob: Bani Sa’d.

1105.Rasululloh s.a.v. Shom safariga kelganlarida muborak oyoq izlari bir toshga tushib qolgan ekan. Bu tosh bir masjidda saqlanadi. Bu masjid joylashgan qishloqni nomi nima?
Javob: Qadamun Nabiy

1106. Tarix kitoblarida keltirilishicha Baytulloh juda ko’p marta buzib qayta qurilgan. Baytullohni 7-marta qayta qurilishini Rasulullohning  s.a.v. qaysi bobolari amalga oshirgan?
Javob: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Qusay ibn Kilob

1107. Baytullohni 8-marta qayta qurilishini qaysi qabila amalga oshirgan va bunda Rasululloh s.a.v. necha yoshda bo’lganlar?
Javob: Quraysh qabilasi, 35 yoshda edilar.

1108. Islom nuri yer yuzini charog’on qilganidan keyin ilk marta to’kilgan qon qaysi sahobiy tomonidan to’kilgan?(Musulmonlar va mushriklar o’rtasida chiqqan birinchi va kichik urush)
Javob: Bu kichik urush qurolsiz bo’lgan. Bunda ilk qon Hazrati Sa’d ibn Vaqqos tomonidan to’kilgan.

1109. Yahyoning (a.s.) qabrlari qaysi shaharning qaysi jome’ida joylashgan?(Shaharning eski nomini keltirishnigiz mumkin)
Javob: Damashq, Shomi sharif shahrining Bani Umayya jome’sida

1110. Alloh taoloning qudrati bois ikki dunyoda va yer osmon oralig’idagi jamiki narsa paydo bo’ldi. Bir narsa borki Alloh taolo bilmaydi. Bu nima?
Javob: Alloh taolo O’ziga o’hshash narsani bilmaydi!

1111. Yana bir narsa borki, bu narsa faqat Alloh taoloda yo’q. Bu narsa nima?
Javob: Alloh taoloda uyqu yo’q.

1112. Joni va boshi yo’q,lekin yemish yeydi. Bu narsa nima edi?
Javob: Hazrati Muso a.s.ning asolari.

1113. Bu dunyoda asosiy hisoblangan ikkiliklar bor(Isnayn) Bular nechta va qaysilar?
Javob: Erkak va ayol, yer va osmon, tun va kun, quyosh va oy, jannat va do’zah, Iymon va kufr, hayot va o’lim, yahshilik va yomonlik, Arsh va Kursi, Lavh va Qalam, ilm va amal, Husn va ishq.

1114. Namozi Vitrni birinchi bo’lib kim va qayerda o’qigan?
Javob: Namozi Vitrni birinchi bo’lib Rasululloh s.a.v. Me’rojga chiqqanlarida o’qiganlar. (Rasululloh s.a.v. Me’rojga chiqqanlarida jamki farishtalar u kishiga:"Yo,Rasululloh s.a.v. siz jami payg’ambarlarni Hotamidirsiz",-deyishgan. Shunda Rasululloh s.a.v. buning shukronasiga Uch rakat namoz o’qidilar.Bu namoz barcha ummatlariga Vojib bo’lib qoldi).

1115. Bu dunyoda ikki narsa bor. To qiyomatgacha biri qochadi, biri esa quvadi. Bu narsa nima?
Javob: Tun va Kun.

1116. Bir kecha kunduzda necha rakat namoz bor?Necha rakat Farz,sunnta va vitr ekanligini aniqlang?
Javob: 32 rakaat: 17 rakaat farz, 12 rakaat sunnat, 3 rakaat vitr.

1117. Bu namozlarda esa nechta ruku’, sujud, takbir va tasbeh bor?
Javob: 32 ta ruku, 64 ta sajda, 160 ta takbir, 165 ta tasbeh bor.

1118. Mayyitga o’qiladigan janoza namozida nima uchun azon va takbir aytilmaydi?
Javob: Inson dunyoga kelganida sunnatga muvofiq o’ng qulog’iga azon va chap qulog’iga takbir aytiladi.Shu azon va takbir o’lim namozinikidir.

