background
logotype

Keyt Shopen (Katerina O‘Flaxerti) (1850-1904) amerikalik mashhur yozuvchi hamda bir qancha roman va kichik hikoyalar muallifi. Ayni davrda ham mazkur adiba benazir ijodi tufayli yigirmanchi asrning eng yorqin ayol yozuvchilaridan biri sifatida yuqori ta’kidlanmoqda.
Keyt Shopen dastlab 1892 yildan to 1895 yilga qadar faqat bolalar va o‘smirlar uchun ijod qildi, yozuvchining o‘sha asarlari “Oylik Atlantika”, “Zamona”, “Asr jurnali” hamda “Yoshlarning hamrohi” nomli turli xil jurnallarda chop etilib turdi. Keyt Shopenning asosiy kichik hikoyalari 1893 yilda nashr etilgan “Go‘dak orzusi” nomli kitobiga jamlangandir. “Bir soatlik hangoma”(1894y) va “Bo‘ron” (1898y) nomli hikoyalari ham shular jumlasidandir. Chopin faqat hikoyalar yozish bilangina cheklanib qolmasdan Amerika adabiyotida durdona asarlar sirasiga kiradigan bir nechta atoqli romanlarni ham yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning “Gunoh”(1890y) hamda “Uyg‘onish”(1899y) nomli romanlari yozuvchi shuhratini yana-da baland cho‘qqilarga olib chiqdi.
Keyt Shopen zamonasining eng yetakchi yozuvchilaridan biri sifatida allaqachon tan olib bo‘lingan edi. Adibaning porloq nomi hamda uning sermahsul ijodi to bugungi kungacha ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.

Фильтр
Кол-во строк: 
Keyt Shopen. Bekorchixo‘ja (hikoya)
Keyt Shopen. O‘kinch (hikoya)
Keyt Shopen. Doktor Chevalerning yolg‘oni (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.