background
logotype

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/kafka.jpgFrans Kafka 1883 yilning 3 iyulida Praga shahrida tug‘ilgan. Otasi o‘z mehnati tufayli shaharda kichikroq bir fabrikaning egasi bo‘lgan. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901 - 1905 yillarda Praga universitetida huquqshunoslikni o‘rgandi, san’at tarixi va olmonshunoslik bo‘yicha ma’ruzalar tingladi. 1906 - 1907 yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o‘tadi. 1907 yilning oktyabridan boshlab xususiy sug‘urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908 yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik bo‘yicha malakasini oshirdi. Shundan so‘ng u turli kam ish to‘lanadigan tashkilotlarda ishlagan. 1917 yilda Kafka sil kasaliga duchor bo‘ladi, 1922 yilda nafaqaga chiqadi. 1923 yili Berlinga ketadi, lekin sog‘ligining yomonlashuvi sababli Pragaga qaytishga majbur bo‘ladi. Frans Kafka 1924 yilning 3 iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etadi.
Asarlari: «Bir kurash tarixi» (1902-1903, birinchi asari), «Qurilish» (1923, oxirgi asari), «Amerika» (1911-1916, birinchi romani), «Jarayon» (1915-1918, ikkinchi romani), «Qo‘rg‘on» (1921-1922, oxirgi romani), «Evrilish», «Hukm», «Jazo koloniyasida», «Ochlik ustasi», «Otamga xat» va boshqalar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.