1119. Boshqa namozlarda ruku’ va sujud bor? Nima uchun janoza namozida yo’q?
Javob: Alloh taolo Qiyomatda kofirlarga: "Nima uchun mendan boshqaga sajda qildinglar?" deya so’raydi. Shuning uchun murdaga sajda qilishlikni man qilishgan.

1120. Tarixdagi Bobil imperiyasi qaysi hududda joylashgan edi?
Javob: Mesopatamiya

1121. Qadimgi grek xalqlarining "Illiada" va "Odissey" dostonlarini kim yozgan?
Javob: Gomer

1122. "Muxosara" so’zining ma’nosi nima?
Javob: Qamal

1123. Samud qavmining Payg’ambari Solih a.s. Quroni Karimning necha joyida zikr qilingan?
Javob: To’qqiz joyida zikr qilingan.

1124. Bu dunyoda Alloh taolo yaratgan ikki narsa bor. Ular hech qachon dam olmay yurishadi. Bu ikki narsa nima?
Javob: Bu ikki narsa - Oy ila Kundir.

1125. Bu dunyoda bir daraxt bor. Bu daraxtni mevasini Jannatda ham payg’ambarlar yeb do’st tutishadi. Bu daraxt nima?
Javob: Bu daraxt - Xurmo.

1126. Alloh taolo tomonidan payg’ambarlarga necha noma tushgan? Va bu nomalar qaysi payg’ambarlarga tushgan?
Javob: Alloh taolo tomonidan nomalar Hazrati Odam a.s. Hazrati Shis a.s. Ibrohim a.s. va Hazrati Idris a.s. larga tushgan.

1127. Qur’oni Karimni nima uchun "Furqon" deya atashadi?
Javob: Bu muqaddas kirobning "Furqon" deb atalishiga uning bo’lim-bo’lim, ajralib - ajralib nozil bo’lgani sabab bo’lgan. Chunki boshqa Ilohiy kitoblar birdaniga nozil qilingan.

1128. So’fiylik qaysi payg’ambardan qolgan? Shokirlik qaysi payg’ambardan qolgan? Zokirlik qaysi payg’ambardan qolgan? Oriflik-chi?
Javob: So’fiylik - Odam Safiyullohdan. Shokirlik(Shukr qilish) Nuh a.s.dan. Zokirlik Zakariyo a.s. dan. Oriflik esa - Hazrati Ayyub a.s.dan qolgan.

1129. Nechta payg’ambar podshohlik qildilar? Mag’ribdan mashriqqacha necha kishi podshohlik qilgan? Ulardan nechasi mo’min, nechasi kofur bo’lgan?
Javob: To’rtta payg’ambar podshohlik qildi: 1. Sulaymon a.s. 2.Hazrati Yusuf a.s. 3. Hazrati Iskandar Zulqarnayn. 4. Hazrati Muhammad s.a.v. Mag’ribdan Mashriqqacha to’rt kishi podshohlik qilgan. Ikki mo’min, ikkisi kofir. Mo’min: 1. Hazrati Sulaymon a.s. 2. Hazrati Iskandar. Kofir: 1. Shaddod. 2. Namrud.

1130. Fil voqeasida Paygambarimizning bobolari Abdulmuttolib bilan Abrahaning urtasida bir ajoyib suhbat bulgan. Bu suhbatda Abdulmuttolib Abrahadan uz ehtiyojini suragan.  Abraha...  seninig dek viqorli insondan buning dek mayda narsani surashingni kutmagan edim dedi shunda Abdulmuttolib Abrahaga qanday javob bergan edi?
Javob: Tuyalarini so’ragan. Nega Ka’bani so’ramaysan deganda, Ka’ba Allohniki, uni o’zi saqlab oladi degan.

