background
logotype

Alfons Dode (fr. Alphonse Daudet; 1840—1897) — frantsuz romannavisi va dramaturgi. Frantsiyaning Nima shahrida tug‘ilgan. Lionda maktab ta’limini olgan. 
«Tegirmonim maktubi» (1866) nasriy asarlar to‘plami unga katta muvaffaqiyat keltirdi. Dode pesalaridan eng mashhuri — «Arlezianka» dir (L’Arlsienne, 1872). 
Yozuvchi 1897 yili 17 dekabrda Parijda vafot etadi.
Uning «Kichik Fromon va katta Risler» (Fromont jeune et Risler an, 1874), «Safo» (Sapho, 1884), «Jek» (Jack, 1876), «Nabob» (Le Nabab, 1877), «Surgundagi qirollar» (Les Rois en exil, 1879), «Taraskonlik Tartarenning g‘aroyib sarguzashtalari» (1872), «Tartaren Alp tog‘larida» (1885), «Port Taraskon» (1890) romanlari, «Arlezianka» (1872), «Borliq bilan kurash» (1889) pesalari, «Adabiyotshunos xotiralari» (1888), «Parijda 30 yil» (1888) adabiy xotiralari chop etilgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Alfons Dode. So‘nggi saboq (hikoya)
Alfons Dode. Madu (hikoya)
Alfons Dode. Boker dilijansi (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.