background
logotype

Murtazo Mushfiq Kozimiy (1887 — ?) — Eron yozuvchisi. Zamonaviy fors nasrining asoschilaridan biri. «Erane javan» («Yosh Eron») jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan (1926). Ijodiy faoliyati 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Kozimiyning birinchi yirik asari «Qo‘rqinchli Tehron» (1922) romani hisoblanadi. Romanda Erondagi ijtimoiy hayot, xalq boshiga tushgan qiyinchiliklar, adolatsizliklar, ayollarning og‘ir qismati aks ettirilgan. Romanning 1-qismi «Mahuf» (1921) Tehronda, 2-qismi «Bir kecha xotirasi» (1924) Berlinda nashr etilgan. Kozimiy «So‘ligan gul», «Qimmatga tushgan rashk» va boshqa romanlar muallifi. Publitsistik asarlari, tarjimalari Eron adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. «Ko‘rqinchli Tehron»ning 1-qismi Fafur G‘ulom, 2-qismi Sotiboldi Yo‘ldoshev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Mushfiq Kozimiy. Qo'rqinchli Tehron (roman)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.