background
logotype

Rus shoiri va yozuvchisi. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy akademigi (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz she’riyati an’analarining davomchisi («Xazonrezgi», to‘plam, 1901). 
Hikoya va povestlarida (ko‘pincha o‘tmishni qo‘msash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi («Antonov olmalari», 1900), qishloqning og‘ir qismati («Qishloq», 1910; «Qaqragan vodiy», 1911), turmush ma’naviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi («Sanfrantsiskolik janob», 1915) yaqqol tasvirlangan. 
Kundalik tarzidagi «Badbaxt kunlar» (1918 y., 1925 y.da nashr etilgan)da Oktabr to‘ntarishi keskin rad etilgan; Rossiyaning o‘tmishini tiklash, adibning o‘z bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan. 
Sevgi haqidagi hikoyalarida («Mityaning sevgisi», 1925); «Qorong‘i xiyobonlar» (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. B. memuarlar yozgan. G. Longfelloning «Gayavata haqida qo‘shiq» (1896) asarini tarjima qilgan. 
Nobel mukofoti laureati (1933).

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.