1131. Paygambarimizning (s.a.v) azvoji muhtaramalari orasida bir ayol bulganki doimiy bir sifati bilan boshqalari orasida maqtangan u ayolning ismi nima? Va maqtanishiga sabab bulgan sifatlari nima edi?
Javob: Zaynab onamiz hammangizning nikohingizni insonlar o’qigan. Mening nikohimni Alloh o’qigan deb maqtanar edilar.

1132. Dunyodagi eng katta zulm nima?
Javob: Bizni yaratgan va rizqlantirgan ALLOHga shirk keltirishdan kattaroq zulm yo’q.

1133. Eng katta omonatni bilasizmi?
Javob: Eng katta omonat ahdga vafo qilmoqlik.

1134. Kechirilmas xiyonat qaysi?
Javob: Omonatga qilingan xiyonat eng katta hamda kechirilmas  xiyonat.

1135. Oilada farzand tugildi ... ota-onaning dunyo va ohiratda qarzdor bulishiga sabab bulgan birinchi ish? U nima?
Javob: Qulog’iga azon aytib, ism berish.

1136. Sud zalida ulimga hukm qilingan bir mahkum: "Men harbiy bulganman umrimning songgi daqiqasida ojiz gunohkorga uhshab osilishimni istamayman balki harbiylarga hos tarzda otib o’ldirilishimni surayman" degan. Bu so’zlar qaysi taniqli shaxsga tegishli?
Javob: Saddam Husayn

1137. "Hech birovga xolis hizmat qilganmisiz" bu sozlar qaysi mashhur ozbek yozuvchisining mashhur asaridan olingan?
Javob: G’afur G’ulomning "Yodgor" qissasidan olingan.

1138. Paygambarimiz (s.a.v) ning davrlarida paygambarlik da’vo qilgan kishi kim? Va uning da’vosiga nima sabab bulgan?
Javob: Musaylama kazzob

1139. U 7 yoshida qur’onni komil yod oldi, 8 yoshida odamlarga imomlik qildi, 9 yoshidan boshlab hadis yig’di. Kunlardan bir kun otasi tushida uni payg’ambar alayhissalomning qo’llari orasida qo’lidagi idishdan toshchalar olib payg’ambar qo’llariga tashlayotganini ko’rdi. Shunda payg’ambarimiz unga qarab o’g’ling tez orada islomdan ko’p narsalarni o’rganadi islom shariatidan dars beradi dedilar. U qaysi olim?
Javob: Abu Ja’far Muhammad ibn Jariyr At-Tobariy

1140. Hajjul mabrurning jazosi nima?
Javob: Paygambarimiz sollaallohu alayhi vasallam: {va hajjul mabrur laysa lahu jazaun illa aljannah} ya’ni qabul bo’lgan hajning jannatdan uzga jazosi yo’qdir, deb marhamat qildilar.

1141. Imom Muslim tug’ilgan shaharning nomi?
Javob: Nishopur

1142. Olam yaralganidan beri payg’ambarlardan boshqa uch insonga siddiqlik sifati berilgan ular kimlar?
Javob: Abu Bakr Siddiq, Oisha siddiqa, Maryam binti Imron

1143. O’zbekistonda 1993 yil qanday nom bilan atalgan edi?
Javob: Ahmad Yassaviy yili

1144. YUNESKO tomonidan butun dunyoda 2007 yil qanday yil deb e’lon qilindi?
Javob: Jaloliddin Rumiy yili

1145. Turkmanboshi Saparmurod Niyozov qaysi shaharga dafn etildi?
Javob: O’zi tug’ilib o’sgan Qipchoq shahrida qurdirgan masjid yaqiniga dafn etildi.

1146. Gazeta so’zining asl ma’nosi nima? Qaysi tildan olingan?
Javob: Tanga, italyan tilidan.

1147. Gomerning "Illiada" dostonida Sparta va Troya urushiga sababchi bo’lgan go’zal kim edi?
Javob: Yelena

1148. Ma’lumki Payg’ambarimiz ayollarni uyda o’qilgan namozlarini afzal deb marhamat qilganlar lekin bir namozda ayollarni erkaklar orqasida turib o’qishlikka buyurganlar. Bu qaysi namoz?
Javob: Hayit namozlari.

