background
logotype

Og Mandino (1923-1996) – amerikalik yozuvchi. Onasi vafot etgach, u 17 yoshida qog‘oz fabrikasiga ishga kirdi, so‘ngra harbiy uchuvchilik o‘quv yurtida tahsil oldi, Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyin “Bu ishni bugun bajar!” so‘zlarini o‘ziga shior qilgan Mandino dastavval notiq sifatida tanildi. Aynan uning notiqlik san’ati tufayli minglab tinglovchilar hayotini qaytadan boshlashdi, ma’naviyatini boyitish mo‘‘jizasini kashf etishdi. Keng omma bilan muloqot uning vujudida bolalikdagi yozuvchilikka bo‘lgan qobiliyatini uyg‘otdi va ijodga kirishdi. Yozgan asarlari mavzusi qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lgani uchun kitoblari qo‘lma-qo‘l o‘qildi, dunyo bo‘ylab tarqaldi. Uning “Buyuk savdogar”, “Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyo-dagi buyuk mo‘‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Og Mandino. Yaxshi yashash siri

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.