background
logotype

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/saltikov.jpgSaltikov Mixail Yevgrafovich, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N.Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas-Ugol qishlogi, Kalyazin tumani 1889.28.4 (10.5), Peterburg] — rus yozuvchisi. Moskvadagi Dvoryanlar institutida (1836—38) va Aleksandr (sobiq Sarskoye selo) litseyida (1838—44) ta’lim olgan. Dastlab she’rlar yozgan. «Lira» she’ri (1841) Pushkin va Derjavinga bag‘ishlangan. 15 she’ri bizgacha yetib kelgan. «Ziddiyatlar» (1847), «Chalkash ish» (1848) asarlari naturalistik xarakterda bo‘lib, chuqur ijtimoiy masalalar aks ettirilgan. Asar xukmron doiralar g‘azabini qo‘zg‘atgan. 1848 yil aprelda qamoqqa olinib, Vyatkaga surgun qilingan. 1855 yil surgundan qaytgach, «Gubernya ocherklari»ni (1856—57) yozgan. Saltikov-Shchedrin ijodiy faoliyatini davlat ishlari bilan birga olib borgan. 1856—58 yillarda Ichki ishlar vazirligining alohida topshirig‘i bilan chinovnik bo‘lib xizmat qilgan, dehqonlar reformasini tayyorlashda qatnashgan. 1858—62 yillarda Ryazan va Tver gubernyalarining vitse-gubernatori. Iste’foga chiqqach, «Sovremennik» jurnalida ishlagan (1862). Nekrasov vafotidan so‘ng (1877) S. «Otechestvenn?e zapiski» jurnaliga rahbarlik qilgan. Ko‘pgina ocherk va ssenariylari «Kichik hikoyalar» va «Nasrdagi hajviya» (1863) kitobiga kiritilgan. «Pazuxinning o‘limi», «Nasrdagi hajviya» pesalarida podsho amaldorlari tanqid qilingan. «Janob Golovlyovlar» (1875—80), «Monrepo boshpanasi» (1878—79), «Yil bo‘yi» (1879—80), «Hayot ikir-chikirlari» (1886—87), «Ertaklar» (1882—86) va boshqa asarlarida reformadan so‘nggi Rossiya hayotidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar aks etgan. «Bir shahar tarixi» (1869—70), «Janob toshkentliklar» (1869—72) asarlari ham bor. Tugallanmay qolgan «Unutilgan gaplar» kitobi muhim hayotiy masalalarga bag‘ishlangan. Hayotni idrok etish, chuqur bilish va xalqqa bo‘lgan mehrli munosabat adibni murosasiz, o‘tkir satirik darajasiga ko‘targan. Saltikov-Shchedrinning satirasi podsho Rossiyasining byurokrat apparatini tanqid qilishga qaratilgan. U o‘z asarlarida kishilardagi byurokratizm va opportunizmni, sotqinlik, mansabparastlikni qattiq tanqid qilgan. Asarlari rus tanqidiy realizmining yorqin namunalaridir. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Фильтр
Кол-во строк: 
M.Saltikov-Shchedrin. Janob Golovlyovlar (roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.