1149. O’zbekiston BMTga qachon a’zo bo’lgan?
Javob: 1992 yil 2-mart

1150. Yolbars terisini yopingan pahlavon dostoni muallifi kim?
Javob: Shota Rustaveli

1151. Konstantinopol (Istanbul)ni fath qilgan musulmon fotihi kim?
Javob: Turk sultoni Fotih Mehmet Ikkinchi

1152. Eng birinchi SMS qaysi davlatdan jo’natilgan?
Javob: Finlandiya

1153. Rasululloh SAVni ilk dafa emizgan ayol kim edi?
Javob: Rasululloh s.a.v.ni birinchi bo’lib uch kun onalari Omina, keyin esa amakilari Abu Lahabning joriyasi Suvayba ismlik ayol emizgan.

1154. Rasulullohga Abu Tolibning uyida enagalik qilgan ayol kim edi?
Javob: Ummu Ayman.

1155. Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" kitobidagi bir hadisda bayon etilishicha, paygambarlarning hammalari qaysi hunar(kasb) bilan shug’ullanishgan?
Javob: Cho’ponlik.

1156. Qalam surasining 10-16-oyatlarida ta’riflangan qasamxor, past, tuhmatchi, giybatchi, baxil, haddidan oshgan, gumroh, qopol, ustiga-ustak otasi nomalum odam kim edi?
Javob: Holid ibni Validning otasi mushrik Valid ibni Mug’ira

1157. Asadulloh (Allohniung sheri) laqabli paxlavon sahobiy kim edi?
Javob: Amir Hamza

1158. Madinaga birinchi bo’lib hijrat qilishga chiqqan sahoba kim?
Javob: Abu Salama

1159. Muhojirlar orasida Madinada tug’ilgan birinchi chaqaloq kim?
Javob: Abdulloh ibn Zubayr r.a.

1160. Badr g’azotida muslmonlar bayrog’ini kim ko’targan edi?
Javob: Musab ibn Umayr

1161. Badr g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’lgan edi?
Javob: 14 kishi

1162. Badr g’azoti qaysi oyda bo’lgan edi?
Javob: Ramazon

1163. Sahoba Abdulloh ibn Mas’ud "Men payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomninig ashoblari orasida dunyoga mehr qo’ygan inson yo’q deb o’ylardim hattoki uhud jangidagi bir oyat tushgunicha degan ekanlar. U qaysi suraning qaysi oyati?
Javob: Oli-Imron surasining 152-oyati, vallohi a’lam:
152. Alloh oz vadasining ustidan chiqdi  sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (paygambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi korgan narsani (yani galabani) kozingizga korsatib qoyganidan keyin paygambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. Songra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan galaba qilish orniga maglubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bolgan zotdir.

1164. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga: "Ummatim orasida halol va haromni eng yahshi biluvchi inson’,-deya ta’rif berganlar. Bu sahobiy kim edi?
Javob: Muoz ibn Jabal

1165. Rasululloh s.a.v:"... qiyomat kuni ulamolarning imomi bo’ladi’, deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Muoz ibn Jabal

1166. Birinchi hijriy yilning ilk kuni nechanchi melodiy yil,oy va kuniga to’g’ri keladi?
Javob: Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga to’g’ri keladi.

1167. Oyisha r.a. ta’rifi bilan "oz qavmi uchun goyat sharofatli ayol" bo’lgan, Rasulullohga turmnushga chiqqanidan keyin butun qavmi musulmon bo’lgan mo’minlar onasi kim edi?
Javob: Juvayriya binti Horis

1168. Habashistonga hijrat qilgan, biroq kop otmay gumrohlashib nasroniy diniga kirgan murtad kim edi?
Javob: Ubaydulloh ibn Jahsh

1169. Xaybar g’zaotida Rasululloh SAV: "Ertaga bayroqni shunday bir odamga tutqazamanki, u xudo bilan paygambarni jon-dildan sevadi. Bunday odamni Olloh bilan paygambar ham yaxshi koradi", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar osha suyukli kishi ozlari bolib chiqishini orzu qildilar. Ertasi kuni Rasululloh bayroqni kimga topshiradilar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib

1170. Payg’ambar alayhissalom: "Sening aqlli odamligingni bilardim, fahmu farosating seni hidoyatga yetaklashidan umidvor edim", deb kimga marhamat qilganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.

