background
logotype

Asl nomi Uilyam Sidni Porter bo’lgan amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar, feletonlar yozishni mashq qilgan (1896 yilgacha), qamoqdaligida (1897—1901) yozgan hikoyalarini O’Genri taxallusi bilan yashirin chop ettirgan. 
1904—10 yillarda 9 novellalar to‘plami («Yonayotgan sham», «G‘arb qalbi», «Yoqimtoy o‘g‘ri» va b.), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. «Qirollar va karam» (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil topgan. 
O’Genri amerika hikoyachiligining o‘ziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning ko‘p ishlatilganligi, eng muhimi, muallifning oddiy mehnatkash — «kichik inson»ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etish va boshqa O’Genri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi («To‘rt million», 1909). 
Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. G‘. G‘ulom («Mening o‘g‘rigina bolam»), A. Qahhor («Anor») va boshqa o‘zbek hikoyachiligini O’Genri ijodining ilg‘or tomonlari bilan boyitdilar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.