background
logotype

Irvin Shou (ingl. Irwin Shaw; haqiqiy ismi — Irvin Gilbert Shamforoff; 27 fevral 1913, Nyu-York — 16 may 1984, Davos) — amerikalik yozuvchi va kinostsenarist. «Yosh sherlar» romani uni mashhur qilgan.
Shou Nyu-Yorkda Rossiyadan kelgan yahudiy emigrantlar oilasida tug‘ilgan. 1934 yili Bruklin kollejini bitirgan. Shou 1935 yildan yozishni boshlagan. Dastlab radio va kino uchun stsenariylar yozgan.
Uning birinchi romani «Yosh sherlar» 1949 yili nashr etilgan. Roman 1958 yili ekranlashtirilgan.
1951 yili Shou Yevropaga ketadi va so‘nggi 25 yilni Parij va Shveytsariyada o‘tkazadi. 
Irvin Shouning «Qamal» (pesa, 1937), «Bremenlik dengizchi» (hikoyalar to‘plami, 1939), «Shahrimizga xush kelibsiz» (hikoyalar to‘plami, 1941), «Qotillar» (pesa, 1944), «Ishon, lekin tekshir» (hikoyalar to‘plami, 1950), «Lyusi Kraun» (roman, 1956), «Boshqa shaharda ikki hafta» (roman, 1960), «Vizantiya oqshomi» (roman, 1973), «Tungi darbon» (roman,1975), «Tepalik cho‘qqisi» (roman, 1979) asarlari mashhur.

Фильтр
Кол-во строк: 
Irvin Shou. Tungi darbon (roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.