background
logotype

Gerbert Jorj Uells (1866.21.9, Bromli - 1946.13.8, London) — ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942 yildan biologiya doktori. 1893 yilda biologiya va fiziografiya bo‘yicha darsliklar yozgan. U. 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shug‘ullangan. «Vaqt mashinasi» (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Uells uchun J. Svift, Volter, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba bo‘lib xizmat qilgan. «Dunyolar muhorabasi» (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda o‘z ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. «Ozod etilgan dunyo» (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. «Zamonaviy utopiya» (1905) roman-risolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini ma’qullagan; ammo Uells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori bo‘lgan. «Vilyam Klissold dunyosi» (1926), «Oshkora fitna» (1928) roman-traktatlarida Uells o‘z nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qo‘ygan. 1-jahon urushi yillari (1914—18) da «Ozod dunyo» (1914) kitobini yozgan. 1916 yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan bo‘lsada («Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi»), rasman o‘z mavqeini o‘zgartirmagan.
Uells 3 marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada bo‘lgan va o‘z taassurotlarini «Mudroq Rossiya» (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi g‘oyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. «Ko‘rinmas odam» romani o‘zbek tilida nashr qilingan (1967).

Фильтр
Кол-во строк: 
Gerbert Uells. Doktor Moro oroli (roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.