background
logotype

Lidiya Grigorevna Bat (1900—1985) — rus yozuvchisi va tanqidchisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970). Ijodini hikoya, ocherk va taqrizlar yozishdan boshlagan, keyinroq qissalar yozgan. A. I. Deych bilan xamkorlikda yozgan ikki qissasi: «Fritof Nansen» (1936), «Taras Shevchenko» (1939) dan so‘ng «Buyuk iste’dod» (1958), «Haqiqat uchun rahmat» (1961), «Dengiz hayqiradi» (1967), «Unutilmas uchrashuvlar» (1970) kabi asarlarni yaratdi. Uning o‘zbek xalqi hayoti va adabiyoti bilan yaqin aloqasi Toshkentda (1942—44) yashagan yillarida boshlangan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Hayot bo‘stoni» (1948) qissasi Bat adabiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Hamza, G‘. G‘ulom, H. Olimjon, A. Qaxhor, Zulfiya, A. Muxtor va boshqa ijodi haqida maqolalar, ocherklar, taqrizlar yozgan. M. Qo‘shjonov bilan hamkorliqda yaratgan «Oybek» (1966) tanqidiy-biografik ocherki o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan. I. Sultonov bilan hamkorliqtsa Hamzaning «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» (1951), V. Smirnova bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» (1958), «Mehrobdan chayon» (1961) asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Lidiya Bat. Hayot gulshani (qissa)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.