background
logotype

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/amrita_pritam.jpgPritam Amrita (1919.31.8, Panjob, Gujranvala sh., - 2005.31.10) — hind shoirasi, adibasi. Panjobi, hind tillarida ijod qilgan. Ijodining dastlabki davrida R. Tagor shaxsiyati va ijodining ta’siri kuchli bo‘lgan. Dastlabki she’riy to‘plamlari — «Sovuq nurlar» (1935) va «Amrita to‘lqinlari» (1936). Hozirgi hind adabiyotining eng nomdor vakillaridan bo‘lgan. Pritam 100 dan ortiq asar (jumladan, 20 dan ortiq she’r, doston va qo‘shiklar to‘plami 30 dan optiq roman va qissalar), 200 dan ortiq hikoya va ocherklar muallifi. Adibaning asarlari 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va nashr etilgan. Pritam she’rlari rus tilida 1957 yildan beri nashr etiladi: «Qora gul» (1971, Toshkent), «Qalblar asrori» (1977, Olma-ota) va boshqa Pritam butun ijodiy faoliyati davomida «ayollar mavzui» bilan qiziqqan va hoz. insonning ma’naviy holatini ifodalay olgan yaxlit ayol xarakterini yaratgan. She’rlari Zulfiya tarjimasida uzbek matbuotida chop etilgan. U G‘afur G‘ulom, Oybek, Zulfiya, Asqad Muxtorning ba’zi asarlarini panjobi tiliga tarjima qilgan. Hindiston Adabiyot akademiyasining mukofotini olgan (1956), «Qog‘oz va yelkan» she’rlar to‘plami uchun Gyanpitx mukofotiga sazovor bo‘lgan (1982).

Фильтр
Кол-во строк: 
Amrita Pritam. Amakri (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.