background
logotype

Muxtor Mag‘avin (1940, Chubartau tumani, Semipalatinsk viloyati) — qozoq yozuvchisi, qozoq xalq og‘zaki ijodi tadqiqotchisi, publitsist. Qozog‘iston xalq yozuvchisi.
1962 yili Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamolmlagan. «Qozoq adabiyoti» gazetasi adabiy tanqid bo‘limi rahbari bo‘lgan. 
1997 yili Turkiya san’atchi va yozuvchilari fondining «Turk dunyosidagi ulkan xizmatlari uchun» xalqaro mukofotini olgan. Unga mukofotni 1998 yili Turkiya prezidenti Sulaymon Demirel topshirgan.
Muxtor Mag‘avin Somerset Moem hikoyalari (1968), Genri Xaggardning «Shoh Sulaymon konlari» (1975) romanini, Nikolay Pogodinning pesalarini qozoq tiliga tarjima qilgan. 
Kitoblari: "Oq qor, momiq qor" (1969), «Moviy sarob» (1972), "Aka-singillar" (1974), "Tozi itning o‘limi" (1978), «Chopqir otning halokati» (1978), "Ilon yozi" (1984), "Lirik chekinish" (1986), «Bahorgi qor» (1990), «Qozoq tarixi alifbosi», «Qo‘biz ohanglari», «Qo‘biz va nayza», «Notinch vaqt», «Shaxan-Sher — inson — yo‘lbars», "Bir otaning farzandlari", «Qozoq o‘rdasi».

Фильтр
Кол-во строк: 
Muxtor Mag‘avin. Ikkov (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.