OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Jonibek Subhon (1944-2008)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/jonibek_subhon.jpgJonibek Subhon (Jonibek Suvonqulov) 1944 yil 9 iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. «Sirdaryo haqiqati» gazetasida (1970—1980), O‘zTAGning (hozirgi «O‘zA») Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri (1980—1984), Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi (1984—1986), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida (1986 yildan) ishlagan.

Birinchi she’riy to‘plami «Zangori ufqlar» 1978 yilda chop etilgan. «Qirralar» (1988), «Ota makon» (1991), «Tazarru onlari» (1993), «Silsila» (1994), «Ro‘yo» (1994) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, u «Senga intilaman» (1987), «Katta hayot bo‘sag‘asida» (1987), «Zamon qo‘ng‘irog‘i» (1990) to‘plamlarining ham muallifi.

Jonibek Subhonning aruz vaznida yozilgan «Bezovta ruh» dostoni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan.

«Pariqishloq» rivoyati, «Madyanlar fojeasi» dostoni, qator g‘azallari aruz vaznida yozilgan. Bolalarga atab yozilgan she’rlari, «Suva-raknoma» majoziy dostoni bor.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.