background
logotype

Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770. 27. 8, Shtutgart — 1831. 14. 11, Berlin) — yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788—93 yillarda Tyubingen institutida taxsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni o‘rgangan. Bernda (1793—96), Frankfurtmaynda (1797—1800) zodagon oilalarda o‘qituvchi, Iena (1801—07), Geydelberg (1815—18) universitetlarida profesoor, Nyurnberg gimnaziyasida (1807—16) direktor, ayni paytda, «Bamberg gazetasi»da muharrir, Berlin universiteti professor (1818-28), rektori (1829-30).
Gegel o‘z ta’limotini butun G‘arb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan bo‘lsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining so‘nggi, yuqori bosqichi deyish mumkin.
Gegel falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va mikdor o‘zgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan.
Gegel ta’limoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman ma’naviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan.
Asosiy asarlari: «Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812— 16), «Falsafa fanlari ensiklopediyasi» (1817), «Huquq falsafasi» (1821), «Din falsafasi buyicha leksiyalar»(1832), «Falsafa tarixi buyicha leksiyalar» (1833—36), «Estetika bo‘yicha leksiyalar» (1835—38), «Tarix falsafasi buyicha leksiyalar» (1837).

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.