background
logotype

Turk yozuvchisi, turk adabiyotida realizm oqimining yirik vakillaridan. Dastlabki romani «Dabdaba» (1888)da oliy tabaqa vakillarining axloqiy tubanligi fosh etilgan, Istanbul hayotining real manzaralari tasvirlangan. «Ko‘zgu yoxud shukuh» (1888), «Iffat» (1896), «Murabbiya» (1898), «Sevgida tenglik» (1899) romanlarida turk jamiyatining deyarli yarim asrlik xayoti aks etadi. 
Gurpinar «Sevgi izlaridan» (1910) hamda «Dumli yulduz ostidagi uchrashuv» (1918) romanlarida oila, axloq masalalariga murojaat qilgan. 2-jahon urushi davridagi turk jamiyatining chuqur ijtimoiy ziddiyatlari «Eshitilmagan bir voqea» (1919) romanida, turk ayollarining ayanchli ahvoli esa «Billur qalb», «Bog‘langan ko‘ngillar» (1926) romanlarida o‘z ifodasini topgan. 
«Muhabbat tilsimi» (1928), «Uyatsiz odam» (1934) kabi romanlarida kiborlar jamiyatining nuqsonlari ochib tashlangan. Gurpinarning «Xotinlar voizi» (1918), «Nomus va ochlik masalalari» (1933), «Yerosti yo‘lining ikki teshigi» (1934), «Menga farishta bo‘lib ko‘ringan iblis» (1943) kabi hikoyalar to‘plamlari, «Kuz bulbuli» (1912) pyesasi ham bor.

Фильтр
Кол-во строк: 
Husayn Rahmi Gurpinar. Xudo sabr bersin! (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.