1171. Payg’ambar alayhissalomga bag’ishlangan mashhur "Qasidai burda"ning muallifi kim?
Javob: Ka’b ibn Zuhayr

1172. Rasululloh s.a.v.ga farz hisoblangan, biz ummatlariga esa sunnat hisoblangan namoz qaysi?
Javob: Tahajjud namozi

1173. Rasululloh s.a.v.ga farz bo’lgan, ummatlariga esa sunnat bo’lgan amal qaysi?
Javob: Misvok ishlatish.

1174. Rasululloh SAV qatnashgan eng so’nggi g’azot qaysi edi?
Javob: Tabuk g’azoti.
 
1175. Rasululloh SAV qatnashgan eng so’nggi g’azotda bayroqni kimga tutkazgan edilar?
Javob: Rasululloh SAV qatnashgan eng so’nggi Tabuk g’azotida bayroqni Abu Bakr Siddiq r.a.ga topshirgan edilar. Bu xalifalikni Abu Bakrga o’tkazilishiga dalolat edi.

1176. Rasululloh SAV mol-mulki ko’payishjini duo qilib, bashorat bergan, vafot etganda, tort xotinining har biriga sakson ming dinordan meros tekkan sahoba kim edi?
Javob: Abdurahmon ibn Avf

1177. Payg’ambarimizning sirlari deb nom olgan sahoba kim nima uchun shunday nom olgan?
Javob: Huzayfa ibn Yamon - "Sirrun nabiy" (ya’ni payg’ambarimiz u zotga bir sirni aytganlar)

1178. Avval juda faqir bo’lib, keyin badavlat bo’lib ketgan, bir kunda 30ta qulni ozod qilgan sahobiy kim?
Javob: Abdurahmon ibn Avf

1179. O’z ta’limoti bilan shialik imomatiga asos solgan, halifalik faqat Ali r.a. avlodlariga tegishli, degan g’oyani ilgari surgan sahobiy kim?
Javob: Abu Zarr G’iforiy

1180. Malumki, musulmon kishi uchun eng kerakli ilmlardan biri bu aqoid ilmidir. Agar insoning aqidasi to’g’ri bo’lsa u hech qachon adashmaydi, inshaalloh. "Aqida" so’zining manosi nima?
Javob: Bu so’z arabcha "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam boglash degan ma’noni bildiradi.

1181. Qur’oni Karim tafsiri bo’yicha katta bilimga ega bo’lganliklari uchun "tarjimanul Qur’on" laqabini olgan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

1182. Rasululloh s.a.v: "Kim jang qilmoqchi bo’lsa ... kabi jang qilsin", deganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Osim ibn Sobit

1183. Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga "Muborak honadonni muborak kishisi" deya tarif berganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Sobit ibn Qays al-Ansoriy

1184. Qur’onda har bir surani o’qishdan avval Allohni ismi zikr qilinadi lekin bir sura bor uni o’qishdan avval Allohning Rahmon va Rahimlik sifatlari tilga olinmaslik kerak bu qaysi sura?
Javob: Tavba surasi.

1185. Alloh bizni nima uchun yaratdi? Bunga Quroni Karimdan dalil keltiring.
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. "Men jin va insni faqat Ozimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Vaz-zoriyot, 56).

1186. Rasululloh SAV "Olloh senga najot bersin, badaningdagi soch va tuklaringni barokatli qilsin", deya duo qilgan, duoning sharofati bilan yetmish yil umr korib, dunyodan xuddi on besh yashar boladek navqiron bolib otgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Qatoda

1187. Muhammadning  s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning  r.a. farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim? Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan yollangan?
Javob: Tarixiy asarlarda kelishicha, Imom Hasanning r.a. qotili o’zining ayoli Qays ibn Eshyos qizi Jiyda bo’lgan. Va buni Muoviya ibn Abu So’fyon yollagan.

