background
logotype

Fransuz adabiyotining yorqin vakili Jan-Mari Leklezio 1940 yili Nitstsa shahrida harbiy shifokor oilasida dunyoga kelgan. Uning ilk badiiy asari — “Jarayon” romani esa 1963 yilda nashr etilgan. Ana shu davr oralig‘ida u to‘rt yil Markaziy Amerika hindulari bilan yashaydi, Tailand va AQSh universitetlarida dars beradi, ko‘plab roman, qissa, esse, hikoyalar to‘plamlarini e’lon qiladi. Adibning “Jarayon” romani unga katta shuhrat keltirdi. Adabiy tanqidchilarning fikricha, bu asar adabiyotga o‘z so‘zi, uslubi va o‘ziga xos qarashlarga ega, “yangi romanchi”larning o‘rnini egallaydigan ijodkor kirib kelganidan dalolat berardi. Biroq yosh yozuvchi adabiy davralardan ko‘ra sayr qilishni, turli xalq va elatlar hayoti, turmush tarzi bilan yaqindan tanishishni afzal biladi. U Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyoning ko‘plab mamlakatlariga safar qiladi, turli xalqlar madaniy merosi bilan tanishadi. Uning aksariyat asarlari, jumladan, “Jarayon”, “Oltin baliqcha”, “Afrikalik odam”, “Diego va Frida”, “Meksika tushi”, “G‘amgin tropiklar”, “Adashgan yulduz” romanlari ana shu sayohatlar, taassurotlar mahsulidir.
Adib 2008 yilda “O‘ziga xos badiiy uslub va chizgilar orqali inson his-tuyg‘ulari, insoniylik masalasini yangicha talqin etgani uchun” adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Фильтр
Кол-во строк: 
Jan-Mari Leklezio. Diego va Frida (hujjatli roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.