background
logotype

http://ziyouz.uz/images/jahon-adabiyoti/oles_gonchar.jpgOles Gonchar (to‘liq ismi Aleksandr Terentevich) (1918.3.4 — Poltava viloyati Suxa qishlog‘i — 1995) — ukrain yozuvchisi. Ukraina Fanlar akademiyasi akademigi (1978). Dnepropetrovsk universitetini tugatgan (1946).
«Alplar» (1946), «Moviy Dunay» (1947), «Oltin Praga» (1948) asarlarini o‘z ichiga olgan «Bayroqdorlar» trilogiyasi Goncharga katta shuxrat keltirdi, urush mavzuidagi eng yaxshi asar deb tan olindi.
«Tavriya» (1952), «Perekop», (1957), «Inson va qurol» (1960), «Hayot navosi» (1963), «Dovul» (1970), «Sening tonging» (1980) kabi romanlar muallifi.
Asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Bayroqdorlar» trilogiyasi (1951), «Hayot navosi» romani (1974) o‘zbek tilida nashr etilgan.

Фильтр
Кол-во строк: 
Oles Gonchar. Sirli maktub (hikoya)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.