background
logotype

Ivo Andrich (1892-1975) – serbiyalik atoqli adib. Akademik, diplomat. 1892 yil 9 oktyabr kuni hozirgi Bosniya va Gertsegovina hududidagi maktab xizmatchisi oilasida tavallud topgan. Otasi qazo qilganida bo‘lajak adib hali uch yoshga ham to‘lmagan edi. Sobiq Yugoslaviya Qirollik universitetining falsafa fakultetida ta’lim olgan. 1924 yili Bosniya ma’naviy hayotining rivojiga bag‘ishlangan doktorlik ishini himoya qilgan. Yugoslaviyaning Yevropa mamlakatlaridagi elchixonalarida ishlagan. “Drin daryosidagi ko‘prik”, “Travnits yilnomasi”, “Xonim” kabi romanlar, ko‘plab qissa va hikoyalar muallifi. 1961 yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1975 yil 13 mart kuni Belgrad shahrida vafot etgan.
“Xalq og‘zaki ijodi – afsonalarni sevishga, afsonalar orqali inson hayotining mazmun-mohiyatini imkon darajasida anglab yetishga harakat qilaylik”, degan da’vati tilga tushgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Ivo Andrich. Gavda (hikoya)
Ivo Andrich. Chalg‘i (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.