1188. Imom Husayn r.a. va u zotning qarindoshlarini qatl qilish uchun yuborilgan lashkar orasidan Imom Husayn tomonga bir ksihi o’tadi. Bu kishi ushbu fojeada birinchi shahidlikka erishadi. Bu kishini ismi nima?
Javob: Bu zot Riyoh o’g’li Huyur.

1189. Islom olamida pochtani tashkil qilgan sahobiy kim?
Javob: Hazrati Umar.

1190. Bizga ma’lumki inson avvali tuproqdan yaratilgan va yana tuproqqa aylanadi. "Tuproq" so’zi bilan tugaydigan sura qaysi???
Javob: Bu sura "Naba’" surasi bo’lib, uning so’nggi oyati shunday: 40. (Ey Makka kofirlari), darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe boladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi ozi qilib otgan narsani (yani barcha yaxshi-yomon amallarini) korur va kofir kimsa: Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam-(u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam), deb qolur.

1191. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Bu surani avvalgi o’n oyatiga, kimda kim to’la holda rioya qilib umr o’tkazsa, u shubhasiz jannatning eng ulug’i sanalgan Jannatul Firdavs merosh’ori bo’ladi....". Bu sura qaysi?
Javob: Mo’minun surasi.

1192. Qaysi sura "Ummul qur’on" deya sharaflanadi?
Javob: "Fotiha" surasi.

1193. Yahudiylar kim birinchi bo’lib Islom dinini qabul qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Salom.

1194. Uhud jangida ko’pgina ashoblar shahid bo’lganlar.Uhud jangidan keyin makkalik Sulofa sahobiylardan birining boshi uchun yuzta tuya va’da qilgan bu sahobiy kim edi?
Javob: Osim ibn Sobit.

1195. Boshi uchun yuzta tuya va’da qilingan sahobiyni Alloh o’z fazlu marhamati bilan go’zal tarzda boshini mushriklar qo’liga tushishdan saqlaydi bu "muhofza" sababi bo’lgan jonzotlar qaysi jonzotlar?
Javob: Osim ibn Sobit.

1196. Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini ochiq-oshkor oqigan, Qur’oni karimni Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan buyuk sahobiy kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1197. Rasululloh SAV hayotlarida oxirgi marta uylangan mo’minlar onasi kim?
Javob: Hazrati Maymuna.

1198. Rasululloh SAV:"Meni Yaratgan Rabbimga qasamki, undan  boshqa hech birlarining yotoqlarida menga vahiy kelmaydi’, dedilar. Rasululloh s.a.v. bu muborak so’zlarida qaysi mo’minlar onasini nazarda tutganlar?
Javob: Payg’ambarimiz bu so’zlarida ummul mu’minin Oishani (Roziyallohu anho) nazarda tutganlar.

1199. Fir’avnning ayoli, hazrati Osiyo r.a.ni Allohga bo’lgan iymonlari uchun Fir’avn juda og’ir jazolar bilan jazolaydi. Shunda Osiyo onamiz Allohga bir ulug’ duo qilib yolboradilar. Alloh taolo u zotning duolarini ijobat qiladi. Bu muborak duo Qur’oni Karimning qaysi surasining nechanchi oyatida kelgan?
Javob: Bu muborak duo Tahrim surasining 11 oyatida kelgan. 11. Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular ozlari haqiqiy momin bolsalar, yaqin odamlarining kofir holda bolishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Firavnning ayolini misol keltirdi. Oshanda (yani, Firavn u ayolning Muso paygambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chogida) u: Parvardigorim, Ozing men uchun huzuringda  jannatda bir uy bino qilgin, menga Firavn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin, dedi.

1200. Birinchi shohlardan bo’lgan sahoba?
Javob: Muoviya r.a.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.