background
logotype

Detektiv janri ustalaridan biri Lourens Blok (Lawrence Block) 1938 yili AQShning Nyu-York shahrida tug‘ilgan. Kollejdayoq yozishni boshlagan. Ilk hikoyasi 1957 yili Manhunt jurnalida chop etilgan.
Hozirga qadar Lourens Blok 50 dan ortiq roman yozdi, hikoya va maqolalari soni 100 dan ortadi. Detektiv hikoyalarini o‘z nomidan va Pol Keveneg taxallusi orqali e’lon qiladi. Detektiv janridan boshqa asarlarida Endryu Shou, Sheldon Lord va Djill Emerson taxalluslaridan foydalanadi. Blokning detektiv ijodi bir necha seriyali romanlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu seriyali romanlar qahramonlari – koreya urushi veterani Iven Tanner, o‘spirin Chip Xarrison, qulfbuzar Berni Rodenbarr, mustaqil detektiv Mett Skadder va advokat Martin Erengraf.
Lorens Blok uch marta Edgar Po mukofoti laureati, to‘rt marta Shamus, Niro Vulf mukofotlari sovrindori bo‘lgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Lourens Blok. Bu kishi o‘lsa (hikoya)
Lourens Blok. Auditorning qasosi (hikoya)
Lourens Blok. Bir so‘zga ming dollardan (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.