OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Amirqul Karim (1960)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/amirqul_karim.jpgAmirqul Karim – shoir, publitsist va tarjimon. 1960 yilda Shahrisabzda tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining va Sankt-Petrburg Davlat universitetining Jurnalistika fakultetlarida, Hindistondagi Javarla’l Neru universitetining Ommaviy axborot vositalari institutida tahsil olgan.

“Turkiston” gazetasi, “Yosh kuch” jurnalida xodim, bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida xalqaro axborot tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekiston Milliy matbuot markazi raisi, “Hurriyat” gazetasi Bosh muhariri vazifalarida xizmat qilgan. Ayni paytda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi vazifasida ishlab kelmoqda.

U “Amir Temur o‘gitlari” (1990) kitobi hammualliflaridan biri, V.Cherevanskiyning “Amir Temur” tarixiy qissasi (1993), Nobel mukofoti laureati J.Steynbekning “Javohir” qissasi (2000), rus shoiri V.Visotskiyning “Taqiqlangan qo‘shiqlar” she’rlar to‘plami (2006) tarjimoni.

“Shabnam terayotgan quyosh” she’riy majmuasi (2011), “Basyo yurti mo‘‘jizalari” publitsistik kitobi, “Mukammal insonni izlab”, “Tarixning uzilgan parchasi” maqolalar turkumi muallifi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.