background
logotype

http://ziyouz.uz/images/jahon-adabiyoti/axtaruzzamon_ilyos.jpgYozuvchi Axtaruzzamon Ilyos (1943-1997) asli mohir pedagog bo‘lgan. U Bangladesh adabiyotida mustaqillikdan so‘ng maydonga chiqqan eng buyuk qalam ustasi hisoblanadi. Garchi bitgan asarlari soni ko‘p bo‘lmasa ham, atigi ikkita romani (“Boloxona posboni” va “Xobnoma”) hamda yigirma ikkita hikoyalari bilanoq Axtaruzzamon Bangladesh va G‘arbiy Bengaldagi ko‘zga ko‘ringan adib sifatida tan olingan. Inson fe’l-atvorini nozik his qilishi, jism va ruh o‘zgarishlarini o‘zgacha tasvirlashi, o‘tkir zakovati va yumor tuyg‘usi, munofiqlikni achchiq kinoya qilishi, tarix va siyosatni yaxshi bilishi, estetik uyg‘unlik kabilarning asarlariga ko‘chishi natijasida Axtaruzzamon Ilyos Bangladesh adabiyoti osmonida havas qilgulik darajaga ko‘tarildi.

Фильтр
Кол-во строк: 
Axtaruzzamon Ilyos. Yomg‘irpo‘sh (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.