background
logotype

Gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar to‘plami — «Qishloq bolalari» (1958). Dastlabki yirik asarlari — «Men, buvim, Iliko va Illarion» (1960) qissasi va «Quyoshni ko‘ryapman» (1962) romanida 2-jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining og‘ir hayoti aks etgan. 
«Quyosh kechasi» (1967), «Oq bayroqlar» (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiy-axloqiy masalalar ko‘tarilgan. 
«Abadiyat qonuni» (1978)da insonning jamiyatdagi o‘rni, yashashning ma’nosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan. Dumbadze asarlari chuqur lirizm bilan sug‘orilgan, ularda dramatizm yumor bilan uyg‘unlashib ketgan. 
Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Quyoshni ko‘ryapman», 1969; «Qo‘rqmang onaginam», 1982; «Abadiyat qonuni», 1983 va b.). «Abadiyat qonuni» asari asosida o‘zbek tilida telespektakl yaratilgan (1985).

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.