background
logotype

http://ziyouz.uz/images/jahon-adabiyoti/oguz_atay.jpgYozuvchi O‘g‘uz Atay (Oğuz Atay) 1934 yilning 12 oktyabrida Turkiyaning Kastamonu viloyatiga qarashli Inebo‘lu tumanida tug‘ilgan. 1957 yilda Istanbul Texnika universitetining Me’morlik fakultetini tamomlagan. 1975 yilda Istanbul davlat muhandislik va me’morlik akademiyasida me’morlik sohasi bo‘yicha dotsent unvonini olgan. Tadqiqotlari natijasini “Topografiya” nomli o‘quv qo‘llanmasida e’lon qilgan. U adabiyot muxlislariga gazeta va jurnallarda nashr qilingan adabiy maqolalari bilan tanilgan edi.
1971-72 yillarida nashr qilingan “Tutunamayanlar” nomli romani esa o‘sha yilning o‘zida turk adabiyotida katta voqea sifatida tilga olina boshlangan edi. Bu asar Turkiya teleradio kompaniyasining “Yilning eng yaxshi romani” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Adabiyotshunos Berna Moran bu asarni turk adabiyotida butunlay yangi asar ekanligini ta’kidlab “mohiyatan va usluban bir isyon mahsuli” deb ta’riflagan edi.
Adibning nashr qilingan asarlari: Tehlikeli Oyunlar (1973), Bir Bilim Adamının Romanı (1975), Korkuyu Beklerken (1975), Oyunlarla Yaşayanlar (1975), Günlük (1987) Eylembilim (1998).
 O‘g‘uz Atay 1977 yilning 13 dekabrida miya saratoni tufayli 43 yoshida olamdan o‘tgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
O‘g‘uz Atay. Otamga maktub (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.