background
logotype

Taniqli adib va rassom Ernest Seton-Tompson (Ernest Thompson Seton) 1860 yil 14 avgustda Angliyada tavallud topgan. Uning avlodlari tog‘liklardan bo‘lib, Ernest 6 yoshda ekanligida ularning oilasi Kanadaga ko‘chib keladi. Bo‘lg‘usi adib shu yerda maktabga boradi, juda ko‘p ilmiy-badiiy asarlarni mutolaa qilib tabiat, hayvonlar, inson va tabiat munosabatlarini tasvirlovchi animalist rassom hamda iste’dodli yozuvchi bo‘lib yetishdi. Uning asarlari jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi.
Asarlari: «Men bilgan jonivorlar», «Quvg‘indilar taqdiri», «Hayvonlar - qahramonlar», «Mitti yovvoyilar», «Rolf o‘rmonda», «Jonivorlar haqida hikoyalar», «Shimoliy hayvonlar hayoti» (2 jilddan iborat), «Yovvoyi hayvonlar hayoti» (4 jilddan iborat), «Yovvoyi yo‘rg‘a» va boshq.
«Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyalar to‘plami Tog‘ay Murod tomonidan 1989 yilda o‘zbek tiliga o‘girilgan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi erkinlik va ozodlikdir.

Фильтр
Кол-во строк: 
Ernest Seton-Tompson. Yovvoyi yo’rg’a (romandan parchalar)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.