OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bug‘do Abdulla (1941)

Bug‘do Abdulla 1941 yili Qashqarning Yengisar tumanida tug‘ilgan. 1965 yili Shinjon universitetining adabiyot fakultetini bitirgan. Hozirda Shinjon universitetida ishlaydi. Asarlari 1956 yildan e’lon qilina boshlagan.

Mashhur kitoblari: "Yelkan", "Qiz qal’asi", "Yozuvchilik bilimi" (ilmiy asar), "Yozuvchilik mahorati" (ilmiy asar). Uning ayrim asarlari mamlakatldagi oz sonli millatlar adabiyoti bo‘yicha "Tulpor" mukofotiga, Shinjon "Tangritog‘ adabiyot va san’at mukofoti"ga sazovor bo‘lgan.

DENGIZ, YAPROQ, SOHIBJAMOL

Dengiz...
Uni yashil yaproq deyar emishman,
Go‘zalim turganmish ustida.
Men sohildan ko‘rib,
Hayron bo‘lar emishman.
Go‘zalim qo‘lini qanotdek yoyib,
Mahkam turarmish.
Bir zumdan keyin
u o‘zini suvga otarmish.

Oh, menga jabr!
Yuragim qinidan chiqquday...
Vaqt o‘tar emish,
Ichimni it tatalar emish,
U ko‘rinmasmish,
Ko‘rinmasmish hech!
Nogahon
Otilib chiqqanmish sohilga,
Qo‘llarida qadimiy shamshir...

Uyg‘ondimu bildim:
Bu tushim.
Dedim:
Gavhar — mangu gavhar.
Shamshir — qadim javohir.
U hamon qadrli
Suv ostida ham,
Yer ustida ham...

Emin Usmon nashrga tayyorlagan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.