background
logotype

Rus yozuvchisi. “Yalang‘och yil” (1921), “Bo‘ron” (1922), “Uchinchi poytaxt” (1923), “Qizil daraxt” (1929) “Volga Kaspiy dengiziga quyiladi” (1930) kabi asarlari bilan shuhrat qozongan. 
Ijodida rus mumtoz adabiyoti va g‘arbdagi turli adabiy oqimlarning ta’siri ochiq seziladi.
“So‘nmagan oy qissasi” yozuvchining eng yaxshi asarlaridan biri. U real hayotiy voqealar asosida yozilgan. Ma’lumki, 1925 yilda mashhur qo‘mondon Mixail Frunze Stalinning ko‘rsatmasiga muvofiq majburan operatsiyaga yotqizilgan va ko‘p miqdorda yuborilgan xloroformdan zaharlanib, olamdan o‘tgan edi. Oldindan rejalashtirilgan bu qotillik haqida ana shu yillarda hatto gapirish ham mumkin emas edi. Yozuvchi B.Pilnyak “So‘nmagan oy qissasi”da mazkur voqeaga doir o‘z nuqtai nazarini dadil ilgari suradi. Asar nashr etilishi bilanoq yig‘ishtirib olinadi va yo‘q qilinadi. 
Yozuvchi 1937 yilda soxta ayblar bilan qamalib otib tashlanadi. Vafotidan keyin 1956 yilda oqlangan. Asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Boris Pilnyak. So‘nmagan oy qissasi (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.