background
logotype

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/nushich.jpgNushich Branislav (1864.8.10 - Belgrad - 1938.19.1) - serb yozuvchisi, dramaturgi. Serbiya Fanlar akademiyasi akademigi. (1933). 1915—18 yillarda muhojirlikda yashagan. O‘tkir hajviy asarlarida Serbiyada siyosiy tuturiqsizliklarni, saylovlarning soxtaligini, politsiya byurokratizmini qattiq qoralagan («Xalq deputati», 1883; «Proteksiya», 1888; «Oddiy kishi», 1899 va b.). «Ramazon oqshomlari» (1898, hikoyalar to‘plami), «Tashula» (1902) qissasi sharq ekzotikasi mavzuiga bag‘ishlangan. Nushich «Bir ming to‘qqiz yuz o‘n beshinchi yil» (1916) asarida vatanparvarlarning 1-jahon urushiga nafratini ifodalagan. «Mister dollar» (1932), «Iztirob chekkan oila» (1935), «Doktor» (1936), «Murda» (1937) komediyalari Nushich satirik iste’dodining yangi parvozi bo‘lgan. Nushich ijodi hajviy va yumoristik pafosining kuchliligi bilan jahon adabiyotida muhim o‘rin tutadi va ko‘plab yozuvchilar ijodiga samarali ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Tarjimai holim», 1970; «Kikandon mashmashalari», 1981 va b.).

Фильтр
Кол-во строк: 
Branislav Nushich. Tarjimai holim (qissa)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.