background
logotype

http://www.ziyouz.uz/images/stories/jahon_adab/alber_kamu.jpgAlber Kamyu 1913 yil 7 noyabrda Jazoir shahrining qashshoq kanarosida dunyoga kelgan. U bir yoshda ekanligida otasi gospitalda vafot etgan. Oilani boqish uchun onasi boy xonadonlarda uy xizmatchisi bo‘lib ishlaydi. Alber Jazoir universitetida o‘qiydi, 1935 yilda teatr tashkil etadi, 1937 va 1939 yillarda uning dastlabki ikkita lirik essesi bosib chiqarilgan. 1940 yil bahorda Kamyu Parijga keladi va yirik gazetalardan birida ishlay boshlaydi, fashistlarga qarshi harakatlarda ham faol qatnashadi. 1957 yil yozuvchiga Nobel mukofoti berilgan. Alber Kamyu 1960 yil 4 yanvarda rojdestvo kunlaridan keyin Parijga kelayotib yo‘lda avtomobil halokatidan vafot etadi.
Asarlari: «Begona», «Vabo», «Baxtli o‘lim», «Inqiroz», «Kaligula», «Qamal holati», «Anglashilmovchilik», «Sizif haqida isotir», «Astar va qiyofa», «Nemis do‘stsh maktub», «Isyon qilayotgan odam», «Nikoh», «Yoz», «Ijod va erkinlik», «Quvg‘inlik va saltanat» va boshq.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.